Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar



Download 26,52 Mb.
bet25/114
Sana30.04.2022
Hajmi26,52 Mb.
#595476
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
Sanoat uskuna majmua 2021y

Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar



  1. Tekis elaklarning asosiy parametrlari aniqlanish formulalari.

  2. Tekis elaklarning elash foydaligi formulasi qanday aniqlanadi?

  3. Tekis elaklarning ekssentrik valining burchak tezligi.

  4. Tekis elaklarning elektr dvigatel quvvatini aniqlash.

12,14-MA’RUZA:
Mavzu: Havoli separatsiya uchun mashinalar. Tozalagichlar, filtrlar.

Havoli separatsiya saralanayotgan materiallar zarralarini zichligi yoki o‘lchamlari bo‘yicha ajratish uchun mo‘ljallangan. Havoli separatorlarda zarralar markazdan qochma kuchlar, og‘irlik kuchlari havo oqimining bosim kuchi ta'sirida bo‘linadi.


Havoli saralash zarralar o‘lchamlari 80-100 mkm bo‘lganlarini ajratish uchun mo‘ljallangan. Bu “separatorlar” deb nomlangan asboblar orqali amalga oshiriladi.
2. Havoli separatorlarning konstruksiyalari.
Separatorlar ishlash prinsipi bo‘yicha o‘tuvchi va aylanuvchilarga bo‘linadi. O‘tuvchan separatorlarga material (aerirovanniy) chang havoli ko‘rinishida beriladi.
Aylanuvchida esa boshlang‘ich material oziqlantirgich orqali beriladi. Aylanuvchi separatorlarda havo oqimini hosil qilish uchun ventilyatorlar o‘rnatiladi.
Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda ko‘p texnologik jarayonlarda changni ajratilishi kuzatiladi. Chang manbai ko‘proq transport qurilmalari, sement omborlari va aralashtirgich, kukunlash qurilmalari va boshqa shunga o‘xshashlardir.
Ishlab chiqarish binolarida changsiz havoli bo‘shliqni hosil qilish uchun texnologik jarayonni o‘zgartirish va har xil chang yutuvchi qurilmalarni o‘rnatish (siklonlar, elektrofiltrlar, yengli tozalagichlar) bilan amalga oshiriladi. Siklonlar havoni yirik zarralardan tozalash uchun mo‘ljallangan. Unda ushlangan chang ko‘rinishdagi materiallar yoki texnologik agregatlarga yuboriladi yoki tashqariga chiqariladi. Siklonlar keltirilgan gaz yoki changlangan havo 3-kirish qismiga tangensial holda kiradi va spiral chizig‘i bo‘ylab pastga yo‘naladi. Markazdan qochma kuchlar ta'sirida chang zarrachalari, qobiqning silindrik qismi ichki devorlariga uloqtiriladi va ular sirpanib konussimon qismiga tushadilar. Keyin cho‘kib qolgan chang 6-eshik va chiqish qismi orqali siklondan chiqib ketadi. Tozalangan gaz spiral yo‘nalishi bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi va 2-chiqish qismi orqali ketma-ket o‘rnatilgan filtrlarga yoki atmosferaga chiqib ketadi. Bir necha siklonlarni parallel va gruppa qilib birlashtirilsa, zarur bo‘lgan tozalash darajasini va ish unumdorligini ta'minlash mumkin. Bunday qurilmalar batareyali siklonlar deyiladi.

Issiq va agressiv gazlarni tozalash uchun suvli plyonkali (skrubberlar) siklonlar ishlatiladi.
Chang va suv quyqa hosil qilib, qobiqning konus qismiga oqib o‘tadi va 5-eshik orqali siklondan chiqib ketadi. Tozalangan gaz 1-silindrni yuqorigi ochiq qismi orqali atmosferaga chiqib ketadi. Gazlarning tezligi: siklonga kirayotganda 17-23 m/s, siklon ichida 6 m/s atrofida bo‘ladi. Siklonning diametri D=0,6 - 1,5 m ; balandligi N=5D. Suv sarfi 1 m3. Tozalangan gaz uchun (0,07-0,13) 10-3 m3 ni tashkil qiladi. Tozalash darajasi esa 80 – 90 % ga teng.
Elektrofiltrlarda yuqori energiya yordamida gazlar ionlashganda zarrachalar cho‘kadi. Elektrofiltrlar trubkali va plastinkalilarga bo‘linadi. Plastinkasimon elektrofiltrlarda gaz oqimining elektr maydonidan o‘tishiga qarab gorizontal va vertikallarga bo‘linadi. Tozalanayotgan gazdagi chang zarrachalari zaryadlanish va urishish ta'sirida trubaning ichki yuzasida harakatlanib uning devorlariga o‘tiradi.
Elektrodga o‘tirgan chang vaqti-vaqti bilan tozalanib 1-bunkerga tushiriladi, keyin chiqib ketadi. Tozalangan gaz 4-chiqish yo‘li orqali atmosferaga chiqadi. Trubasimon elektrofiltrlarda elektrodning diametri 200-300 mm, uzunligi esa 3-5 m ga teng.
Elektrofiltrlarda zarur bo‘lgan ish unumdorligini ta'minlash uchun uni alohida elementlarni parallel seksiyalarga yig‘iladi, tozalash darajasini oshirish uchun esa alohida seksiyalarni ketma-ket qilib quyiladi.

Plastinkasimon elektrofiltrlarda elektrod sifatida bir-biridan 250-300 mm masofada plastinalar qo‘llaniladi. Plastinalar orasiga simlardan tashkil topgan yuqori zaryad beruvchi elektrodlar o‘rnatiladi.


yengli filtrlar havoni va gazlarni tozalashni gazmol orqali filtratsiya qilish yo‘li bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan. Ular dumaloq yoki yoysimon kesim yuzasiga ega bo‘ladi.
Tozalanayotgan gaz 7-truba tarmoqlaridan qobiqning pastki qismiga beriladi o‘zini yo‘nalishini o‘zgartirib yuqoriga ko‘tariladi. Keyin esa gazmoldan surilib o‘tadi va 3-truba tarmoqlari orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Gazmol yuzasida gaz bilan kirib kelgan yangi zarralar ushlanib qoladi.
Bu vaqtda filtr qarshiligi keskin oshadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan yeng qismini silkitib va havo bilan tozalab turiladi. Filtrlash materiali sifatida ipgazlamani, yungli gazlamani, sun'iy va shisha gazmollar ishlatish mumkin.
Ipgazlamali filtrlar temperaturasi 650C gacha bo‘lgan gazlarni va havoni tozalashda ishlatiladi, yungli gazmollar esa 800C da, sun'iylari esa - neyloni 900C gacha, orlonni 1200C gacha, dakronni esa 1350C gacha bo‘lganda ishlatiladi. Temperaturasi 3500C gacha bo‘lgan gazlarni tozalashda shisha gazmolli filtrlar qo‘llaniladi.



Download 26,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish