Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlar (quritish barabanlari)da kuydirish chizmasi



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 10-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlar (quritish barabanlari)da kuydirish chizmasi: 
1-qabul qiluvchi bunker; 2- Lotokli oziqlantiruvchi; 3 – Tasmali konveyer; 4 – Bolg‘ali 
maydalag‘ich; 5-Elevator;  6- Shnek;  7-Gipstosh bunkeri;  8,24 - likopchasimon oziqlantiruvchi; 9- 
quritish barabani; 10-elevator; 11-kuydirilgan gipstosh bunkeri; 12-chang cho‘ktiruvchi kamera; 
13,15,17,20,21,23,25 – shneklar; 14 ventilator; 16-elevator; 18,19-tayer mahsulot bunkeri; 22-
sharli tegirmon; 26 – Qirib oluvchi konveyer; 27-ko‘mirni pnevmomexaniq yuklantiruvchisi; 28- 
ko‘mir bunkeri. 
 
Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, qurilishda juda kup ishlatiladigan girs 
plitalari (gips va yog‘och kipigidan ishlangan), «quruq suvok» deb ataladigan taxtalar 
(ikki  kogoz  orasiga  kuyilgan  gips  taxta),  devorbop  bloklar,  toki-ravok  buyumlari 
ishlashda  katta  axamiyatga  ega.  Bundan  tashkari  gips  bog‘lovchi  moddalar  bino 
devorlarining  ichki  tomonini  suvashda,  nakkoshlikda  va  bezak  buyumlar 
tayyorlashda kup ishlatiladi. 
Gips utga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni shamollatuvchi kurilmalar, lift 
kataklari va boshqalar tayyorlanadi 
Gips  bog‘lovchilar  asosan  gipsli  quruq  suvoq  qoplama,  parda  devor  plita  va 
panellar,  qavatlar  orasi  va  chordoqni  yopish  elementlari  (yassi  plita,  ichi  hovol 
toshlar) ventilyatsiya  qutilari va har xil arxitektura – qurilish qismlarini tayyorlashda 
qo‘llaniladi.  Ayniqsa  quruq    suvoq  qoplama  va  gips  parda  devor  plitalar    ko‘plab 
ishlab chiqarilmoqda.  
Sun’iy  marmar  tayyorlashda,  issiq  o‘tkazmaydigan  materiallar  ishlab 
chiqarishda  bog‘lovchi  sifatida,  sementning  tishlashish  muddatlarini  keragicha 
o‘zgartirish  uchun  qo‘shiladigan  qo‘shilma  sifatida,  kengayuvchan  sement  hosil  


40 
 
qilish  uchun  ayrim  bog‘lovchilarning  qotishini  aktivlashtirishda  va  boshqa 
maqsadlarda ham gips ishlatiladi.  
Gips  mahalliy  xom  ashyo  hisoblanadigan  ayrim  tumanlarda  kam  qavat 
binolarning tashqi konstruksiyalarida devorbop material tariqasida ishlatiladi. Ammo 
gipsni xususan nam iqlimli joylarda namdan saqlash lozim.  
Quritish  shkafida  50

5
o
S  haroratda  1  soat  davomida  quritilgan  gipsdan  50  g 
namuna tortib olinadi. Namunani ko‘zlari 0,2x0,2 mm bo‘lgan elakka solinadi va 10-
15  daqiqa  davomida  mexaniq  usulda  yoki  qo‘lda  elanadi.  Qo‘lda  elanganda,  agar, 
elashning oxirida elakda 1 daqiqa davomida 0,05 g dan ko‘p gips o‘tmasa, u vaqtda 
elash tugatiladi. 
Elakda  qolgan  qoldiqni  olingan  namuna  miqdoriga  nisbati  foiz  hisobidagi 
gipsning  maydalik  darajasi  aniqlanadi.  Gipsning  maydalik  darajasi  ko‘rsatkichiga 
ikki tajribaning o‘rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. 
Gips xamirining normal quyuqligini ichki diametri 50 mm, balandligi 100 mm 
bo‘lgan  mis  yoki  latup  silindr  yordamida  aniqlanadi.  Shisha  ostidagi  qog‘ozga  bir 
santimetr oraliqdagi konsentrik aylanalar chiziladi. 
Tajribadan  oldin    shisha  toza  suvda  xo‘llangan  yumshoq  bo‘z  gazlama  bilan 
artilishi kerak. 
Shisha plastinka gorizontal xolatda o‘rnatilib, konsentrik aylanalar markaziga 
silindr joylashtiriladi. Gips namunasidan 300 g tortib olib, suv solingan idishga solib 
(suv  miqdori  gips  og‘irligidan  taxminan  50-70%  olinadi)  bir  jinsli  qorishma  hosil 
qilguncha 30 sekund davomida qorishtiriladi. 
Gips  qorishmasini  darxol  silindr  ichiga  solinadi,  ustidagi  ortiqchasini  metall 
chizgich bilan kesib tashlanadi. 
Gipsni suvga solgandan boshlab 45 sekund o‘tgandan so‘ng yoki qorishtirish 
tugagandan 15 sekund keyin silindr tik vertikal holda  ko‘tariladi. 
Silindr  ko‘tarilgandan  so‘ng  gips  xamirining  yoyilish  diametri  o‘zaro  ikki 
perpendikular yo‘nalishda o‘lchab olib o‘rta arifmetik qiymati hisoblanadi. 


