Shaklini yo‘qotish (deformativnost) yarim molekula suvli gips tutib qolish va
qotishini birinchi davrda hajmi 0,5-1% ko‘payishi mumkin. Gips buyumlarini
oquvchanligini va shaklini yo‘qotish kamaytirish uchun gidravlik qo‘shimchalar
ishlatilish tavsiya etiladi, masalan portlandsement qo‘shimchalar.
Turli hil qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Masalan,
devorni qoplash uchun yoki yopish uchun varaqlar, plitalar, to‘ldiruvchi sifatida
yog‘och qipiqlari, qozon va domna shlagi hamda kvars qumi ishlatiladi. Qurilish
gipsidan har hil mahsulot tayyorlash mumkin. U issiqlikni o‘tkazmaydigan modda
hisoblanadi. Qolipbob gips asosan turli qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Texnik
gips esa mashinasozlikda modellar va shakllarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan gips bog‘lamlar, ortopediya buyumlar va boshqalarda
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |