Qushlarning skeleti bosh skeleti, o'q skeleti, ko'krak qafasi (to'sh, qovurg'a) skeleti, oyoq skeleti va ularning kamarlariga bo'linadi. Bosh skeleti. Qushlarning tropibazal (bosh miya ko'z kosalari oralig'ida joylashmagan) bosh skeleti hozirgi zamon sudralib yuruvchi- larining bosh skeletidan, asosan o'ziga xos shakli bilan farq qiladi. Qushlar miya qutisining oldingi uchi tumshuqqa aylangan bo'lib, ikki yon tomonida katta-katta ko'z kosasi bor. Miya qutisining suyaklari bilinmaydigan darajada bir-biriga qo'shilib ketishi jihatidan qushlar pterodaktillar bilan ko'rshapalaklarga o'xshaydi. Bosh qutisining hamma suyaklari yupqa, yengil va o'zaro mustah- kam tutashgan bo'ladi. Ensa bo'limning tarkibiga katta ensa teshigi atrofida turadigan (voyaga yetgan qushlarda qo'shilib ketgan) to'rtta tipik ensa suyaklari: ensa teshigining ostidagi toq asosiy ensa suyagi, yon tomonlardagi — juft yon ensa suyagi va toq ustki ensa suyagi kiradi. Sudralib yuruvchilardagidek ensa teshigining ostidagi toq ensa bo'rtmasi yon va asosiy ensa suyaklarining birikishidan hosil bo'ladi. Miya qutisi qopqog'ining tarkibiga — juft tepa, manglay, burun suyagi va tangacha suyaklar kiradi. Suv shillig`i ko`pincha ko`lmak va buloq suvlari, botqoqliklar, daryo va ko`llarning qirg`oqlarida yashaydi. Uning tanasi o`tkir cho`qqili, o`ng tomonga qarab 4-5 marta buralgan, katta og`izli chig`anoq ichiga joylashgan. Chig`anoqning balandligi 5-10 mm bo`lib, ohakdan tuzilgan, usti yashil-jigarrang muguzsimon modda bilan qoplangan. Chig`anoq suv shillig`i tanasini himoya qilib turadi. Tanasi bosh, gavda va oyoqlardan iborat bo`lib, oyoqlari tanasining butun qorin yuzasini tashkil etadi (sinfning nomi shundan olingan). Ammo bu organlari o`rtasida yaqqol chegara bo`lmaydi. Tana yuzasi mantiya teri bilan qoplangan va chig`anoq burmasiga mos spiralsimon buralgan. Chig`anoqning og`zi orqali faqat bosh, oyoq va gavdaning oldingi qismi tashqariga chiqishi mumkin. Oyog`i yassi bo`lib, tanasining butun qorin tomonini ishg`ol etadi. Oyoq muskullarining to`lqinsimon qisqarishi natijasida shilliqqurtlar harakatlanadi. Boshining pastki tomonida og`zi, uning ikki yon tomonida ikkita sezgi paypaslagichlari joylashgan. Agar bu paypaslagichlarga ta'sir etilsa, u boshini va oyog`ini tezlikda chig`anog`i ichiga tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida bittadan ko`zi bor. Oziqlanishi. Suv shillig`i o`simliklar bilan oziqlanadi. Og`zi halqumga ochiladi. Halqumida muskulli til joylashgan, tilining yuzasi juda ko`p sonli mayda muguz tishchalar bilan qoplanganligi sababli qirg`ich deb ataladi. Bu qirg`ichli til yordamida shilliqqurt suv o`simliklari barglarini qirib, ularning yumshoq qismlarini sidirib oladi. Oziq halqum va qizilo`ngachdan o`tib, oshqozoniga tushadi va hazm bo`la boshlaydi. Hazm bo`lish jarayoni jigarda ham davom etadi va ichakda tugallanadi. Oziqning hazm bo`lmagan qismi chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |