2.1. Kompyuter dasturi bilan ishlash
Yuqorida aytilgandek, dasturni ishga tushirish payitida raqamli faza o'ichagichning ish paneli shakllanadi. Bu panelning yuqori qismida o'lchanayotgan faza siljishini va tayanch generatorning chastotasini kiritish uchun oynalar joylashgan. Bu parametrlarni kiritishda cheklanishga qat'iy rioya qilish lozim (faza siljishlarga 4° dan 360° gacha, tayanch generator chastotasi 1000 Hz dan 10 MHz gacha). Kiritilayotgan parametrlaming o'lchov birliklarmi ham kuzatib turish kerak (faza siljishi — gradusda, chastota -- gersda). Boshqamvchi qismlari panelning o'ng qismida joylashgan va bajariladigan vazifalari to'g'risida kerakli yozuvlarga ega. O'lchov komplekslarini dastlabki parametrlari dastur matnida o'rnatilgan, shuning uchun dastlabki ishga tushirilganda ekranda dinamik ish rejimining jarayonlari aks etadi. Keyinchalik amaliy tadqiqotbr o'tkazish paytida avtomat tarzda yoki qo'l bilan boshqarish tugma- sining ikkita holati: «yoq» va «o'chir» o'rnatiladi. «O'chirish» tugmasi aktivlashganda boshqarish uchun «boshlash» tugmasi ko'rinadi. «Boshlash» tugmasi yordamida birkarrali o'lchov rejimi ishga tushadi. Agar «Avtozapusk yo'q» tugmasi bosilgan bo'lsa, unda o'lchov rejimi ko'p karrali avtomat tarzda bo'ladi.
Diagramma yoyilmasining tezligini «yoyilma vaqti» ulagichi bilan to'g'irlash mumkin, indikatsiya vaqtini esa «indikatsiya vaqti» ulagichi bilan o'rnatish mumkin. Panelning pastki o'ng qismida o'lchov xatosini o'lchanayotgan qiymati avtomat tarzda qayd etish oynalari joylashgan. Shu yerda dasturdan chiqish uchun «chiqish» tugmasi ham joylashgan. Displev ekranida barcha tasvirlar rangli holatda shakllanadi. Displey turli ranglaridan foydalanish vaqt (faza) siljishlarining vizual tahlil (korish) paytida faza o'lchovini yanaria aniqroq ta'minlashga imkon beradi.
Laboratoriya tadqiqoflarining dasturi
Dastur bilan ishlashda ko'nikma hosil qilish uchun ixtiyoriy ravishda namunaviy generatorning bir qator chasiota'.ari o' mat iladt yoki fazaviy burchakni bir qator belgiiangan qiymatlari qo'yiladi. Bir vaqtning o'zida ham chastota, ham faza qiymatini o'zgartirish mumkin. Boshqaruv qismlaridan foydalanib, diskret hisob uslubi asosida amalga oshirilgan fazao'lchagich ishini fizikaviy jarayonini ta'riflaydigan bir qator tasvirlar mustaqil olinadi.
Ahamiyat berish kerakki, EHM klaviaturasidan parametrlar o'rnatilayotgan paytda avtopusk rejimi o'chiriladi, shuning uchun keyinchalik ishda yoki qo'l yoki avtomat tarzdagi boshqaruvni yoqish kerak.
Yana ahamiyatni axborot parametrlari orasidagi nisbatlar o'z- garganda, o'lchovni nisbiy xatosi o'zgarish xususiyatiga qaratish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |