Hajmiy – blokli (hajmiy blokli, karkas-hajmiy-blokli, hajmiy blok-devorli) tizimlardan asosiy hollarda 20 qavatgacha bo’lgan turar-joy binolarini loyihalash ishlarida foydalaniladi. Hajmiy-blokli tizimlardan foydalanishda yuqori darajadagi tayyor va yig’uvchanlikka ega bo’lgan konstruksiyalardan foydalanish mehnat sarfini kamaytirishga olib keladi.
Stvolli (stvolli, karkas stvolli, stvol devorli) tizimlarni qo’llash orqali binolarning hajmiy-rejali yechimlarini amalga oshirishning erkin rejalashtirish imkoniyatlariga erishish mumkin.
Qobiqli (qobiqli, karkas qobiqli, qobiq diafragmali) tizim loyihalashda o’ta yuqori (40 va undan ortiq) qavatlarga ega bo’lgan unikal binolar uchun xos sanaladi. Qobiqli tizimlarni qo’llash orqali binolarni loyihalashda yuqori bikrlikka erishish mumkin.
Fuqaro binolarini loyihalashda asosiy etiborga olinuvchi konstruktiv tizimlarning yuk ko’taruv konstruksiyalari uchun qo’llaniluvchi maxsulot turlaridan kelib chiqib har bir tizim ichida qo’shimcha konstruktiv sxemalar qabul qilingan.
Ularning asosiy ko’rsatkichlari bo’lib tik yo’nalishdagi yuk ko’taruv konstrukiyalarining bino rejasida joylashuvi va ular orasidagi qabul qilingan masofalar, yani geometrik belgilar xizmat qiladi.
Karkassiz konstruktiv tizimga ega bo’lgan binolarni loyihalashda yuk ko’taruv devorlarini joylashtirishning quyidagi konstruktiv sxemalari mavjud:
bo’ylama devorli.
ko’ndalang devorli;
kesishgan devorli;
Karkasli konstruktiv tizimga ega bo’lgan binolarni loyihalashda quyidagi konstruktiv sxemalardan foydalaniladi:
Hajmiy-blokli konstruktiv tizimga ega bo’lgan binolarni loyihalashda quyidagi konstruktiv sxemalardan foydalaniladi:
hajmiy-blokli;
hajmiy blok-panelli;
hajmiy blok-karkasli;
Qurilish tizimi – bu binoning tik yo’nalishda ishlovchi yuk ko’taruv va o’rab turuvchi konstruksiyalarining, tanlab olingan konstruktiv tizim hamda qo’llaniladigan material va barpo etish texnologiyalari bilan qabul qilingan birgalikdagi konstruktiv yechimining uyg’unlashgan tavsifidir.
Qurilish tizimlarini tuzishda asosiy tasniflovchi belgi sifatida loyihalanadigan bino yuk ko’taruv konstruksiyalarining maxsulotlari xizmat qiladi.
Hozirgi kunda binolarning yuk ko’taruv konstruksiyalari uchun asosan to’rt turdagi qurilish maxsulotlaridan foydalaniladi: g’isht-tosh, beton, yog’och maxsulotlari (plastmassa maxsulotlari bilan birga yoki ularsiz) va metall. Binolarni barpo etishning ikki turi mavjud: ananaviy va industrial (to’liq-yig’ma, yaxlit, yig’ma-yaxlit). M: binolarni g’isht-tosh konstrukiyalardan barpo etish ananaviy, temir beton maxsulotlardan to’liq-yig’ma tarzda barpo etish industrial tur hisoblanadi.
Binolar qurilishini iloji boricha bir xildagi qurilish tizimida loyihalash samarali usul hisoblanadi va ular binoning asosiy qurilish tizimi (AQT) sanaladi.