Quyosh energiyasidan keng foydalanadigan davlatlar Mundarija: Kirish


O‘zbekistonda yiliga 4 megavattlik quyosh panellari ishlab chiqarilmoqda



Download 1,41 Mb.
bet3/12
Sana10.06.2022
Hajmi1,41 Mb.
#652549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quyosh energiyasidan keng foydalanadigan davlatlar

O‘zbekistonda yiliga 4 megavattlik quyosh panellari ishlab chiqarilmoqda


Toshkentda joylashgan Solar Energy Products mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bir yilda 4 megavattlik quyosh panellari ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgan.
U yerda ayni paytda quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan o‘n turdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ko‘cha va obyektlarni yoritadigan fotoelektr tizimlar, 100 metrgacha chuqurlikdagi quduqlardan suv tortish, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilmalar, favqulodda holatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ko‘pfunksiyali mobil tizimlar, quvvati 2-50 vattli texnik vositalarni zaryadlash moslamalari shular jumlasidandir.
Solar Energy Products direktori Ibrohim G‘ulomov so‘zlariga ko‘ra, korxona mahsulotlari esa 20 darajagacha sovuq va 80 darajagacha issiqda ham muntazam ishlashi mumkin. Mahsulotlarga 20-yilgacha kafolat beriladi. Bu davr ichida ularga bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.
Korxona bosh muhandisi Elmurod Abdullayev joriy yilda ilk davlat buyurtmasini bajarganini, ular ishlab chiqargan quyosh panellari Namangan tumanida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarga o‘rnatilganini ma’lum qildi. Qurilma kuniga 1,7 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Solar Energy Products mahsulotlari ham markaziy energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan qishloq vrachlik punktlari, fermer xo‘jaliklari, maishiy xizmat sub’ektlari va xonadonlarda keng foydalanilmoqda, deyiladi xabarda. 2013-yilda Farg‘ona vodiysi va Qashqadaryo viloyatidagi qator fermer xo‘jaliklariga yetkazilgan mujassamlashgan fotoelektrik qurilma soatiga bir yo‘la 170 vatt elektr energiyasi va 60 darajagacha issiqlikdagi 20 litr suv olish imkonini beradi.

Quyosh energetikasi 2016 yilni rekord natija bilan yakunladi


1-rasm.
GlobalData konsalting kompaniyasi ma`lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda dunyoda umumiy quvvati 70 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Agar ma`lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, unda quyosh energetikasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar o‘sgan. Boshqa tahliliy guruhlar yanada kattaroq raqamlarni berishgan, ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda 76 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Agar ular haq bo‘lsalar, quyosh elektr stansiyalari 12 oy ichida o‘z quvvatini 30 foizga oshirgan. Gelioenergetika (quyosh energetikasi) birinchi marta Rossiya kabi davlatning umumiy energetikasi quvvatidan oshib ketgan. Ularning kiritilishi o‘rtacha sur`ati har 450 soniyada bir megavattga yaqin bo‘lgan.
2015 yil oxiriga kelib dunyoda 225 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari bo‘lgan. GlobalData ma`lumotlariga ko‘ra, 2016 yil oxiriga bu raqam 294,69 gigavattga yetgan. Shunisi ma`lumki, bu sohada Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu davlatda 2016 yil 1-choragining o‘zida 7,14 gigavattlik elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Bundan bir gigavattdan sal ko‘prog‘i fotoelementlarga, qolgani esa quyosh elektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, AQShda shu davr ichida 4,1 gigavattlik elektr stansiyalari o‘rnatilgan.
Cho‘llar va qurg‘oqchil yerlarda o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan quvvatning bir kilovattiga yiliga 2200 kilovatt-soat energiya beradi. Biroq bir qator hollarda quyosh batareyalari nam iqlimga ega hududlar, quyoshga nisbatan nomukammal burchakka ega uylar tomlarida o‘rnatiladi. Bunda esa yuqoridagi ko‘rsatkich kamroqni – 1000 kilovatt-soatni tashkil qiladi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish