Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
9.2 Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari 
Bitumli  bog‘lovchilar  –  uglevodorodlar  va  ularning  nometall  xosilalarining 
murakkab  aralashmasidir  (uglevodorodlarning  oltingugurt,  kislorod,  azot  bilan 
birikmalari). UzRSTlabki xom ashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga 
bo‘linadi. 
Tabiiy  bitumlar  –  qora  yoki  to‘q-jigar  rang  qattiq  moddalar  yoki  qovushoq 
suyuqlik bo‘lib, tabiatda sof ko‘rinishda yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini (ohaktoshlar, 
qumtoshlar) shimdirgan holatda uchraydi. Bundan ko‘p ming yillar muqaddam neft 
yer qobig‘ining ustki qatlamlariga oqib kirgan tog‘ jinslari unga to‘yingan, so‘ngra 
esa  bug‘lanuvchi  moddalar  asta-sekin  uchib  ketishi  natijasida    tabiiy  bitumga 
aylangan.  Tarkibida  5  dan  20%  gacha  tabiiy  bitumi  bo‘lgan  tog‘  jinslari  asfalt 
bitumlar deb ataladi. Sof bitum olish uchun maydalangan asfalt-tog‘ jinsini qaynoq 
suv yoki organik eritgichlar bilan ishlab olinadi. 
Qizdirganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Suvda 
erimaydi,  lekin  uglerod  sulfid,  benzol,  xloroform,  skipidar  va  boshqa  organik 
eritgichlarda oson eriydi. 
Mayda  kukun  ko‘rinishidagi  asfalt  jinslaridan  asfalt  mastikasi  va  asfalt 
betonlarini olish uchun foydalaniladi. 


183 
 
Neft  bitumlari  neft  va  uning  smolali  qoldiqlarini  qayta  ishlash  mahsuloti 
hisoblanadi.  Olinish  usullariga  qarab  bitumlar  qoldiq,  oksidlangan  va  kreking  neft 
bitumlari turkumiga kiradi. 
Qoldiq  bitumlar  (gudron)  xaydash  yo‘li  bilan  neftdan  benzin,  kerosin  va 
moylarning bir qismini ajratib olish natijasida hosil bo‘ladi. 
Me’yoriy  haroratda  ular  qattiq  moddadan  iborat.  Oksidlangan  bitumlar  neft 
qoldiqlari orqali puflab o‘tkazib olinadi, ular bunda kislorod ta’siri ostida oksidlanadi 
va  zichlanadi.  Kreking  bitumlar  esa  neft  va  neft  moylarining  yuqori  haroratda  
parchalanish mahsulotidir. 
Neft bitumlarining rangi qora yoki to‘q-qo‘ng‘ir bo‘ladi. Qovushoqligiga qarab 
ular qattiq, yarim  qattiq  va suyuq bitumlarga  bo‘linadi. Qattiq va  yarim  qattiq neft 
bitumlari qurilish, tomga yopish va yo‘l bitumlariga bo‘linadi. 
Qattiq  va  yarim  qattiq  neft  bitumlari  yo‘llarga  qoplash,  o‘ramli  namdan 
himoyalash va tom materiallarini bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash 
uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda 
joyning  iqlim  sharoitlari  va  bitumning  ishlatilish  sohasiga  qarab  ikki  xil  bitum 
aralashmasini tanlash zarur. 
Bitumlarning  xossalari.  Neft  bitumlarining  sifatini  va  markalarga  bo‘linishini 
aniqlaydigan  asosiy  xossalari  –  qovushoqligi,  yumshash  va  chaqnash  harorati, 
cho‘ziluvchanligidir. 
Qovushoqligi  bitumga    kuch  ostida  ignaning  kirish  chuqurligi  bo‘yicha 
penetrometrda  o‘lchanadi.  Bitumga  ignaning  kirish  chuqurligi  qancha  katta  bo‘lsa, 
uning qovushoqligi binobarin shunchalik kichik buladi.  
Bitumning yumshash harorati «Halqa i shar» asbobida aniqlanadi. Bitumning bu 
xossasi uni turli harorat sharoitlarida foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi. 
O‘t  olish  harorati    bitum  bilan  ishlaganda  texnologik  parametrlarni  aniqlash 
uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  u  maxsus  asbobda  o‘lchanadi.  O‘t  olish  haroratiga 
bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi ko‘k  alanga paydo 
bo‘lganida termometr ko‘rsatadigan harorat qabul qilinadi. 


184 
 
Bitumning  cho‘ziluvchanligi  namunani  duktilometrda  cho‘zish  yo‘li  bilan 
topiladi.  Cho‘zilgan  namunaning  uzilish  paytidagi  uzunligi  (sm  hisobida)  bitum 
cho‘ziluvchanligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Ko‘rib  o‘tilgan  xossalar  bir-biriga  bog‘liq.  Masalan,  qattiq  bitumlarning 
yumshash harorati yuqori bo‘ladi, lekin cho‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mo‘rt 
bo‘ladi:  aksincha,  uncha  yuqori  bo‘lmagan  haroratda  yumshaydigan  bitumlar  juda 
cho‘ziluvchan bo‘lishi mumkin, ya’ni katta plastiklikka ega bo‘ladi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish