Nazorat uchun savollar
1. Qanday tez qotuvchi portlandsement turlari bor?
2. Rangli portlandsementlar qaysilar?
169
3. Portlandsementga qanday aktiv mineral qo‘shimcha qo‘shiladi?
4. Putssolanportlandsementning xossalarini tushuntiring.
5. Putssolanportlandsementning qo‘llanilishi haqida gapirib bering.
VIII BOB. SHLAK VA SHLAKLI SEMENTLAR
8.1 Domna shlaki va uning tarkibi, xossalari va qo‘llanilishi
Shlaklar bu ikkilamchi mahsulotlar va ular qora rangli metallarni yoki qattiq
yoqilg‘i quritilganda hosil bo‘ladi. Kimyoviy, mineralogik tarkibi katta chegarada
o‘zgaradi va jinslar tarkibiga, yoqilg‘i, metall turiga bog‘liq. Ko‘p metallurgiya shlaki
kimyoviy tarkibi bo‘yicha portlandsement va giltuproq tarkibiga yaqinlashadi. Oxirgi
vaqtgacha bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun faqat dumaloq shakldagi
domna shlaklari ishlatilgan. Hozirgi davrda olimlar tomonidan elektrotermofosfor
shlaklar va h.k. ishlatilishi mumkinligi isbot qilingan.
Temir xom ashyo kuydiryotgan vaqtida karbonatlar yoqilg‘ini mineral qismi va
komponentlari bilan reaksiya kirishadi va oson eriydigan kalsiy Mg silikatlari va
alyumosilikatlarini hosil qiladi. Bu birikmalar 1400
0
– 1500
0
S eriydilar va shlakli
eritma holida pechdan chiqadilar. 1tonna cho‘yandan o‘rtacha hisobda 0,5 – 07 shlak
hosil bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi: domna shlaklarni kimyoviy tarkibi jinslarni tarkibiga
bog‘liq va odatda: CaO, SiO
2
, Al
2
O
3
, MgO, FeO oltingugurt birikmalar CaS, MnS
tashkil etadi CaO, SiO
2
, Al
2
O
3
, MgO miqdori 90 – 95% tashkil etadi.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha domna shlaklari portlandsement klinkeridan faqat bir
xil komponentlarni nisbatani bilan ajralib turadi. Shlaklarni gidravlik faollik darajasi
ikkita modul bilan ifodalanadi: asosli modul – asosiy oksidlarni nordon oksidlarga
foiz hisobidagi nisbat:
SaO+MgO
As = ---------------------
SiO
2
+ Al
2
O
3
Bu modulni sonli qiymati bo‘yicha shlaklar quyidagilarga farq qiladilar; asosli
uning moduli ≥ 1 dan ko‘p yoki teng, nordon AS < 1 birdan kam.
170
Faollik moduli va shlakdagi giltuproqni kremnezemga foiz hisobidagi nisbati
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Al
2
O
3
Akmq -------------------
SiO
3
Domna shlaklarni gidravlik faolligi asosiy va ayniqsa faollik moduli oshgan sari
oshadi. Granullargan shlaklarni gidravlik faollik sifat koeffitsiyenti bilan baholanishi
kerak va u shlakdagi CaO, Al
2
O
3
, MgO, SiO
2
, TiO
2
, foiz miqdoriga bog‘liq va
quyidagi formula aniqlanadi:
CaOQAl
2
O
3
+MgO
S.K = ----------------------------
SiO
2
+TiO
2
Bu formulaga, agar MgO miqdori shlakda 10% gacha bo‘lsa ishlatiladi. Ko‘p
bo‘lgan holda quyidagi formuladan foydalanadi:
CaOQAl
2
O
3
+ 10
S.K = ----------------------------------
SiO
2
QTiO
2
+ (Mg O -10)
Sifat koeffitsiyenti qancha baland bo‘lsa, domna shlakini gidravlik faolligi
shuncha baland bo‘ladi.
Sekin sovutilgan shlaklarda CaO, SiO
2
, Al
2
O
3
bilan to‘liq bog‘langan bo‘lib -
2CaO, SiO
2
, rankinit 3CaO, 2SiO
2
, melilit – 2CaO, Al
2
O
3
, SiO
2
, okermanit 2CaO,
MgO
2
, SiO
2
kabi birikmalar hosil qiladi. Agar CaO > 44 – 46% oshsa unda shlaklarni
zarrachalari o‘z–o‘zidan kukun holatga o‘tadi. Shlakdagi MgO uning gidravlik
faolligi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, ammo miqdori – 15 – 20% dan oshmasligi kerak.
Shlakdagi Al
2
O
3
faolligini oshiradigan birikmalar hosil qiladilar. Kremniy
oksidi SiO
2
shlakdagi miqdori portlandsementga nisbatan ko‘proq, ular sovutilganda
kristallanmaydi va shisha ko‘rinishida qotib qoladi.
Fe
2
O
3
– shlakda kam bo‘ladi va gidravlik xossasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. MnO
ning miqdori 2 – 4% dan oshishi mumkin emas, chunki u shlakni (faolligini)
pasaytiradi.
171
Oddiy sharoitlarda suv bilan birikishida deyarli domna shlaklari faolligini
ko‘rsatmaydilar va qotmaydilar. Ammo tadqiqotlar shuni qo‘rsatdki shlaklardagi
kristal yoki shishasimon fazalaridagi moddalarga mexaniq, kimyoviy va issiqlik
omillar ta’sir ettirsa ular suv bilan ta’sirlashadi va gidravlik qotishga qobiliyati
oshadi. Natijada yangi, suvda eriymadigan moddalar hosil qilinadi. Xususan, gelenit -
2aO, Al
2
O
3
, SiO
2 –
oddiiy haroratda inert bo‘lib Sa(ON) ta’sirida suv bilan oddiy
sharoitlarda qotuvchi mahsulotlar hosil qiladi.
Okermanit - 2CaO, MgO, 2SiO
2
oddiy sharoitda va neytral muhitda
gidratatsiyaga qodir emas, ammo Sa(ON)
2
ta’sirida u S–S–N(II) hosil qilib
gidratlanadi.
Odatda, ishqoriy faollashtiruvchilar sifatida ohak va portlandsement qo‘llashadi,
ular suv bilan ta’sirlashuvida Sa(ON)
2
ni ajratadi.
Sulfat faollashtiruvchilar sifatida – gips yoki angidrid qo‘llanadi.
Asosiy domna shlaklari 44 – 48% SaO, 35 – 38% SiO
2
5 – 10% Al
2
O
3
lardan
iborat. Bo‘lar 5 – 10% ohak yoki portlandsement ta’sirida ishqorli faollashishga duch
keladilar va past asosli gidrosilikatlar hosil qilishga olib keladi. Har xil tarkibli shlakli
shishalarni gidravlik faolligi issiqlik ishlovida keskin oshadi.
Granullangan elektrotermofosfor shlaklari fosfatli mineral xom ashyolar –
fosforitlar va apatitlarni – oddiy fosfor ajratib olish uchun ularga elektrotermik ishlov
berishda hosil bo‘ladigan qo‘shimcha mahsulotlardir. 1t fosfordan – 10 – 12t shlaklar
hosil bo‘ladi va ular quyidagilardan iborat SaO – MgO yig‘indisi 80 – 85%.
Elektrotermofosfor shlaklar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu
shlaklarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
SiO
2
– 38% dan kam emas
SaO Q MgO – 43% dan kam emas
R
2
05 – 2,5% dan ko‘i emas
Ular kukunsimon toshko‘mirni 1500 – 1700
0
S da yoqishda hosil bo‘ladi.
Ularning mineralli qismini o‘txonadan erigan shlak ko‘rinishida chiqarib olinadi va
suvda granullanadi. Ular asosan shaffof kislotali ferroalyuminosilikat shishadan
172
iborat bo‘ladi. Tarkibida 85 – 92% gacha SiO
2
, Al
2
O
3
, F
2
O mavjud. Bo‘lar bir xil
kimyoviy va fazoviy tarkibga egadir. Yonilg‘i granullargan shlaklardan tayyorlangan
bog‘lovchilar avtoklavdi qotishda gidrogranat, murakkab tarkibli birikmalar hosil
qilib qotadi.
Bog‘lovchi moddalar uchun mo‘ljalangan shlaklar keskin suv; bug‘, havo bilan
sovutilsa ularni faolligi oshadi.
Zamonaviy metallurgiya zavodlarida granullashni ikkita usulini qo‘llashadi –
xo‘l va quruq. Xo‘l usulda qaynoq suyuq shlaklar suvli basseynga quyiladi.
Basseynlar domna pechlarning yonida joylashgan bo‘lib, ularning sig‘imi 450 –
800m
3
va to‘rt burchakli beton rezervuar ko‘rinishda bo‘ladi va xo‘l granullashda 1t
shlakni sovutishga 2 – 2,5m
3
suv sarflanadi. Ammo bu usulni kamchiliklari bor:
olingan shlaklar yuqori namlikka 20 – 30% ega bo‘ladilar, quruq usulda granullash
barabanli, eng ko‘p qo‘llaniladigan suv bilan zarb beruvchi asboblarda o‘tqaziladi.
Bu holda suv sarfi 1 tonna shlaka 2-2,5 m
3
sarflanadi, granullangan shlakning namligi
4-7% tashkil qiladi. Granullargan shlaklar bilan aralashtirilgan shlakli bog‘lovchi
moddalar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda ko‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |