Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Ko‘z bilan chamalash usulidan bir xil uzunlikdagi taxtalarni ajratishda qanday foydalandik?
Ko‘prik qurishda nechta bir xil taxtadan foydalandik?
Bir xil uzunlikdagi lentalarni qanday tanladingiz?
Sizga qurilgan ko‘priklardan qaysi yoqdi?
Defektolog faoliyat davomida va yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantiradi.
Sana : ___________________
Ta’limiy faoliyat : Elementar matematika
Mavzu: «Ko‘proq», «kamroq», «teng» tushunchalarini taqqoslashga o‘rgatish
Maqsad:
• Maxsus tayyorlangan sharoitda bolalarga ko‘p predmetlarni va bitta predmetni topishni, «ko‘proq», «teng», «kamroq» so‘zlarini tushunish, nutqda foydalanishni o‘rgatish.
• Atrof-muhitda mo‘ljal olish malakalarini oshirish. Bolalarga bitta va ko‘pni farqlashni va buni nutqda ifodalashni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |