R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


moddiy javobgar shaxslar ishtirok



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/338
Sana30.06.2022
Hajmi8,08 Mb.
#719261
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   338
Bog'liq
fayl 1513 20210818

moddiy javobgar shaxslar ishtirok 
etishi
 
shart hisoblanadi. Agar moddiy javobgarlik bir necha shaxslarga 
yuklatilgan bo‘lsa, boshqalarining topshirig‘iga ko‘ra ulardan biri 
ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
8.3. Inventarizatsiyaning turlari 
 
Hisob obyektlarini qamrab olish hajmiga ko‘ra
 
inventarizatsiya
 
to‘liq va qisman
o‘tkaziladi.
To‘liq inventarizatsiya
barcha hisob obyektlarini (aktivlar, xususiy 
kapital, majburiyatlar va h.k) to‘liq qamrab oladi. To‘liq inventarizatsiya 
nisbatan uzoq vaqt davom etadi va sermehnat jarayon hisoblanadi. 
Chunki bunda barcha moddiy va nomoddiy qiymatliklar, pul mablag‘-
lari, olinadigan va to‘lanadigan schotlar hamda korxonaga tegishli 
bo‘lmagan mablag‘larning barchasi (ijaraga olingan asosiy vositalar; 
mas’ul saqlash uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar; qayta 
ishlash uchun qabul qilingan materiallar va h.k.) tekshirilishi lozim.
Qisman inventarizatsiya
esa aktivlar, passivlar yoki hisob-
kitoblarning bir qismini o‘z ichiga olishi mumkin. Qisman 


219 
inventarizatsiya yil davomida bir necha marta o‘tkazilishi mumkin. Bu 
dastlabki hisob hujjatlarining ma’luotlarini aniqlashtirish, moddiy 
javobgar shaxslar ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish va suiiste’mol-
liklarga barham berishga imkon yaratadi.
Obyektlarni qamrab olishining to‘liqligiga ko‘ra inventarizatsiya 
tanlab yoki yoppasiga o‘tkaziladi.
Korxonada moddiy qiymatliklar miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda 
inventarizatsiya tanlab o‘tkaziladi. Tanlab inventarizatsiya o‘tkazishdan 
maqsad tovar-moddiy qiymatlar saqlanishi, ularni saqlash qoidalarining 
bajarilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan omborxona hisobini 
yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish hisoblanadi.
Yoppasiga inventarizatsiya korxonaning barcha bo‘linmalarida, 
shu jumladan, alohida balansga ajratilgan bo‘linmalarda ham bir vaqtda 
o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya tayinlanishi va tavsifiga ko‘ra
reja bo‘yicha, 
rejadan tashqari, takroriy va nazorat-tekshiruv kabi turlarga bo‘linadi.
Rejali inventarizatsiya, 
odatda, oldindan belgilab qo‘yilgan 
muddatlarda reja(jadval)ga muvofiq o‘tkaziladi.
Rejadan tashqari (to‘satdan) inventarizatsiya
esa korxona 
rahbariyatining farmoyishi, nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar tashabbusiga ko‘ra zarur hollarda o‘tkaziladi. Rejadan tashqari 
inventarizatsiya tayinlanganida oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya vaqti 
va uning natijalari inobatga olinadi. Odatda, bunday inventarizatsiya 
moddiy javobgar shaxslar almashganida yoki moddiy boyliklarning 
qabul qilinishi va berilishida qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risida 
rahbariyatga bildirilganida yoki boshqa turdagi suiiste’mol qilish 
hollarida o‘tkaziladi. 
Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanish oldidan ham inventa-
rizatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, rejadan tashqari inventarizatsiya 
tabiiy ofat (yong‘in, sel, suv toshqini), o‘g‘irlik, moddiy javobgar 
shaxslarning ta’tilga chiqishi yoki kasal bo‘lish hollarida ham 
o‘tkaziladi. 
Takroriy inventarizatsiya
o‘tkazilgan inventarizatsiyaning ishonch-
liligi, haqqoniyligi va sifatiga shubha vujudga kelgan hollarda 
tayinlanadi.
Inventarizatsiya jarayoni yakunlanganidan so‘ng inventarizatsiya 
o‘tkazishning to‘g‘riligi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari va moddiy 
javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxonalar 
ochilishidan oldin 
nazorat tekshiruvidan
o‘tkazilishi shart. Bunday 


220 
tekshiruv tekshirilgan mulklarning 10% idan kam bo‘lmagan qismini 
qamrab olishi lozim. Natijalar bo‘yicha tafovutlar aniqlanganda korxona 
rahbari inventarizatsiya o‘tkazgan komissiya a’zolari va moddiy 
javobgar shaxslardan tushuntirish xati talab qilishi lozim.
Qo‘shib yozish va boshqa suiiste’mol qilish hollari aniqlanganida 
korxona rahbari inventarizatsiya komissiyasini tarqatib yuboradi va 
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal etadi. Shundan 
so‘ng yangi inventarizatsiya komissiyasi tayinlanadi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish