Oziqlantirgichlarning konstruksiyasi. Lentasimon oziqlantirgichlar soluvchan, plastik va mayda bo‘lakli materiallarni bir xilda uzatib berish uchun mo‘ljallangan.
Oziqlantirgichning bunkeri payvandlangan. Bunkerning pastki qismida 4-to‘siq bor, u vintli uzatgich orqali 3-boshqaruvchi val bilan holati boshqariladi. Oldi qismidagi 6-to‘siq, 7-boshqaruvchi bilan boshqariladi. Lentali konveyerni ishlash vaqtida miqdorlanayotgan material lenta bilan harakatlanadi. To‘siq yordamida bunkerning chiquvchi joyini boshqariladi. Demak oziqlantirgichning ish unumdorligi ham boshqariladi.
Plastinasimon oziqlantirgichlar jag‘li, konusli, maydalagichlarni oziqlantirish uchun material bo‘laklarini uzatish uchun va yirik hajmda miqdorlash uchun ishlatiladi. Oziqlantirgich quyidagilardan tuzilgan: 1-plastinasimon konveyer va 2-korpusdan. Lentasimon konveyer alohida plastinalardan tuzilgan bo‘lib, uning oxirlari 3-zanjir zvenolariga mahkamlangan.
Plastinalar bir-birlarini berkitib turadi. Shuning uchun miqdorlanayotgan material sochilib ketmaydi. Zanjirlarni 9-tortuvchi va 5-uzatuvchi vallarga mahkamlangan yulduzchalar ushlab turadi. Oziqlantirgichning qobig‘i to‘g‘ri to‘rt burchak ko‘rinishida quticha shaklida bo‘ladi. Unda qutichani uchga, ikkitaga bo‘lish uchun bir ikkita 6-to‘siqlar o‘rnatilgan. Qutichaning oldi qismiga 4-uruvchi val o‘rnatilgan, u tuproq qumloqlarni maydalash uchun mo‘ljallangan.
Vintli oziqlantirgichlar kukunsimon materiallarni bir xilda uzatish uchun mo‘ljallangan. Vintli oziqlantirgich quyidagilardan tuzilgan.
Germetik 4-qobiqdan va 3-valdagi 2-vintli parraklardan iborat. Material oziqlantirgichga 5-varonka orqali yuklanadi va 8-varonka orqali tushiriladi. Oziqlantirgichni tekshirib turish uchun qobiqda teshiklar qilingan. Oziqlantirgich valiga 7-shkiv tasmali uzatgich yoki reduktor orqali elektrodvigateldan aylanma harakat uzatiladi.
Barabanli oziqlantirgichlar kukunsimon yoki mayda bo‘lakli materiallarni bir xil me'yorda uzatib berish uchun qo‘llaniladi. Oziqlantirgich qobiqdagi 2-barabandan iborat. Baraban 6-valdan yon tomondagi devorlardan va 4-radial poydevorli 5-vtulkadan iborat. Baraban silindrik yuzaga ega emas. Material oziqlantirgichga 1-yo‘lak orqali tushadi. Ariqli oziqlantirgichlar mayda bo‘lakli materiallarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Oziqlantirgich: 1-ramadan, 2-ariqcha yurituvchidan iborat. Ariqcha 3-roliklarga mahkamlangan payvandlangan idishsimon konstruksiyani hosil qiladi.
Roliklar qobiqchaga mahkamlangan. Oziqlantirgich 6-elektrodvigateldan, 5-reduktordan va 4-ikkita egri tirsakli val shatunli mexanizmdan tashkil topgan. Egri tirsakli valning oxirlari ariqchaga mahkamlangan. Yurituvchi mexanizmdan ariqchalar ilgarilanma va qaytma harakatga keladi.
Tarelkasimon oziqlantirgichlar kukunsimon va mayda bo‘lakli materiallarni bir xilda uzatish uchun mo‘ljallangan. Oziqlantirgich 1-tarelkadan, 3-vertikal valdan, 6-bunker va 5-trubalardan iborat. Val 4-tasmali uzatma va 2-chervyakli reduktorlar orqali elektrodvigatelda aylanma harakat oladi. Oziqlantirgich ishlayotgan vaqtda material 6-bunkerdan 5-truba orqali konussimon holda 1-tarelkaga sochiladi. Tarelka aylanganda material 13-to‘siq orqali 7-teshikka tushadi. Tarelkasimon oziqlantirgichni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin.
Qoshiqsimon oziqlantirgichlar 1-aravachadan va uzun 3-bunker (qoshiqcha) dan iborat. Arava qo‘zg‘aluvchan arava bo‘lib 4 ta g‘ildirakli, ularning 2 tasi tortuvchidir. Aravachaga 2-idish o‘rnatilgan, uning ichida aravani harakatlantiruvchi 4-uyg‘otuvchi-tebratgichlar, 8-taqsimlovchi tebratgichlar va gidro uzatmalar joylashtirilgan. Qoshiq almashinuvchi uchlarga ega. Ularning hajmi yasalayotgan truba o‘lchamlariga qarab o‘rnatiladi.
Beton qorishmasi o‘zi yurar bunkerdan qoshiqchaga to‘ldiriladi. Keyin beton qorishmasi yuklangan qoshiqsimon arava o‘ng tomonga yuradi va aylanma harakat beruvchi mashinaga o‘rnatilgan shaklga keltiriladi. Qoshiqning oxiri 5-tayanchga mahkamlanadi. Keyin 7-gidrotsilindr 6-to‘siqni ochadi, bir vaqtning o‘zida 4, 8-tebratgichlar ishga tushadi. Qoshiqchadan beton qorishmasini tushirilgandan keyin 6-to‘siq yopiladi, tebratgich o‘chadi. Taqsimlovchi tebratgich 9-gidrotsilindr yordamida yotqizilgan beton qorishmasidan chetga olinadi. Keyin arava chapga olinadi va truba shakllandi. Ish jarayoni shunday takrorlanadi. Bunday oziqlantirgichlarni diametri 0,4-0,9 m. bo‘lgan trubalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.