207
Dastlabki hujjatlar yo‘qotilganda, yo‘qolib
qolganida yoki nobud
bo‘lganida korxona rahbari buyrug‘i bilan tekshiruv komissiyasi
tuziladi. Zarur hollarda komissiya ishida ishtirok etish uchun tergov
organlari, qo‘riqlash va yong‘indan saqlash nazorati organlarining
vakillari ham taklif qilinadi. Komissiya ishining
natijalari dalolatnoma
bilan rasmiylashtirilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
7.7-rasm. Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 22-moddasiga muvo-
fiq buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buning
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risi-
dagi tijorat axborotlarini himoyalash dasturini ishlab chiqishlari lozim.
Bunday dastur xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashga doir tadbirlar tizimining elementlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu tadbirlar tizimiga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi omillar bilan belgi-
lanadi:
raqobatli kurash;
iqtisodiy axborotlar maxfiyligini saqlashning muhimligi;
kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish va b.
Hujjatlar aylanishida tijorat axborotlarini
himoyalash dasturining
yo‘nalishlaridan biri shifrlash hisoblanadi. Bunda xo‘jalik muomala-
larining ma’lumotlari kompyuterga kiritilishidan oldin shifrlanadi,
undan chiqarilishida esa rasshirovka qilinadi. Bu begona foydalanuv-
chilardan axborotlarning mazmunini ishonchli
himoyalashga imkon
Buxgalteriya hujjatlarini
olish tartibi
Jinoiy ish qo‘zg‘atilgunga
qadar
Jinoiy ish qo‘zg‘atilgandan
keyin
Olish
dalolatnomasi
Hujjatlarni
olish yoki
talab
qilish
bayonnomasi
Hujjatlarni
talab qilish
yoki so‘rash
bayonnomasi
Hodisa joyini ko‘zdan
kechirishdahujjatlarni
olish
Hujjatlarni
olish, tintuv
bayonnomasi
Hodisa joyini
ko‘zdan kechirish
vaqtida hujjatlarni
olish
Jarayon
qatnashchilari
tomonidan hujjatlar
taqdim etilishi
208
beradi.
Buxgalteriya axborotlariga kirishni himoyalash vositalariga boshqa
bir yondashuv axborot oqimlarini nazorat qilish va foydalanuvchilarni
toifalari hamda vakolat darajalari bo‘yicha bo‘lishga asoslangan. Rahbar
va bosh buxgalter har xil darajadagi xodimlarning axborotlarga kirishi
to‘g‘risida ularning vakolatlariga bog‘liq holda qaror qabul qiladi.
Kompyuterdagi nazorat vositalari xodimlarning vakolatlariga bog‘liq
holda axborotlarni o‘qish va yozib olish uchun
ruxsat berilishini hal
etadi. Masalan, ish haqi hisoblash uchun zarur bo‘ladigan xodim
to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarga kirish kadrlar bo‘limi va
buxgalteriyaning ish haqi hisoblash bo‘limiga ruxsat etiladi. Ammo ish
haqi hisob-kitobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga faqat ish haqi hisoblash
bo‘limiga
ruxsat etilib, bu axborotlarga kirish kadrlar bo‘limiga man
qilinadi. Ushbu muomalalar bo‘yicha barcha axborotlarga kirish faqat
bosh buxgalterga ruxsat etiladi.
Buxgalteriya axborotlariga kirish bo‘yicha nazorat vositalaridan
foydalanish hisob va hisobot ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishga qarshi
samarali vosita hisoblanadi. Shu munosabat
bilan amaliyotda nafaqat
tijorat axborotlariga kirishni nazorat qilish vositalaridan foydalanish,
balki hisob ma’lumotlariga kirishga urinish yoki haqiqatda kirilganlikni
aniqlash imkonini beradigan ro‘yxatga olish vositalaridan ham
foydalanish zarur. Xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotining kelajagi
ko‘p jihatdan bog‘liq va himoyalanishi zarur bo‘lgan
tijorat
axborotlariga quyidagilar kiradi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt mijozlari, mol yetkazib beruvchilari
va xaridorlarining ro‘yxati;
tuzilgan kontraktlar, shartnomalar yoki ularni tuzish bo‘yicha
ahdlashuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mahsulot(ish, xizmat)lar sotish rejasi;
marketingga doir tadbirlar tizimi;
raqobatbardoshlik va to‘lovga layoqatligi tahlili;
xodimlarning ish haqi;
moliyaviy va boshqa hisobotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: