204
topshirilish vaqti ko‘rsatiladi. hujjatlar aylanishi reja-grafigining
namunaviy shakli 7.6-rasmda keltirilgan.
Hujjatlar aylanishining reja-grafigi balanslarni va boshqa davriy
hisobotlarni qisqa muddatda tuzish va taqdim etishni ta’minlaydi.
Reja-grafik hisob va hisobot sohasidagi ishlar intizomini
mustahkamlab, korxonalarda hisob va nazoratning sifatini oshiradi.
Mazkur korxona uchun ishlab chiqilgan hujjatlar aylanishining
reja-grafigi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxonadagi
barcha
moddiy javobgar shaxslar, hisob xodimlari va mansabdor
shaxslarga yetkaziladi.
Hujjatlar aylanishini belgilovchi hujjatlar va ma’lumotnomalar
hajmi korxonada qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash buxgalteriya hisobini yo‘lga
qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Hujjatlarni saqlashning oqilona tizimi
nafaqat qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida hujjatlarning
butunligi va saqlanishini, balki istalgan vaqtda ulardan har xil ma’lumot
sifatida foydalanish imkoniyatini ham ta’minlaydi.
Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlari
arxivga topshirilishi shart, bungacha ular maxsus xonalarda yoki
qulflanadigan shkaflarda saqlanishi lozim. Qat’iy hisobot blankalari
shkaflarda yoki ularning saqlanishini ta’minlaydigan maxsus
xonalarda
saqlanishi kerak.
Joriy oydagi qo‘lda ishlov berilgan, ma’lum bir hisob registriga
tegishli dastlabki hujjatlar xronologik (ketma-ket) tartibda jamlanadi va
hujjatlar jild ko‘rinishida tikiladi.
Hujjatlarni ularning tavsifi va tayinlanishi bo‘yicha jildlarda
joylashtirish quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
—
predmetli belgisi bo‘yicha (masalan, kassa hujjatlari, hisob-
kitob hujjatlari va h.k.);
—
korrespondentlik belgisi bo‘yicha (mazkur hujjatlar tegishli
bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha);
—
xronologik belgisi bo‘yicha (oylar, oylar ichida esa kunlar
bo‘yicha);
—
hujjatlarning raqamlari bo‘yicha.
Masalan,
kassa orderlari, avans hisobotlari va bank ko‘chirmalari
ilova qilingan hujjatlari bilan birga xronologik tartibda jamlanadi va
muqovalanadi.
Arxivni tashkil etish, dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va
205
hisobotlarni arxivda saqlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining
«Arxivlar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa tegishli qonunosti hujjatlarida
belgilangan. Arxivda hujjatlar jildlari ma’lum tartibda – alfavit bo‘yicha
va h.k. tartibda joylashtiriladi.
Hujjatlar qulflanadigan xonalarda maxsus shkaflar yoki seyflarda
saqlanishi lozim.
Hujjatlar arxivga berilishi oldidan ma’lum registrlar bo‘yicha
jamlanadi va arxiv uchun ma’lumotnoma tuziladi. Bu ma’lumotnomada
quyidagilar ko‘rsatiladi:
—
mazkur dastlabki hujjatlar tegishli bo‘lgan hisob registrlarining
nomi;
—
hujjatlar jamlangan davr boshlangan va
tugallangan sana;
—
jamlangan hujjatlarning ro‘yxati;
—
hujjatlarni jamlash va arxivga topshirish sanasi;
—
mas’ul shaxslar imzosi.
Masalan, barcha dastlabki hujjatlar korxonada kamida 5 yil
saqlanadi. Choraklik hisobotlar, inventar kartochkalar, asosiy vositalarni
hisobga olish daftari (ular tugatilganidan so‘ng), pul mablag‘lari va
tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar (buzilganlari
ham), kafolat xatlari, inventar ro‘yxatlar, dalolatnomalar, taqqoslash
vedomostlari (munozarali masalalar yoki sudlov ishlari yuzaga
kelganida) 3 yil saqlanadi. Yillik buxgalteriya hisobotlari va ularga
tushuntirishlar, bosh daftar 10 yil saqlanadi. Eng uzoq muddatga
saqalanadigan hujjatlarga xodimlarning shaxsiy hisobvaraqalari kiradi.
Ular 75 yil saqlanishi lozim.
Tezkor boshqaruv bilan bog‘liq hujjatlar (imzolar
namunasi
tushirilgan kartochkalar, ichki hisobotlar)ni saqlash muddati zaruratga
qarab belgilanadi.
Arxivdan hujjatlarni berish xo‘jalik yurituvchi
subyekt rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va balanslarni korxona
arxividan olib ketish faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga
muvofiq dastlabki tekshiruv, prokuratura,
sud va soliq organlarining
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi 7.7-rasmda keltirilgan.
Hujjatlarni olish korxonaning mansabdor shaxslari ishtirokida
amalga oshiriladi. Hujjatlarni olish uchun farmoyish bergan organ vakili
olingan hujjatlarning ro‘yxatini tuzishi va bu haqda bayonnoma
rasmiylashtirishi lozim. Bayonnomaning 1 nusxasi hujjatlar olingan
korxonaning xodimiga imzolangan holda topshiriladi.