va uni releli tavsifi
shchi cho‘lg‘amni MYuK, Ф1>Ф2 va f1>f2 qilib hisoblanadi. Natijada, yakor chap o‘zakka almashinib tortiladi va kontaktlar ham almashadilar. Elektr magnit o‘chirilgandan so‘ng, doimiy magnitni MYuK ta’siri to‘fayli, yakor o‘z holatini saqlab qoladi, chunki 1<2.
Qutblangan yakorni bunday ish rejimini tutib turishlik rejimi yoki neytral rostlashlikka ega rejim (8.2,b-rasm) deb atashadi.
Natijaviy kuch nolga teng va ikkala o‘tkazilgan O‘K va normal NK kontaktlar (8.2,a-rasm) ajratilgan, ishchi cho‘lg‘am o‘chirilgan bo‘lganida, yakorni o‘zak qutblari orasidagi o‘rta holati noturg‘un bo‘ladi. Bu holatni ushlab turishlik uchun maxsus ushlab turuvchi prujina ishlatish kerak. Qutblangan yakorni bu holdagi ish rejimini uch vaziyatli deb atashadi.
8.2,a-rasmda ПМПШ-150/150 releni magnit zanjiri ko‘rsatilgan. Doimiy magnit, alyuminiy, nikel va kobaltni qotishmasi bo‘lgan Alniko turdagi magnitbop qattiq materialdan tayyorlashadi. Rele ikkita kuchaytirilgan magni-taviy puflashga ega metall-keramik kontakti yordamida strelka elektr dvigatel-larini ishga tushirish zanjirlarida ishlatiladi. Rele yana, kuchaytirilmagan almashlab ulaydigan ikkita kontaktga ega. Rele, shuningdek elektr ko‘rsat-kich-lari hisoblangan ishchi kuchlanishi 24 V, yakorni almashlab ulovchi kuchlanishi 10…16 V tengligi bilan baholanadi
ПМПШ rele, I sinf ishonchlikka ega relelar guruhiga kirmaydi, chunki asosiy talabni qoniqtirmaydi, ya’ni yakori o‘z og‘irligi ta’siridan o‘zini dastlabki holatiga qayta olmaydi. Shu sababli, xavfsizlikni ta’minlovchi sxemalarda, bu rele ishini
nazorat qilishlik kerak bo‘ladi.
T emir yo‘lni ИМШ turi-dagi impulsli relelarida (8.3-rasm) ko‘prik simon magnit zan-jirni ishlatishadi. Ular, tokni qis-qa impulsiga javob bera oladi-gan tezkor harakat qiladigan elektr magnit relelardir.
Ularning bu xususiyati, relelar nomini belgiladi. Ush-bu relelar impulsli rels zanjirlarida yul relesi sifatida ishlatiladi. ИМШ-1 turdagi rele o‘zgarmas tokli impuls signallaridan ish-laydi. ИМВШ-110 turdagi rele to‘g‘rilagichga ega, shu sababli o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanadi.
I
8.3-rasm. Impulsli releni magnit sistemasi
mpulsli releni magnit tiz-imi: cho‘lg‘amga ega g‘altak 6 ichida bo‘lgan yassi tarang prujina ko‘rinishdagi yakorga–3; doimiy magnitga –5; 4, 1, 9, 8 vintlar ko‘rinishdagi ikkita juft qutb uchla-riga ega ikkita magnit o‘tkazgichga 7; yakorga o‘rnatilgan umumiy kontaktni prujinasiga 2 ega. Releni magnit zanjiri ko‘priksimon deb ataladi, chunki ko‘prik elkalarini hosil qiladigan to‘rtta 1, 2, 3, 4 havo tirqishi bor. Qutb uchlari vintlar yordamida siljitilishi bilan havo tirqishi o‘zgartiriladi. Cho‘lg‘am toksiz holatda holatda, magnit zanjirda qutblovchi Фq oqim bo‘ladi. Modomiki, 12 va 34 sababli, f1>f2, f3>f4 bo‘ladi va yakor uchlari 4 va 9 o‘zaklarga tortiladi. Natijada, N kontakt tutashadi.
Cho‘lg‘amni 8.3-rasmda ko‘rsatilgan qutblar bilan kuchlanishga ulaganda, shunday yo‘nalishdagi ishchi Фi oqim (shtrix chiziqlar) hosil bo‘ladiki, natijada 2 va 4 tirqishlardagi Фi va Фq oqimlar qo‘shilishadi, 1 va 3 tirqishlardagi ayrilishadi. Shu sababli f2>f1, f4>f3 bo‘lib, yakor 1 va 8, o‘zaklarga almashinib tortiladi hamda O‘K kontakt tutashadi.
Impulsli rele ustunlikka ega rejimli bo‘lganligi sababli, rele toksizlan-ganda, yakor dastlabki holatga qaytadi va NK kontakt tutashadi. Bunga, qutb uchlari va kontaktni, yakorning mustahkamlash o‘qiga nisbatan nosimmetrik joylashtirilishi tufayli, erishiladi. Bu joylashish shundaki, hatto yakor O‘K kon-taktga o‘tganida ham, 1<2 va 3<4 bo‘ladi. Shu sababli, rele toksiz bo‘lganida ham, f1>f2, f3>f4 tengsizliklar qoladi va yakor NK kontaktga qaytadi.
Ko‘priksimon magnit zanjirga ega qutblangan rele eng yuqori sezgirlikka va tezkorlikka ega, chunki yakorni ikki uchida ham tortish kuchlari o‘zaro mos ta’sir etishadi va yakor engil (chunki kesim yuzasi va massasi kichik), qutblovchi oqim yakor bo‘ylab emas, tekisligiga perpendikulyar bo‘lgani uchun, to‘yinish xavfi bartaraf etib bajarilgan.
ИМШ-1 va ИМВШ-110 relelar bitta kontakt uchligiga egalar. Kontaktlarni CpKd 86-14 navli metallkeramik qotishmadan tayyorlashadi. Bu relelar, II sinf ishonchlilikka ega relelar guruhiga kiradi. Ularni, relening impuls xususi-yatli ishi nazorat qilinadigan muxim sxemalarda (rels zanjirlarida) ishlatishadi. ИМВШ-110 rele yakorining almashlab tortirilish kuchlanishi 2,0…2.3 V, yakorni qaytish kuchlanishi esa 1.0 V tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |