6-LABORATORIYA ISHI
IKKIQUTBLIKLAR PARAMETRLARINING RAQAMLI O'LCHAGICHLNI O'RGANISH
Ushbu labratoriya ishi «Telekommunikatsiya uzatish tizimlari» kafedrasining «Raqamli o'lchash asbobiarini tashkii qilish diskret Insobot usuli»ga asoslanib, o'quv dasturi bo'yicha talabalar o’rganishi uchun mo'ljallangan.
Talbalarni sifatli o'qitish uchun ular «Raqamli o'lchash vositalarini tashkii
etish usullari va prinsiplari» lektsiyalar qismini o’zlashtirishlari, ma'lum amaliy
ishlarni bajarishlari kerak va kompyuter texnikasi bilan ishlashlari uchun
tajribaga ega bo'lishlari kerak.
Dastur bilan amaliy ishlaganda tajribaviy tadqiqot olib boorish va o’lchash, axborotga ma'lum ishlov berish kerak. Hisobot maieriallari ish topshirish uchun jadval, funksional bog'liqliklar riafiklari, xulosa va natijalar, o'lchash vositalarining sifat parametrlarini xarakterlaydi. Qo'llanma ta'limning har xil shaklida, 'tiasalan, masofali o'qitishda ham ishlatilishi mumkin.
I. ISHMNG MAQSADI
ishlash bilan o'lchash asboblarining
2. IKKIQUTBLIKLAR PARAMETRLRINING RAQMLI O'LCHAGICHINI O'RGANISH
Kompyuter dasturi va ikkiqutblik parametrlarining o'lchagichi
ish prinsipining ta'rifi. Elektr zanjirlari nazariyasidan ma'lumki, lektmmagnit energiya yig'uvchi L induktivlikdan, elektrostatik energiya yig'uvchi С sig'imdan va R aktiv qarshilikdan iborat zanjirlarda energiya o'zgarganda, o'tuvchi deb ataladigan jarayon paydo bo'ladi, bu jarayon Ae-τ/f — eksponensial qonun ko'rinishida ta'riflanadi, bu yerda A - zanjirning o'zgarmas vaqti va e — joriv vaqt. R, С va L dan iborat zanjir uchun τ = RC, t = RCL.
Agar RC zanjirni integrallovchi bo'g'in deb ishlatsak va Ukir o'zgarmas kuchlanish manbayiga ulansa, unda Uchiq chiqish kuchlanishi UC(t) sig'imdagi kuchlanishga teng bo'ladi va u quyidagi tenglamaga muvofiq vaqt o'zgaradi:
UC(t) = Uchiq = Ukir(1- e-τ/f). (1)
Agar joriy vaqt tga teng bo'lsa, chiqishdagi kuchlanish quyidagi aniq qiymatga teng bo'ladi:
Uchiq = Ukir(1- e-1)=0,632Ukir (2)
Shunga o'xshash, agar R va L zanjiri integrallanayotgan deb ishlatilsa, unga chiqish kuchlanishi R rezistordagi kuchlanish pasayishi bo'ladi. Zanjirdagi tok eksponent qonun bo'yicha o'zgarayotganligi sababli chiqishdagi kuchlanish UL(t) induktivlikning kuchlanish pasayishi va Ukir kirish kuchlanishlarining farqiga teng bo'ladi, ya'ni
UR(t) = Uchiq = Ukir(1- e-τ/f). (3)
Xuddi shunday shartlarda τ = t ga teng bo'lganda
Uchiq = Ukir(1- e-1)=0,632Ukir (4)
bo'ladi.
Tadqiqotlaming sifatli o'tkazish uchun dasturning ish stolini o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Ish stolida vaqt diagrammalari uchun ossillograflk ekran va quyidagilarni o'matish uchun axborot sektorlari ko'rsatilgan:
namunaviy rezistor qiymati;
tayanch generator chastotasi;
o'lchanayotgan sig'im parametri;
namunaviy rezistor xatoligi;
taqqoslash chizmasini ishga tushish chegarasining beqarorligi.
Ekranning pastki qismida chizma va natijalarni hisoblash uchun
raqamli tablo keltirilgan.
Boshqaruv organlari panelning o'ng qismida joylashgan va bajarilayotgan funksiyalarning mos yozuvlariga ega. Dasturni ishga tushirgan paytda displey ekranida amaliy tadqiqotlar rejimini boshqarish uchun asbobning ish paneli ochiladi, shuning uchun ekranda asbobning dinamik ish rejimi shakllanadi. Avtomatik tarzda yoki qo'lda avtomatik boshqaruv tugmasi ning ikki holati: «Yoq. Avtopusk» va «O'chirish» holati aktivlashtirilgan, boshqaruv uchun «Start» tugmasi ochiladi. «Start» tugmasi yordamida o'lchash rejimini bir karrali ishga tushirish amalga oshiriladi. «Yoq. Avtopusk» tugmasi bosilsa, unda o'lchash rejimi ko'p karrali avtomatik tarzda bo'ladi, bunda diagrammaning yoyilma tezliklari «Yoyilma vaqti» ulagichi bilan sozlanadi.
Ahamiyat berish kerakki, EHM klaviaturasidan parametrlar qiymati o'rntilganda, avtopusk rejimi o'chiriladi, shuning uchun kelgusi ishlarda qo'lda, yoki avtomatik boshqarishni yoqish kerak.
Asbob panelida «Masshtab» sektori mavjud, unda «х0,1» va «1,0» ko'paytirgichli ikkita qayta ulagich joylashgan, ular yordamida vaqt diagrammalarini shakllantiruvchi sohaning o'lchamliligi o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |