Mahsulotlarni quritishga tayyorlash chora-tadbirlari va xom ashyolarning xossalari va xususiyatlari
Meva-sabzavotlarni quritish sanoatining asosiy xom ashyosiga quyidagilar kiradi: olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, uzum va boshqalar.
Xom ashyolarni quritishga tayyorlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Olma, behi va noklar inspeksiyalanadi, kalibrlanadi, yuviladi, po‘stidan tozalanadi, urug‘ kamerasi olib tashlanadi, kesiladi, sulfit yoki limon kislota eritmasi bilan ishlov beriladi.
O‘rik saralanadi, kalibrlanadi, yuviladi, bo‘linadi va sulfit kislota eritmasi bilan ishlov beriladi [8, 13, 19].
Do'stlaringiz bilan baham: |