41 
 
Agar  bu  qiymat  120  mm  ni  tashkil  etsa  gips  xamirining  normal  quyuqligi 
deyiladi. 
Gips  xamirining  normal  quyuqligi  foiz  hisobida  suv  miqdori  bilan         
ifodalanadi  va  u  quyuqligi  uchun  sarf  bo‘ladigan  suv  og‘irligini  gips  massasiga 
bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. 
Normal  quyuqlikdagi  gips  xamirining  qotish  muddatlarini  aniqlash.  Gips 
xamirining qotish muddatlarini Vika asbobi yordamida aniqlanadi. 
Ishni  bajarish  tartibi:  metall  yoki  chinni  idishga  gips  xamirini  normal 
quyuqligini ta’minlovchi miqdorda suv solinadi (50-70%). Keyin suvga 200 g tortib 
olingan  gipsni  solib,  30  sekund  davomida  qorishtiriladi.  Gips  qorishmasi  asbob 
xalqasiga solinadi, ortiqchasi pichoq bilan tekislanadi. 
Shisha plastinka ustiga qo‘yilgan xalqa igna ostiga joylashtiriladi. Ignani gips 
qorishmasiga  tekkunga  qadar  tushirilib,  keyin  ignani  o‘zak  o‘qi  bilan  mahkamlab 
qo‘yiladi. Keyin o‘zak o‘qi bo‘shatiladi va igna qorishma ichiga erkin botadi. O‘zak 
o‘q bilan ignani tushishini har 30 sekundda qaytarib turish kerak. 
Qotishini boshlanishi (daqiqa) deb gips qorishmasi qorishtirishdan boshlab to 
igna  qorishmaga  botirilganda  birinchi  marta xalqa tagiga  yetmay  qolgan davrgacha 
o‘tgan vaqtga aytiladi. 
Qotishini oxiri (daqiqa) deb gips qorishmasini qorishtirishdan boshlab to igna 
qorishmaga botirilganda 0,5 mm dan   ortiq botmay qolgan davrgacha o‘tgan vaqtga 
aytiladi. 
Gips  toshining  siqilishga  va  egilishga  bo‘lgan  mustahkamlik  chegarasini 
aniqlash. Normal quyuqlikdagi gips xamiridan tayyorlangan gips toshining siqilishga 
va  egilishga  bo‘lgan  mustahkamlik  chegarasi  o‘lchamlari  40x40x160  mm  bo‘lgan 
namunalarni sinash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ishni  bajarish  tartibi:    Gips  namunasidan  1200  g  tortib  olib  uni  normal 
quyuqlikni ta’minlovchi idishdagi suvga 20 sekund davomida sochiladi va 60 sekund 
davomida qorishtiriladi. 


42 
 
Gips qorishmasini tezlik bilan oldindan moylangan metall qoliplarga quyiladi. 
Qoliplarning hamma bo‘linmalari qorishma bilan bir vaqtda to‘ldiriladi. 
Qorishma  ichidagi  havo  pufakchalarini  chiqarib  tashlash  maqsadida  qolipga 
qorishma quyilgandan keyin 5 marta silkitiladi. 
Gips  qorishmasi  qorishtirilgandan  boshlab  15

5  daqiqa  o‘tgandan  so‘ng 
namunalar  qolipdan  bo‘shatiladi  va  xonalarda  saqlanadi.  Keyin  gipsni  suv  bilan 
aralashtirilgandan  boshlab  ikki  soat  o‘tgandan  so‘ng  namunalarni  mustahkamlik 
chegaralari  aniqlanadi.  Egilishga  bo‘lgan  mustahkam  chegarasi  MII-100  asbobi 
yordamida aniqlanadi. Asbob shkalasida egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini 
qiymati  kg/sm2  larda  yozib  olinadi.  Siqilishga  bo‘lgan  mustahkamlik  chegarasi  6 
dona  yarimta  namunalarni  sinash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Siqilishga  bo‘lgan 
mustahkamlik quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: 
bu yerda: P
max
 – buzuvchi kuch, N yoki kgs; 
F – namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, 25 sm
2
 ga teng. 
Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik to‘rt sinalgan namunaning o‘rtacha arifmetik 
qiymati bilan hisoblanadi. 
Gips bog‘lovchi moddalar bo‘limi bo‘yicha misollar. 
1-misol.  10  t  gips  toshini  pishirgandan  keyin  qancha  yarim  molekulali  gips  
CaSO
4
 + 0,5N
2
O ajralib chiqadi. 
Yechish: CaSO
4
 x 2H
2


 CaSO
4
 x 0,5H
2
O + 1,5H
2

                 172,13 

145,13  +  27 
                  145,13  +  27 
                  10 t         

     x 
10 t gips toshidan (CaSO
4
x2H
2
O) 
gips ajralib chiqadi. 
2
max
/
,

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish