Quyosh energiyasidan keng foydalanadigan davlatlar Mundarija: Kirish


Quyosh energiyasi – kelajak energiyasi



Download 1,41 Mb.
bet5/12
Sana10.06.2022
Hajmi1,41 Mb.
#652549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quyosh energiyasidan keng foydalanadigan davlatlar





1.2. Quyosh energiyasi – kelajak energiyasi


Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha passiv tizimlar
Ilm-fan taraqqiyoti quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilg‘or usullarni taqdim etmoqda. Bu borada ishlab chiqilgan qurilish texnologiyalari binolarni loyihalashtirishda bino barpo etilayotgan joyning iqlim sharoiti, foydalanilayotgan qurilish materiallari hisobga olinishini nazarda tutadi. Bu qurilish nihoyasiga yetgach, binoni yoritish, isitish yoki sovutish uchun quyosh energiyasidan imkon qadar ko‘proq foydalanishda zarur. Qurilishni loyihalashtirishda bino tuzilishi o‘zida quyosh energiyasini to‘playdigan kollektor vazifasini o‘taydi. Xususan, Yer sharining shimoliy mintaqalarida uy-joylarni loyihalashtirish va qurishda janub tomonga qaragan derazalar ko‘p bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Shundagina qishda deraza orqali quyosh nuri ko‘proq tushib, uyga iliqlik kiradi. Yozda esa quyosh nuri tushishini kamaytirish maqsadida binoning sharqiy va g‘arbiy tomonlarida derazalar kam bo‘lishi kerak. Mana shunday uylar qishda yorug‘ va issiq, yozda salqin bo‘ladi.
Bunday binolarni loyihalashtirishda derazalarning joylashuvi, kirayotgan issiqlik va issiqlik izolyatsiyasi yagona konstruktorlik tizimini tashkil qiladi. Ekologik toza, o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan shinam binolarda tabiiy yorug‘lik ko‘p bo‘ladi va natijada issiqlik energiyasi ancha tejaladi. Devorlar, shift va polning issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan qoplanishi bunday binolarda issiqlikning ko‘proq vaqt saqlanib turishini ta’minlaydi. So‘nggi vaqtlarda jahonda ekologik musaffolikka intilish kuchayib borayotgani bois qayta tiklanadigan energetika tizimlariga ega bu kabi “yashil” loyihalar soni ortmoqda.
Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha aktiv tizimlar
Olimlarning ta’kidlashicha, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha aktiv tizimlar asosini quyosh batareyalari – quyosh energiyasini qabul qilib, o‘zgartiradigan modullar to‘plami tashkil qiladi. Aksariyat hollarda quyosh batareyalari haqida so‘z borganda, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan moslama nazarda tutiladi. Quyosh batareyalari elektr energiyasini muntazam ishlab chiqarish yoki keyinchalik foydalanish uchun uni to‘plash imkoniyatiga ega. Bunday batareyalar ilk bor fazo yo‘ldoshlarida foydalanilgan.
Quyosh batareyalari tuzilishining oddiyligi, o‘rnatishning osonligi, ko‘p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. O‘rnatish uchun qo‘shimcha joy talab qilmaydi. Soyada uzoq vaqt qoldirmaslik va yuzasidagi changni o‘z vaqtida artib turish undan foydalanishning yagona shartidir. Bunday batareyalar nafaqat quyoshli kun, hatto bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi. Zamonaviy quyosh batareyalari o‘n yillar davomida ishlash qobiliyatini saqlab qoladi. Xavfsizligi, samaradorligi va uzoq muddat ishlashi bilan ajralib turadigan bunday tizim kamdan-kam uchraydi. Bugungi kunda quyosh energiyasini o‘zida to‘playdigan akkumulyator manbalari o‘rnatilgan uylar ko‘plab qurilmoqda. Quyosh batareyalari binolar tomi yoki maxsus tayanchlarga o‘rnatiladi.
Quyosh energiyasidan binolarni yoritish, isitish, havoni sovutish, shamollatish, elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida foydalanilayotir. Dunyoda gelioelektr stansiyalar – quyosh energiyasini katta miqdordagi elektr energiyasiga aylantiradigan zamonaviy stansiyalar soni ko‘payib bormoqda. Ularning ishlash prinsipi oddiy. Bir necha ming kvadrat metr maydonga o‘rnatilgan geliostat oynalar quyosh bilan barobar aylanib, quyosh nurlarini suyuqlik, ko‘pincha suv bilan to‘ldirilgan sig‘imga yo‘naltiradi. Keyingi jarayonlar esa odatdagi issiqlik elektr stansiyalaridagi kabi davom etadi. Ya’ni, suv isib qaynaydi va bug‘ga aylanadi. Bug‘ turbinani, turbina esa generator rotorini aylantiradi va shu tariqa elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Quyosh energiyasi, shubhasiz, kelajak energiyasidir. Bugun dunyo gaz va neft narxining oshishi sababli an’anaviy yoqilg‘i turlaridan voz kechmoqda. Aksariyat mamlakatlarda quyosh energyasidan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
1.3. O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish
O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun o‘ta qulay iqlim sharoiti mavjud. O‘ta qulay geografik joylashuv jihatdan yilning 85–87 foiz kunlarida quyoshli osmon bo‘ladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘shib hisoblaganda bu borada O‘zbekistonning energetik salohiyati 98,5 foizni tashkil etadi. Aynan mana shu energiyadan to‘g‘ri va unumli foydalanilsa, aholining ijtimoiy sharoitini yanada yaxshilash mumkin.
Quyosh energiyasidan foydalanishni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi, Milliy energotejash kompaniyasi, Quyosh energiyasi xalqaro instituti va muqobil energetika klubi hamkorlikda «O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv: Muammolar va ularni yechish yo‘llari» mavzusida davra suhbatini o‘tkazdi
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan quyosh energiyasi uskunalarini respublikamizga keng joriy etish, aholi va tadbirkorlarni bunga jalb etishning maqbul tarif turlari, yashil tarif — xususan, mavjud an'anaviy issiqlik elektrostansiyalar hududida sinov tariqasida quyosh stansiyalarga asos solish masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbati yakunida O‘zbekistonda quyosh energiyasini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini belgilandi. Tez orada dastlabki quyosh stansiyalari qaysi manzillarda joriy etilishi ma'lum qilinadi.
Internet tarmog'ida energetika sohasiga oid yana bir yolg'on ma'lumot e'lon qilindi, bu safar – quyosh energetikasiga oid. energetika vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

2-rasm.
Navbatdagi tasdiqlanmagan xabar shaxsiy maqsadlarda quyosh energiyasidan foydalanish uchun (masalan, uyni yoritish uchun quyosh panellaridan foydalanish) siz ruxsat olishingiz va soliq to'lashingiz kerak, degan mish-mishlarga asoslangandir.
O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi uyida quyosh energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun hech qanday ruxsatnoma talab etilmasligini ma'lum qiladi.
SHuningdek, 2019 yil 21 mayda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida"gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (keyingi o'rinlarda – QTeM) elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu jumladan shaxsiy manfaatlarda foydalanish uchun boshqa turdagi QTeMlar ham o'z aksini topgan.
QTeMdan foydalanadigan jismoniy shaxslar bilan bir qatorda, qonun bilan boshqa ikki turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilari ham belgilangan. Bular lokal tarmoq orqali yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari va QTeMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasi etkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilardir.
Boshqacha qilib aytganda, QTeMdan foydalanib (quyosh, shamol va boshqalar orqali) elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Nafaqat o'zingiz uchun, balki uni sotishingiz ham mumkin. Bunday hollarda, bu tadbirkorlikning eng yangi turi ham hisoblanadi.
Bunday tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, qonun ularga QTeMdan lokal elektr tarmoqlarini yaratish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasini o'zaro kelishilgan narxlarda sotish bo'yicha shartnomalar tuzish huquqini beradi.
SHu bilan birga, QTeMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasini etkazib beruvchilarga tarmoqqa kafolatli ulanish huquqi berildi.
Tabiiyki, bu erda qayta tiklanuvchi energiyadan o'z ehtiyojlari uchun emas, balki tadbirkorlik, ya'ni elektr energiyasini sotish maqsadida foydalanish haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qo'llaniladi.
Va birinchi turdagi ishlab chiqaruvchilar uchun – ya'ni quyosh energiyasini o'z ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradiganlar uchun nafaqat shartnomalar talab etilmasligi, balki ularga rag'batlantiruvchi imtiyozlar ham mavjud.
Agar aholi faqat qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda, ya'ni mavjud energiya tarmoqlaridan to'liq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'idan va er solig'idan uch yil muddatga (QTeMdan foydalanish oyidan boshlab) ozod qilinadi.
2019 yil 22 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4422-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imtiyozlar berilgan.
Xususan, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatda davlat byudjeti hisobidan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stantsiyalari uchun (3 mln. so'mdan ortiq bo'lmagan), quyosh suv isitgichlari uchun (1,5 mln. so'mdan ortiq bo'lmagan), shuningdek, energiya tejamkor gaz-gorelkali qurilmalar uchun esa (200 ming so'mdan ortiq bo'lmagan) sotib olish qiymatining uchdan bir qismi qoplanishini nazarda tutuvchi tartib joriy qilinishi belgilangan.
SHuningdek, bu tadbirlar qatorida jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari, energiya tejamkor gaz-gorelkalari va qozonxonalar, shuningdek, boshqa energiya tejamkor uskunalar sotib olish uchun tijorat banklari kreditlari bo'yicha foiz xarajatlarini qoplash (kompensatsiyalar) ko'zda tutilgan.
Ayni paytda energetika vazirligida qayta tiklanuvchi energetika sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun qo'shimcha imtiyozlar yaratish bo'yicha Nizom loyihasi ishlab chiqilmoqda.
YUqorida qayd etilgan va boshqa bir qator chora-tadbirlar, imtiyoz va preferentsiyalar o'z samarasini ko'rsatdi. Davlatimiz rahbarining diqqat-e'tibori va qat'iy nazorati ostida bo'lgan QTeMni rivojlantirish jarayoni jadallashmoqda.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish