Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Marketing-menejment funksiyasi



Download 140,09 Kb.
bet6/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

7. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Yuqoridagi funksiyalarni o‘zlashtirish orqali qurilish kompaniyasidagi marketing funksiyalarini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin. (1.4.1-chizma)
Ba'zan tadqiqot deb ataladigan marketingning analitik funksiyasi korxonaning barcha marketing faoliyati uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Chunki tashqi muhitning holati va rivojlanish istiqbollarini chuqur bilmasdan, korxonaning ichki muhitini tahlil qilmasdan, iqtisodiy va tijorat faoliyati bilan shug'ullanish, korxona tomonidan maqsadga muvofiq ravishda boshqarish va korxona manfaatlari uchun nazorat qilinadigan tashqi muhit omillarini o'zgartirish deyarli mumkin emas. Ko'rib chiqilayotgan analitik funksiyani amalga oshirish jarayonida qurilish kompaniyalari tashqi va ichki muhitining elementlari yuqoridagi keltirilgan tartibda o'rganiladi.
Qurilishda marketingning ob’ekti va sub’ektlari
Qurilishda marketing ob’ektlari qurilish mahsulot va xizmat bozorlari, qurilish mahsulot va xizmatlari, tashkilotlar, hududlar, mehnat bozori hisoblanadi.
Qurilish mahsulot va xizmat bozorlarida qurilish sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning savdosini uyushtiriladi ham ushbu bozorda qurilish marketing sub’ektlari ishtirok etadi.
Qurilish mahsuloti - iste’molchilar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun, ishlab chiqarish maqsadlari uchun va ijtimoiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan qurilish mahsulotlariga aytiladi. Bunga misol, uy qurish uchun barcha qurilish materiallari, santexnika va elektrotexnika jihozlari, eshik-deraza romlari, deraza oynalari, eshik-deraza uchun mayda jihozlar kiradi.
Qurilish xizmatlari - qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, tadbirkor va biznes sub’ektlari tomonlaridan taklif qilinayotgan qurilish, elektrotexnik va santexnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar tushuniladi. Xizmatlar turiga intellektual xizmatlarni ham kiritish mumkin, chunki bozor sharoitida intellektual mulk egalari mazkur mulkni sotishi mumkin.
Tashkilotlar (loyihalashtirilgan va faoliyat ko'rsatadigan) - bu tashkilotning tarkibiy bo'linmalari, modellari, huquqlari, imtiyozlari va boshqa o'ziga xos xususiyatlari bo'lishi mumkin.
Hududlar uy - joy, dam olish joylari va noturarjoy binolari, investitsiya obekti sifatida yerni o'z ichiga oladi.
Marketing subektlari tomonidan ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko'rsatish korxonalari, ulgurji va turli xil savdo tashkilotlari, marketing mutaxassislari va turli iste'molchilar tushuniladi. Ularning har biri o'z asosiy vazifalariga ega.
1. Ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi korxonalar - tovarlar ishlab chiqaradigan yoki xizmat ko'rsatuvchi firmalar.
2. Ulgurji tashkilotlar - chakana savdoda sotish uchun mahsulot sotib olgan kompaniyalar.
3. Turli tashkilotlar tovarlarni oxirgi iste'molchilarga sotishni amalga oshiradilar.
4. Marketing mutaxassislari muayyan marketing vazifalarini bajaradilar.
5. Reklama tashkilotlari. Ushbu tashkilotlar mahsulot yoki xizmatlarini ommaga reklama qilishida murojaat qilgan biznes sub’ektlarga pullik reklama xizmatlarini ko‘rsatadilar.
6. Iste'molchi shaxsiy iste'mol uchun mahsulot sotib oladi.
Marketing subektlari marketing faoliyatida marketing funksiyalarini bajaradi, biroq yetarli moliyaviy resurslarga ega emasligi sababli barcha marketing funksiyalarini bajarishga qodir emas.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish