3
Moodle so`zi – bu - Modular Object - Oriented Dynamic Learning
Environment‖ so`zining abbreviaturasidir. Rus tilida – Мудл va – Моодус
(Модулная объектно-ориентированная динамическая управляюшая среда)
nomlari ham qo`llaniladi.
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X,
Netware peratsion tizimlari va PHP ishlatilishi mumkin bo`lgan ixtiyoriy boshqa
tizimlarga ham modifikatsiyalarsiz qo`llanilishi mumkin. Ma`lumotlar MySQL va
PostgreSQL ma`lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma`lumotlar bazasini
boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. Moodle oson vositalar
yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o`tishda qiyinchiliklar va
yangilanishlar kelib chiqmaydi. Moodle MO`T
ning yangi versiyasini
http://www.moodle.org dan olish mumkin.
Hozirgi vaqtda yoshlarga ta`lim-tarbiya berishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan unumli foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Yangidan qurib
ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, qayta rekonstruksiya
qilinayotgan oliy talim muasasalar ularning jahon andozalari darajasida axborot
kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi hamda barcha fanlarni
zamonaviy kompiyuterlardan foydalanib mashg`ulotlar o`tishda professor-
o`qituvchilarning professional tayyorgarligi yuksak darajada bo`lishini
taqazo
etadi.
Bugungi, axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgan davrda,
har bir tashkilotning internet tarmog`ida “virtual yuzi” bo`lish zarurati
tug`ilmoqda, ayniqsa ta`lim muassasalarida virtual universitetlarni rivojlanishi
tyutorlikka ya`ni masofaviy ta`lim o`qituvchisiga bo`lgan talabning ko`payishi
natijasida ta`limiy web saytlarni yaratish bugungi kunnnig dolzarb muammolari
hisoblanadi. Web – sayt hozirgi kunda juda ko`p vazifalarni hal qilmoqda, taklif
qog`ozchasiga aylanib bormoqda, ta`lim funksiyalarini
amalga oshirmoqda va
yangi foydalanuvchi yoki mijozlarni jalb qilmoqda. Bugungi kunda juda ko`p
ta`lim saytlari mavjud. Lekin ta`limiy web – saytni yaratish va uni internet
tarmog`iga joylashtirish bilan ta`limiy web – sayt ustida ishlar yakunlanmagan
bo`ladi. Foydalanuvchi talabiga javob bermaydigan ta`limiy saytning ichki tarkibi
– bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri. Bu mavzu juda ko`p
izlanishlarda yoritilgan ham.
“BuxDU virtual ta`lim muhiti” masofaviy ta`lim tizimi talabalarni masofadan
turib o`qitish mo`ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy
joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o`qishi, o`qituvchidan
vazifa va takliflar olishi mumkin. O`qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab
turishi va o`quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib
turishi mumkin. Vazifalar o`qituvchi tuzgan testlar yordamida yoki laboratoriya
ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo`lib jahon
standarlariga javob beradi.
Hozirgi kunda bir qancha ta`limiy web sayt yaratuvch dasturlar mavjud.
Ulardan LMS tizimlari bo`lib, bizning ishimizda o`quv jarayonini boshqarishda
ushbu tizimlar yordamidan foydalanish va bu orqali
qanday qilib masofaviy
ta`limning ajramas qismi bo`lgan o`quv modullarini tashkil etish yuzasidan
tavsiyalar berish bo`lib bu borada biz elektron uslubiy qo`llanmani tayyorlashga
4
erishdik.
Bundan tashqari ishimizning nazariy qismini amaliy sohasi tahlil qilingan va
ulardan eng ommaviysi hisoblanadigan Moodle platformasidan foydalanib o`quv
jarayonini boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni yechishga qaratilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida “Moodle tizimi va uning
imkoniyatlari” mavzusi taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlari va “Moodle tizimi va
uning imkoniyatlari” mavzusini o`qitishda innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar
tahlilining nazariy asoslari yoritib berilgan.
Ikkinchi bobida “Moodle tizimi va
uning imkoniyatlari” mavzusi o`quv moduli ishlanmasi keys to`plami, amaliy
topshiriqlar ishlab chiqilgan. Bunda asosan dars jarayonida qo`llash uchun
vaziyatli rolli - o`yin uslubi bo`yicha mustaqil ishlar uchun keys-vazifalar
keltirilgan bo`lib, bu esa o`z navbatida mavzuni talabalar tomonidan yanada yaxshi
o`zlashtirilishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan nazorat savollari
test savollari tuzildi va pedagogik amaliyot vaqtida dars jarayoniga qo`llandi va
aniq natijalarga erishildi.
Shu bilan bir qatorda mavzuga oid amaliy topshiriqlar
ishlab chiqildi va bu
topshiriqlar asosida o`tkazilgan ochiq darsda talabalarga bir qator vazifalar berildi.
Talabalar bu ishlab chiqilgan topshiriqlardan foydalanib, mustaqil o`zlari
berilgan vazifalarni bajarishlari mumkin.
Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda bu magistrlik dissertatsiya
ishimizda ta`limiy web – sayt tushunchasining asl mohiyati va ularning
klassifikatsiyasi, LMS tizimlari boshqaruv tushunchasi va yaratish bosqichlari
tahlili, saytni keyinchalik “aylantirish” va rivojlantirishni o`rganish kabi oldimizga
qo`yilgan vazifalar hal qilindi. Mavzuni yoritishda ilg`or pedagogik
texnologiyalardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: