Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Gips va angdirtni ishlab chiqarish usullari



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
2.4 Gips va angdirtni ishlab chiqarish usullari 
Ishlab  chiqarish  jarayoni  asosan  gipsni  un  holiga  keltirish  va  gipstoshni 
suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, 
shaxta pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. 
Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 
mm  o‘lchamda, 
bug‘latuvchi 
asboblarga  gipstosh  400  mm  bo‘lgan  bo‘laklarda 
beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali maydalag‘ichlarda maydalanadi va shaxta, 
aerobil sharli tegirmonida un holatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli 


28 
 
va zarbali tegirmonda maydalanadi. Kuritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr 
quvvat  sarflanadi.  Qurilish  gipsni  ishlab  chiqarish  asosiy  usullari  uch  guruhga 
bo‘linadi: 
1.  Xom-ashyo  oldindan  quritiladi,  maydalanadi,  kukun  holatigacha,  so‘ng  gips 
pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi. 
2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish. 
3.  Gipstoshini  har  hil  o‘lchamdagi  zarrachalarini  shaxta,  aylanma  va  boshqa 
pecharda kuydirish. 
Gips  toshni  keragicha  quritib  olib,  gips  olish  texnologik  sxemasida  gips  tosh 
odatda bitta aparatninig o‘zida ham quritiladi, ham tuyiladi     
                 
 
2- rasm. Xom ashyoni quritib gips olish sxemasi 
1-  plastinkali taminlagich; 2- jag‘li maydalagich; 3- bolg‘achali maydalagich; 4- elevator; 
 5- issiq gazlar teg‘irmonga kiradigan naycha; 6- bunker; 7- siklondan filterga boradigan gaz trubasi; 8-
reykali zatvor; 9- tovoqsimon taminlagich; 10- shaxta tegirmon; 11- siklon;  
12- havo trubasi; 13- siklonlar batareyasi; 14- to‘yilgan gips bunkeri; 15- elevator; 16- engli filtr; 17- shnek; 
18- elevator; 19- bunker; 20- shnek; 21- shnek; 22- gips qaynatish qozoni;  
23- etiltirish bunkeri; 24- bufer ombori; 25- qozon o‘txonasi; 26- shnek; 27- ko‘mir bunkeri; 28- elevator; 
29- transportyor; 30- shnek. 
 
                                
 


29 
 
3-rasm. Shaxta tegirmon 
Bir  yo‘la  to‘yib  kuydirish  usulida  tuyuvchi  agrikatga  maydalangan  gips  tosh 
solib  bir  yo‘la  o‘txonaning  aralashtirish  kamerasidan    750-800
0
  gacha 
temperaturadagi  gaz-havo  aralashmasi  yuboriladi.  Tegirmonda  material  quriydi, 
maydalanadi va suvsizlanadi. 
 
 
 
4-rasm. Shaxta tegirmondan foydalanib va bir yo‘la tuyib- kuydurib gips tayyorlash 
sxemasi  
 
 
Aylanma pechlardan foydalanganda gips toshi dastlab maydalanadi, kuydiriladi 
va tegirmonda tuyiladi.  
 
 
 
5- rasm Quritkich baraban 
 
Bu usulda ombordan uzatilayotgan gips tosh jag‘li maydalagichda  
40-50  mm  o‘lchamda  parchalanadi.  Tosh  bo‘laklarining  yirikligi  15  mm  keladigan 
qilib tuyiladi va elevator orqali bunkerga va taminlagich orqali pechga uzatiladi.  
 
Shaxta  pechlarda  ko‘pincha  juda  katta  temperaturada  kuydiradigan  gipsli 
bog‘lovchilar  (  angidrid,  estrix-gips)    ishlab  chiqariladi.  Temperatura  800-900  ga 
etadi.  
 
Bosim  ostidagi  bug‘  yordamida  gips  ishlab  chiqarishda  gipsning  alfa- 
modifikatsiyasi  ikki  molekula  suvli  gipsdan  suyuq  xolda  suv  ajralib  chiqqandagina 


30 
 
hosil bo‘ladi. Bunga gipsni juda katta temperaturadagi to‘yingan bug‘ bilan ishlash 
orqali erishiladi. 
 
 
 
6- rasm Bug‘lagich apparat 
 
25-30  mm  o‘lchamlarida  maydalangan  gips    tosh  bo‘laklarini  bug‘lagichga 
solinadi  va  avval  60-70  temperaturada  30    daqiqa  kuydiriladi.  Mayda  gips  toshlar 
to‘yingan bug‘ bilan ishlanadi va 1 soat davomida bosim 1,2 -1,3 atm( temperaturasi 
123-124
0
)  ga  etkaziladi.  Har  15      daqiqada  hosil  bo‘lgan  kondensat  chiqarib 
yuboriladi.  Shu  bosimda  5-7  soat  ishlaniladi.  So‘ng  gips  quritiladi.  Buning  uchun 
bug‘lagichdan bug‘ o‘rniga temperaturasi 150-165
0
 li o‘txona gazlari 4-5 soatgacha 
yuborib turiladi. Dimlash sikl davri 12 soatni tashkil qiladi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish