Qurilishda marketing maqsadi va vazifalari Qurilishda marketingning maqsadi qurilish sohasidagi korxona, tadbirkor va biznes sub’ektlarini iste’molchilarning talabini o‘rganish orqali qurilish mahsulotlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini bajarish, qurilish xizmatlarini amalga oshirish natijasida ko‘zlangan foydaga erishishga yo‘naltiruvchi faoliyatni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir. Bunday maqsadga erishishda mazkur sub’ektlar quyidagi maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni bajarishlari lozim.
1. Bozorni o‘rganish. Mazkur ishni amalga oshirish orqali qurilish sohasidagi faoliyat yurituvchi sub’ektlar quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
bozor ulushini oshirish;
yangi bozorlarni oʻzlashtirish;
bozorda raqobatchilarning pozitsiyalarini zaiflashtirish.
2. Marketing rejasini tuzish orqali quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
kompaniyaning qulay qiyofasini yaratish;
yuqori iste'molchilar ehtiyojini qondirish yaratish;
marketing faoliyatining rentabelligini oshirish.
3. Marketing faoliyatini samarali boshqarishni tashkil etish natijasida quyidagi maqsadlarga erishiladi:
tashkilotning moslashuvchanligini ta'minlash;
yanada murakkab strategik maqsadlarga erishish.
4. Samarali narx siyosatini amalga oshirish orqali quyidagi maqsadlar ta'minlanadi:
mijozlar bilan ishlashda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
iste’molchilar hajmini oshirishga narxni belgilash yo‘lga qo‘yiladi;
foydani maksimallashtirish maqsadida tannarxni pasaytirishga faoliyat yo‘naltiriladi.
5. Marketing nazoratini amalga oshirish orqali quyidagi maqsadlarga erishiladi:
yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan maqsadlar bo‘yicha tuzilgan marketing rejasini bajarilishi ta’minlanadi;
joriy faoliyatni nazorat qilish;
strategik rejalashtirish;
joriy moliyaviy faoliyat nazoratga olinadi.
Shunday qilib, marketing faoliyati maqsadlariga quyidagilar kiradi:
1. Foydani maksimallashtirish. Har bir korxona oldida turgan eng global maqsadlardan biri. Uning asosiy vazifasi - barcha marketing vositalaridan maksimal darajada foydalanish orqali ishlab chiqarishning o'sishiga va natijada foyda hajmini oshirish hamda kompaniyaning istiqbolli rivojlanishiga erishishtirishdan iboratdir.
2. Iste'molchilarning ehtiyojlarini astoydil harakatlar asosida qondirishni yo‘lga qo‘yish. Kompaniyaning mahsulotini yoki xizmatini sotib olgan xaridor yuqori darajada qoniqish hosil qilishi orqali doimiy mijozga aylantirishdan iboratdir. Buning natijasida tovarlarni sotib olish chastotasining o'sishi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, kompaniya mijozga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish orqali mazkur maqsadga erishiladi va belgilangan vazifani bajaradi.
3. Tanlash. Bu maqsad kichik kompaniyalar uchun mos emas, chunki uning mohiyati bir kompaniya ichida mahsulot liniyasini kengaytirishdir. Ushbu yondashuv tufayli katta kompaniyalar nafaqat katta tanlov orqali xaridorni qondirishga, balki daromadni maksimal darajada oshirish shaklida maqsadga erishishga ham qodir.
4. Sifatni oshirish. Bir tomondan, bu marketing tizimining juda oliyjanob maqsadi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi: sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotlar va xizmatlarning keng assortimentini arzon narxlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bu maqsadni amalga oshirish orqali iste'molchilarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshirishga erishiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, marketing maqsadlarini ishlab chiqishda ularga erishishga muvaffaq bo'lishda ishtirok etuvchi xodimlarni(moddiy/nomoddiy) rag'batlantirishni ham ta'minlash kerak. Bunday rag‘bat orqali har qanday kompaniya marketing maqsadlarini samarali amalga oshirishga erishadi. Bunday amaliyot hozirgi kunda o‘z isbotiga egadir.
Har qanday faoliyatning maqsadini belgilash oson, lekin uni aniq belgilash va amalga oshirish juda ham murakkabdir. Shuning kompaniya marketing maqsadlarini belgilashda uni amalga oshiruvchi vazifalarni ham samarali belgilash va amalga oshirish kerak.
Qurilishda marketing vazifalari biznes manfaatiga uyg‘unlashgan holda amalga oshirilib, unga iste’molchilarning hohish-istaklari, ehtiyojlari, talab hajmi, vaqt va tabiat o‘zaro ta'sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun marketing vazifalarini ko‘rib chiqilganda uni mahalliy marketing vazifasi va global miqyosdagi marketing vazifasiga ajratiladi. Mahalliy marketing vazifasida asosan, talabni boshqariladi. Ammo global miqyosda korxonada marketing vazifalari ishlab chiqarish va savdo yo'nalishlarini boshqarish orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish yo‘nalishida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish o'rniga sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Savdo yo‘nalishida esa, bozor, iste'molchilar va ularga ta'sir o'tkazish usullarini tadqiq etish hamda samarali usullaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Ushbu ikki yo'nalish doirasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan quyidagi vazifalar ro'yxati nazarda tutiladi:
1. Kompaniyaning iste'molchilari va mahsulotlarining mutanosibligini marketing tadqiqot usullaridan foydalangan holda tadqiq etish.
2. Kompaniyaning yangi xizmatlari yoki mahsulotlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.
3. Bozorlarning holati va rivojlanishini tahlil qilish, baholash va prognozlash.
4. Raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish.
5. Kompaniyaning samarali narx siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
6. Kompaniyaning strategik rejasini yaratish va savdoda samarali taktik harakatlarni amalga oshirish. (iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi turli auksion tadbirlarni amalga oshirish orqali ularni jalb etishni faollashtirish).
7. Kompaniya mahsulotlari va xizmatlarini yangi sotish usullarini yo‘lga qo‘yish.
8. Mijozlar bilan ishlashda barcha etika me’yorlariga to‘liq rioya etish (muomala madaniyati, hujjatlarni samarali rasmiylashtirish, mijozlarga hamkorlik faoliyatida to‘liq ko‘maklashish).
9. Sotishdan keyingi xizmatni yo‘lga qo‘yish.