QISQA XULOSALAR
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash
tizimi yaratilib, u qonunlar, Prezident Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasi Qarorlarini uz ichiga oluvchi tegishli me‘eriy -huquqiy xujjatlarga
asoslanadi.
O‘zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablaglar byudjetga emas, balki
xususiylashtirilgan korxonalari qo‘llab-quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor
tarkiblarini rivojlantirishga yunaltirilgan yagona davlatdir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvoxlik beradiki, uzok
davom etadigan iqtisodiy inkiroz muxitida asosan iste‘mol tovarlari iiiishlab
chikaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamrok jabrlanadi.
Shuning uchun bizning mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
dasturini ishlab chiqilib, ularni rivojlantirishga aloxida axamiyat berilmokda.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari
qonuniy -huquqiy ta‘minot, moliyaviy kredit ta‘minoti, sug‘urta bilan ta‘minlash,
tashki iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash shakllarida amalga oshiriladi.
Bularga davlat korxonalar tomonidan biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga
ixtirolar, ishlab chikarish tajribasi, tijorat axborotlaridan ma‘lum vaktda foydalanish
huquqini ifodalovchi ruxsatnomaning berilishi, ya‘ni litsenziya berilishi katta
axamiyatga egadir.
TAYANCH IBORALAR
Kichik biznes,
litsenziya, tadbirkorlik, oddiy litsenziya, tadbirkorlik sub‘ekti,
maxsus litsenziya, tulik litsenziya.
NAZORAT UCHUN SAVOLLARI
.
1. Tadbirkorlikni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashning zarurati nimadan iborat?
2. Qanday dasturlar asosida kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi amal
kilmokda?
3. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tadbirlari
qanday shakllarda amalga oshiriladi?
4. 2005, 16 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik
sub‘ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar
to‘g‘risida‖gi Farmoni mazmunini ifodalab bering.
5. Kichik biznesning afzalliklari nimalardan iborat?
6. Korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qullab –quvvatlash turlarini aytib bering?
8. Xo‘jalik yurituvchi subektlarga litsenziya berish tartibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: