— bakning maksimal uzoq xizmat qilishi;
— cho‘kindidan mexanik tozalash imkoniyati;
— xizmat ko‘rsatish, parvarish qilish va ta’mirlashning soddaligi;
— zadvijkalarni qulay va tez boshqarish;
— darajani masofadan o‘lchash va mahsulot haroratini nazorat
qilish imkoniyati;
— saqlanayotgan moy va yog‘ning
haroratini barqarorlash-
tirish;
— moy baklarining qurilishi va ishlatilishida yuqori texnik iqti-
sodiy ko‘rsatkichlar ta ’minlanishi zarur.
Moy baklaridan yanada oqilona foydalanish uchun ular quyi-
dagi guruhlarga birlashtirilishi mumkin:
— rangi och moylar;
— rangi to ‘q moylar;
— oziqaviy va texnik salomaslar;
— dengiz hayvonlari va baliq moylari uchun moy baklari.
Kit moyi, boshqa dengiz hayvonlari va baliq moyini saqlashga
m o‘ljallangan moy baklari o‘simlik moylari saqlanadigan baklardan
alohida saqlanishi kerak. Buning uchun bunday moy baklari alo-
hida moy quvurlari va nasoslariga ega bo‘ladi.
Namunaviy yerusti moy baki
po‘latdan ishlanagan vertikal zich
yopiladigan silindrdir. U tub, korpus,
yassi tomdan iborat, shu-
ningdek, markaziy tayanch kolonnasi va tegishli asbob-uskuna-
larga ega.
Moy bakining tagi betondan bo‘lishi kerak.
Tagida erkin yotgan moy bakining tubi yassi yoki markaz to-
monga qiya bo‘lishi mumkin.
Korpusning pastki qismiga standart luk — laz o ‘rnatiladi va
unga to ‘kish-quyish patrubkalari hamda isitish tizimi patrubkalari
payvandlanadi.
Bak tomi to ‘siqli, korpus va yaxlit
chok bilan bakning yuqori
chetiga payvandlangan markaziy tayanch kolonnasiga (agar u
bo‘lsa) tayangan. Tom sharsimon yoki konussimon, 1:20 qiyalik
(qor qoplamli qalin bo‘ladigan tumanlar uchun tikka 1:3
qiyalik-
15
dagi tom inshootiga ruxsat beriladi) shaklida bo‘ladi (so‘nggi bir
qolipli loyihalarda sharsimon shakldagi tom).
Tomga chiqadigan narvon kronshteynlar yordamida bak kor-
pusiga mahkamlanadigan spiralsimon yoki shaxta tipida bo‘lishi
mumkin.
Qurilish-montaj ishlarini o ‘tkazishda korpus, tom va konstruk-
siyaning boshqa elementlari zich yopilishiga alohida e’tibor berish
lozim.
Moy va yog‘larni saqlashga m o‘ljallangan baklar to ‘kish- qu
yish, isitish,
tozalash va nafas qurilmalari, nazorat-o‘lchov appa-
raturasi, o ‘lchov luki, yorug‘lik va laz luklari bilan jihozlangan.
To‘kish-quyish qurilmasi moy baki ichiga o ‘rnatiladigan ikkita
mustaqil quvurdan iborat. Ularga bak kollektori orqali nasos stan-
siyasidan ikkita quvur tortiladi. Bakni to ‘ldirish to ‘kuvchi uchga
ega bo‘lgan vertikal holatdagi quyish quvuri orqali amalga oshi-
riladi. Quyish quvurining to ‘kuvchi uchi moy mahsulotini quyish
mumkin bo‘lgan maksimal darajadan yuqori ko‘tariladi, bu esa
qish vaqtida qo‘shimcha isitishsiz moy bakini to ‘ldirish imko-
niyatini beradi. Moy bakiga quyilayotgan mahsulotning aralashi-
shini kamaytirish va unda havo paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun to ‘kuvchi uch bak devori tomonga yo‘naltiriladi.
Bunday konstruksiya moyni istalgan darajada yig‘ish imkonini
beradi. Moy m ahsuloti darajasidan yuqori ko‘tarilgan to ‘kish
quvuri moy bakini jo ‘natuvchi quvur yoki
moy baki zadvijkalari
ishdan chiqqanda moy oqib ketishidan asraydi. To‘kish quvurini
ko‘tarish qo‘l lebyodkasi bilan tros yordamida bajariladi. Bak
ichiga tros kirgazilib, zichlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: