O‘yin: "Bir xilini top"
Stol ustiga turli uzunlikdagi lentalar to‘plami qo‘yiladi. Tarbiyachi bitta lentani ko‘rsatadi, bolalar navbat bilan kelib stol ustidagi lentalardan qaysi biri tarbiyachi ko‘rsatgan lenta bilan teng bo‘lishi mumkinligini ko‘z bilan chamalab ko‘radilar va bir xil deb o‘ylaganini olib tarbiyachining lentasiga o‘lchaydilar. Agar lentalar bir xil bo‘lsa bola lentani olib joyiga o‘tiradi, agar lentalar bir xil bo‘lmasa bola lentani olmay joyiga o‘tiradi. Hamma bolalar birinchi urinishdan o‘tganlaridan keyin bir xil lentani topa olmaganlarga 2— va 3 —urinishlarga ruxsat beriladi. Hamma bolalar bir xil uzunlikdagi lentalarni ajratib olgan — laridan keyin lentalarni olib doira bo‘lib turadilar va lentalar yordamida turli mashqlarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |