9.3 Polimerlar. Bitumlar va dyogtlarning qo‘llanilish sohalari
Keyingi yillarda plastmassalar ishlab chiqarish sanoatining tez sur’atlar bilan
rivojlanishi sababli ko‘pgina yangi qurilish materiallarini ishlab chiqarishni
kengaytirishga imkon berdi. Bu materiallardan turar joy, madaniy-maishiy, jamoat va
sanoat binolarining pollarini qoplash, turli maqsadlarga mo‘ljallangan xonalarning
devor va shiftlarini qoplash, uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar, sanitariya-texnik
uskunalar va boshqalarni tayyorlash uchun keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |