Qutblangan relelar, ularning turlari



Download 263,18 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2022
Hajmi263,18 Kb.
#648101
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza


8-MA’RUZA
QUTBLANGAN RELELAR,
ULARNING TURLARI


REJA
8.1. Qutblangan relelarning turlari
8.2. Bir qutbli ПЛ turidagi rele
8.3. Qurama rele va uning ishlashini vaqt diagrammasi


Tayanch so’z va iboralar
Qutblangan relelar, neytral relega nisbatan qutblangan relelar-ning ikkita ustunligi, ketma-ket, parallel (differensialli) va ko‘prik-simon magnit zanjirliklarga ega qutblangan relelar, ПМПШ relesi, ИМШ va ИМВШ impuls relelari, ПЛ3 va БП3 bir qutbli relelar, Qurama КМШ rele va uning ishlashini vaqt diagrammasi,


8.1. QUTBLANGAN RELELARNING TURLARI
Qutblangan relelarning ishi, neytral relenikidan farqli bo‘lib, ishchi cho‘lg‘am chiqarmalariga ta’minlovchi batareya qutblarini ulanishiga bog‘liqdir. Relening magnit zanjiridagi ikkita mustaqil magnit oqimlarini, ya’ni qutblovchi Фq va ishchi Фi oqimlarning ta’siri tufayli bunga erishiladi. Фq oqim doimiy magnit yoki maxsus (ikkinchi) qutblovchi cho‘lg‘am bilan hosil qilinadi va magnit zanjirda doimo bo‘ladi. Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amda tok bo‘lmaganida ham, Фq oqim hosil qiladigan tortuv kuchi ta’sir etadi.
Neytral relega nisbatan qutblangan relelar ikkita ustunlikka:
- funksiyasi bo‘yicha nisbatan murakkab masalani echishlikka, ya’ni ta’min-lovchi tokni faqat qiymatigagina emas, balki uni yo‘nalishiga ham javob berishlikka ;
- nisbatan yuqori tezkorlik va sezgirlikka egadir.
Bu ustunliklar qutblangan rele zanjirida doimo magnitlovchi Фq oqim borligi bilan belgilanadi. Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amni ulaganda va Фi oqimni paydo bo‘lganida, umumiy magnit oqim, neytral relenikiga nisbatan, releni ishga tushish qiymatiga tezroq etadi. Ko‘pchilik qutblangan relelarni tuzilmasi shunday qurilganki, ulardagi cho‘lg‘amining vaqt doimiysi kichik, yakor yo‘li qisqa, yakorini o‘zi, engil qilib yaratilgan.
Magnit zanjirining sxemasiga qarab, qutblangan relelarni: ketma-ket, parallel (differensialli) va ko‘priksimon magnit zanjirliklarga ajratishadi.
Ketma-ket sxemada (8.1-rasm) Фq va Фi oqimlar umumiy zanjirdan o‘tishadi. Agar ishchi 2 cho‘lg‘am uzilgan bo‘lsa, unda magnit zanjirda faqat doimiy magnit 1 (8.1,a-rasm) yoki doimiy ulangan qutblovchi cho‘lg‘am 4 (8.1,b-rasm) hosil qiladigan Фq oqim bo‘ladi.
Ularning MYuK 3 yakorni tortilishiga etarli bo‘lmaydi. Shu sababli Фq<Фo'r va normal kontakt NK tutashgan turadi. Agar ishchi cho‘lg‘amni ulanish qutbligi ular hosil qiladigan Фq va Фi oqimlarni havo tirqishidagi yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, unda umumiy oqim Фq dan kichik bo‘ladi va yakor oldingi holatida qoladi.
Boshqacha qutbli ulanishda esa, oqimlar qo‘shilishadi. Bunda Фq + Фi> Фo’r va yakor almashlanib tortiladi va o‘tkazilgan O‘K kontaktni tutashtiradi. Ishchi cho‘lg‘am o‘chirilganda, yakor dastlabki holatiga, o‘zini massasi yoki qaytaruvchi prujina ta’siridan qaytadi.
Qutblangan yakorni bunday ish rejimi, ya’ni ishchi cho‘lg‘ami o‘chirilganidan so‘ng uning dastlabki holatiga qaytishi, ustunlikka ega rejim deb atashadi. Ko‘rilgan holda ustunlikka ega rejim normal NK kontakt bilan ta’minlanadi.
B unga o‘xshash relelarni yana, bir qutblik deb atashadi, chunki ularda yakor, tokning faqat bitta qutbligida, almashlanib ulanadi.
B
8.1-rasm. Ketma-ket ulangan magnit zanjirni sxemasi

u rele tuzilmasini kamchiligi (8.1-rasm,
a) bo‘lib uni, ishchi oqimini doimiy magnit orqali o‘tishi hisoblanadi, chunki doimiy magnit magnitbop qattiq materialdan bajarilgan va u katta magnit qarshilikka ega.
Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amning MYuK ancha qismi, doimiy magnitdan oqimni o‘tkazishga sarf bo‘ladi, bunday relelarning sezgirligi uncha katta bo‘lmaydi 8.1-rasm,b da tasvirlangan releni bunday kamchiligi yo‘q, ammo ishchi cho‘lg‘am zanjiri uzilganda ham boshqa cho‘lg‘am tokni iste’mol qilishni davom ettiradi.
Differensial magnit zanjirga ega (8.2-rasm,a) releda ikkita havo 1 va 2 tirqishlari bor.
Qutblovchi oqim ikkita parallel zanjirlar Фq1 va Фk2 bo‘ylab tarmoqlanadi va 1 hamda 2 tirqishlarda turli (soat strelkasi bo‘ylab va qarshi) yo‘nalishlarga ega bo‘lishadi. Ishchi Фi oqim ikki tirqishda ham bir yo‘nalishga ega va doimiy magnit zanjiriga tarmoqlanmaydi, chunki magnitni qarshiligi kattadir.
Agar elektr magnit o‘chirilgan va δ2<1 bo‘lsa, unda Фq2q1 va f2>f1 bo‘ladi, bundagi f1, f2 – yakorga 1 va 2 tirqishlarda ta’sir etadigan kuchlar.
Yakorga, havo tirqishlarida hosil bo‘ladigan kuchlar ayirmasi, ta’sir etadi va yakor o‘ng o‘zakda ushlab turiladi.
Elektr magnit 8.2-rasm,a da ko‘rsatilgan qutblik bilan ulansa, Фi oqim soat strelkasiga qarshi yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Havo tiqishlaridagi natijaviy oqimlar Ф1 = Фi + Фq1; Ф2 = Фi – Фq2 bo‘ladi.

I


8.2-rasm. ПМПШ releni differensialli magnit zanjirli sxemasi

Download 263,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish