Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
1.Barabanning maydalovchi jism bilan to‘lganlik koeffitsienti qanday aniqlanadi?
2. Barabanning burchak tezligi qanday aniqlanadi?
3.Sharli tegirmonning ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
4. Sharli tegirmonning uzatma quvvati qanday aniqlanadi?
Tegirmon barabanining aylanish tezligiga qarab asosan ikki xil rejimda ishlaydi: 1) kaskad rejimi (baraban sekinroq aylanadi) va 2) sharshara rejimi (baraban juda tez aylanadi). Kaskad rejimida zoldirlar maydalanayotgan material bilan birgalikda salgina tepaga ko‘tarilib, yotiq o‘qqa nisbatan qiya joylashadi. Sharshara rejimida zoldirlarning tashqi qatori markazdan qochma kuch ta'sirida yuqori ko‘tarilib, barabanning devorchasiga siqiladi va muayyan balandlikdan material ustiga shar-sharadek, zarb bilan qulab tushib, uni yanchadi, maydalaydi. Tegirmon shu tartibda
ishlaganda zoldirlarning harakat yo‘li (traektoriyasi) qandaydir qatlamda ikki qismga bo‘linadi (5-rasm).
Zoldir qulab tushish nuqtasi V dan uzilish nuqtasi A ga ko‘tarilayotganda — doiraviy yo‘ldan, A nuqtadan V nuqtaga qulab tushganida esa AV chiziq bo‘yicha harakatlanadi. Zoldirning doiraviy yo‘ldagi vaziyati tegirmon baraba-nining zoldir markazidan o‘tadigan radiusi hamda barabanning tik diametri hosil qiladigan burchak bilan belgilanadi. Zoldirga har qanday nuqtada og‘irlik kuchi J bilan markazdan qochirma kuch r ta'sir ko‘rsatib turadi:
P=
, bu yerda v — zoldirning chiziq tezligi. Og‘irlik kuchini tuzuvchilarga ajratish mumkin: radial tuzuvchi kuch N= І cos a va tangensial tuzuvchi kuch T= І sin a.
Barabanning aylanishi burchak tezligi o‘zgarishsiz qolganda tangensial kuch T tegirmon o‘qidan uning chetigacha bo‘lgan yo‘lini va qiymati (kattaligi)ni ilgarigi holicha saqlab qoladi. Radial kuchning kattaligi va yo‘nalishi esa o‘zgaradi va zoldirning doiraviy yo‘lidagi vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi. Barabanning ichki yuzasi bilan zoldirlarning unga tegib turgan sirtqi qatlami orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchlari zoldirlarni doiraviy yo‘ldan harakatlanishga majbur etadi. Ishqalanish kuchining kat-taligi ishqalanish koeffitsienti bilan kuchlar bosimiga bog‘liq bo‘ladi.
T kuch zoldirlarni barabanning aylanish tomoniga qarshi yo‘naltirilmoqchi bo‘ladi. Zoldirlar barabanning ichki yuzasi bo‘yicha sirpanmasligi uchun ishqalanish kuchlari momenti tangensial kuchlar momentiga tenglashmog‘i lozim.
Radial kuchlar N va R bir tomonga ta'sir ko‘rsatadigan quyi kvadrantlarda zoldirlar barabanning ichki yuzasini katta kuch bilan bosadi. Eng katta ishqalanish kuchi ayni shu yerda vujudga kelib, zoldirlarning aylanib harakatlanishini ta'minlaydigan bamisoli "tamba" hosil qiladi. N kuch yuqorigi kvadrantda qarama-qarshi tomonga ta'sir ko‘rsatadi, buning natijasida R kuchning bosimi, binobarin, ishqalanish kuchi kamayadi.
Zoldir doiraviy yo‘ldan harakatlanganda A nuktada N kuch markazdan qochma kuch Rga tenglashadi. Zoldirlarning shu qatlamidagi navbatdagi qatori
qarshilik ko‘rsatishi oqibatida tangensial kuch T so‘nadi va zoldirlar ta'sir kuchidan xalos bo‘ladi. Tezlik v zoldir markazining R radiusli doiraviy yo‘ldan aylanma harakatlanish tezligiga teng; zoldir shunday tezlikka erishgach, nuqta A dan boshlab (ufqqa nisbatan muayyan qiyalikda v tezlikda irg‘itilgan jism kabi) o‘z og‘irligi ta'sirida parabolik yo‘ldan harakatlanadi
(sirpanmaydi, deb faraz qilinadi):
Bu tenglama zoldirning tegirmonda harakatlanishining asosiy tenglamasi deb ataladi. Barabanning aylana tezligini yanada oshirish zoldirlarning og‘irlik
kuchini oshiradigan markazdan qochirma kuchlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu holda zoldirlar barabanning zirh qoplamasiga qapishib olib, tegirmon bilan birga siljiydi, natijada materialning maydalanishi to‘xtaydi. Tegirmon barabanning bir minutdagi aylanishlar soni muayyan mikdorga yetganda zoldirlar barabanning zirh qoplamasidan uzilmay qoladi, barabanning ana shu aylanish tezligi kritik aylanishlar soni deb ataladi: cos a = 1, chunki a = 0.
Shunday tezlikda aylanayotgan baraban ichidagi zoldirlarning harakatini
ifodalaydigan tenglama: n2
Do'stlaringiz bilan baham: |