2.5. Savdo menejmentining usul va tamoyillari Barcha savdo korxonalari bitta tarmoqda xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida savdo-texnologik va savdo xo‘jalik ishlari jarayonlarining tashkil etilishida bir qator umumiyliklarga ega bo‘lsalarda, ular faoliyatlarining tashkil etish shakllari, joriy texnologiya va xo‘jalik yuritishning maʼlum shart-sharoitlari orasida tafovutlar mavjud. Ular faoliyatlarini boshqarishni o‘ziga xosligi, o‘rtasidagi mavjud tafovutlar o‘sha sohaning yakuniy natijalariga turlicha taʼsir etadi. Savdo menejmenti aynan o‘sha tafovutlarni barcha boshqaruv faoliyatlari nuqtayi nazaridan hisobga olib, mavjud savdo korxonasi faoliyatining oqilona tashkil etilishi va maqsadga muvofiq natijalarga erishilishini taʼminlaydi. Shu bilan birga savdo sohasiga yangi kirib kelgan tadbirkorlardan boshqarishning aniq qarorlariga ega bo‘lishi va qabul qilingan qarorlar, koʼrilgan chora-tadbirlar korxona faoliyatining eng optimal darajada tashkil etilishiga xizmat qilishi talab etiladi. Bu o‘rinda shuni alohida taʼkidlash lozimki, boshqa korxona faoliyatining boshqaruv tizimini ko‘r-ko‘rona tarzda aynan ko‘chirib olib, amaliyotga tadbiq qilish savdo korxonasini salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hatto eng maqbul boshqaruv qarorlari savdo korxonasining faoliyatiga ijobiy taʼsir etgan bo‘lsa-da, o‘sha qarorlar, choratadbirlardan savdo faoliyatining kelgusi, yangi bosqichlarda foydalanish va aynan ko‘chirib olib amalda tadbiq etish muvaffaqiyat keltirmaydi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida tashqi omillarning ta‟sir dinamikasi va isteʼmol bozori holatining doimiy tarzda o‘zgarishi maʼlum faoliyat doirasidagi qarorlarning qatʼiy va doimiy belgilab qoʼyilishiga yo‘l qoʼymaydi. Bundan tashqari, savdo korxonasining hayotiylik davri mobaynidagi kelgusi bosqichiga o‘tishi bilan korxonaning ixtisosligi boʼyicha ichki shart-sharoitlari oʼzgarib turadi. Shuning uchun savdo menejmenti tashqi omillar taʼsirining oʼzgarish dinamikasi, resurs potensiali, mehnat va boshqaruv shakllari, moliyaviy holatlar kabi savdo korxonasining faoliyatiga aloqador barcha omillarni inobatga olgan holda o‘rganilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Savdo menejmenti savdo korxonasi faoliyatining barcha jabhalaridagi aniq ishlab chiqilgan boshqaruv qarorlariga bir necha variantlar orqali yondashadi. Bu shuni koʼrsatadiki, har bir boshqaruv qarorining tayyorlanishi mavjud xo‘jalik faoliyatlarining muqobil imkoniyatlarini ham nazarda tutmog‘i kerak. Boshqaruv qarorlarining muqobil loyihalari savdo korxonasining yakuniy natijalariga ijobiy taʼsir etish va yutuqlarga erishishning imkoniyat mezoni sifatida tashkil etilishi lozim. Bunday mezonlar tizimi korxonaning o‘zi tomonidan kuzatiladi.
Savdo menejmenti savdo korxonasini rivojlantirishning strategik maqsadlariga qaratilgan bo‘lishi lozim. Qandaydir foydali ahamiyatta ega bo‘lmagai boshqaruv qarorlarining loyihalari joriy davrda amaliyotga tadbiq etilmasligi kerak. Аgar loyiha korxonani rivojlantirishning strategik maqsadlariga muvofiq tarzda joriy etilmasa kelajakda korxonaning yutuqlarga erishishi amrimahol.
Savdo menejmentining usul va tamoyillariga ilmiy soha sifatida yondashilishi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida doimiy o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar isteʼmol bozorining o‘zgarish dinamikasi, aholi daromadining oʼsish differentsiatsiyasi, xususiylashtirish va korporatizatsiyalash natijasida savdo korxonalari faoliyatlarining takomillashishi va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar savdo korxonalari boshqaruv tizimini amalda qoʼllash imkoniyatlarining kengayishi kabi boshqaruvning iqtisodiy negizini tashkil qiluvchi bir qator omillarga bog‘liq.