Harbiy harakatlar ishtirokchilari
Urush davrida amalda bo‘ladigan va xalqaro gumanitar huquqkr tegishli bo‘lgan asosiy tamoyillardan biri bu urush davrida faqat dushmanning qurolli kuchlariga qarshi (tinch aholisiga emas) harbiy harakatlarning oldi olib borilishdir. Tinch axrli har doim daxlsiz deb hisoblanadi. Qurolli kuchlar bilan tinch aholini ajratmagan xolda yoppasiga urush harakatlari olib borilishi xalqaro jinoyatdir. Huquqiy jihatdan qaraganda qurolli kuchlar ham: kombatantlar (jang qiluvchilar) va nokombatantlar (jangda kdtnashmaydiganlar)ga bo‘linadi.
Kombatantlar — qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va shaxsan urush harakatlarida katnashish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir(1977 yilgi Kushimcha Protokolning 43-moddasi, 2-bandi). Ular kulga qurol olib dushmanga qarshi urush harakatlari olib boradilar va faqat ularga nisbatan harbiy zuravonlik, yo‘q. qilishgacha bo‘lgan choratadbirlarni qo‘llash mumkin. Ular dushman kuliga tushib krlsalar, harbiy asirlarga aylanadilar.
Ular tarkibiga:
-
birinchidan, doimiy qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi;
-
ikkinchidan, doimiy bo‘lmagan kuchlar — partizanlar, kungillilar, lekin shu shart bilanki:
- ushbu otradlarga bosh-kosh bo‘ladigan javobgar shaxs bo‘lsa;
- o‘zokdan yakkol ko‘zga tashlanadigan belgilari bo‘lsa;
- o‘z harakatlarida urushning qonun va urf-odatlariga amal
kilsalar;
- har bir qurolli tuknashuvlarda ochiq xolda, xususan, urush
- oldidan saflanganda dushman ko‘z oldida (optik asboblar yordami-
daham ansholanishi mumkin) ochiqdan-ochiq. qurol olib yursalar;
-
uchinchidan, dengiz savdo kemalari va fuqaro samolyotlari ekipajlari (agar ular harbiy kema va samolyotlargaj aylantirilgan bo‘lsa);
-
to‘rtinchidan, milliy-ozodlik urushida kdtnashayotgan jangchilar;
-
beshinchidan, bosib olingan hududlar aholisi (agar ular dushman bostirib kelganda doimiy kushinga aylanishga ulgurmay kullariga qurol olib jang kilsalar va qurol olib yurib, urush qonunlari va urf-odatlariga rioya etadilar) tarkibi kiradi.
Yollanganlar kombatantlar sifatida tan olinmaydi. Ushbu shaxslar xak to‘lash evaziga noqonuniy (mustamlakachilik, irkchilik kabi) rejimlarni ximoya qiladilar. Yollanganlar xalqaro gumanitar huquq ta’siri doirasida bulmay, jinoyatchilar sifatida jazolanadi.
BMTda yollanma askarlarni yollash, ulardan foydalanish, yordam ko‘rsatish va ularni ukitishga qarshi karatilgan konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha maxsus kumita tashkil etilgan. Yollanma askarlarga harbiy instruktorlar va maslaxatchilar tarkibi kirmaydi. Ushbu shaxslar ikki tomonlama shartnomalarga asosan qurolli kuchlarni shakllantirish, harbiy kadrlar va kushinni janglarga tayyorlash maqsadida junatiladi. Lekin ular shaxsan harbiy harakatlarda katnashmaydilar.
Urush davrida harbiy josus va harbiy razvedkachi tushunchalarini ajrata olish masalasi paydo bo‘ladi. Harbiy josus o‘z shaxsiyatini va o‘z faoliyatini berkitib, dushman qurolli kuchlari to‘g‘risida xufyona tarzda ma’lumot yigadi. Harbiy razvedkachilar josuslardan farqli o‘laroq, dushman hududiga o‘z harbiy kiyimboshlarida kirib oladilar va dushman kuliga tushib kolgudek bo‘lsalar, harbiy asirlar sifatida tan olinadilar.
Urushayotgan tomonlarning qurolli kuchlari tarkibiga nokombatantlar ham kiradi. Ular kombatantlardan farqli ravishda faqat qurolli kuchlarning faoliyatini ta’minlab berish bilan shugullanib, faqat o‘zlarini ximoya qilish uchungina qurol ishlatishlari mumkin. Nokombatantlarga tibbiyot xodimlari va indendentlar tarkibi, harbiy yuristlar, muxbirlar, reportyorlar, diniy shaxslar kiradi.
Nokombatantlarga nisbatan qurol ishlatilishi mumkin emas. Lekin ular vaziyat ta’siri ostida urush harakatlarida va jang-larda katnashsalar, kombatantlarga aylanadilar. 1907 yilgi IV Gaaga konvensiyasiga asosan, parlamentyor, unga hamrox.-lik qiluvchi trubachi, gornist yoki barabanchi, bayrok. ko‘tarib olgan shaxe va tarjimon daxleizlik huquqddan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |