Erkin tushishda aralashtiruvchi qorishtirgichlar
Materiallarni erkin tushishda davriy ishlaydigan beton qorishtirgich. Qorishtirgichni ishlash vaqtida qorishma elementlari miqdolagichdan aylanayotgan barabanga yuklanadi. Material parraklar yordamida 48 gradus burchakka ko‘tariladi va bunda aralashgan holda pastga sochiladi. Barabanni yuklanish vaqti 10-15 s. Aralashish vaqti beton qorishmasining qattiqligiga bog‘liq va u 60 dan 150 s. gacha bo‘lgan chegarada bo‘ladi.
Aralashtirish tugagandan keyin yuklanish teshigi pnevmotsilindr bilan qorishtiruvchi barabandan chetga olinadi. Pnevmotsilindr aylanayotgan barabanni egadi va beton qorishmasi og‘irlik kuchlari ta'sirida transportirovka qurilmalariga yuklanadi. Beton qorishmasini barabandan yuklanish vaqti 10-15 s. ni tashkil etadi. Beton qorishtirgichni ishlab chiqarish samaradorligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi (m3/s).
Q=Vk
Bu yerda, V – tayyor aralashma hajmi, m3
k – tayyor aralashmalar soni.
Qorishtiruvchi barabanni burchak tezligi quyidagi tenglama bilan topiladi (rad/s.).
1,88
ω=--------
√R
Bu yerda, R – qorishtiruvchi barabanni ichki maksimal radiusi, m
Aylanayotgan barabandagi elektrodvigatelning quvvati quyidagi tenglama bilan aniqlanadi (Vt):
N1+ N2+ N3
N=--------------------
η
Bu yerda, N1 – beton qorishmasini ko‘tarishga sarflagan quvati, Vt
N2 – tayanch roliklarda ishqalanishni yengish uchun sarflangan quvat, Vt
N3 – belbog‘ni roliklarda ishqalanish uchun sarflangan quvvat, Vt
η - uzatmaning F. I. K. η = 0.80-0.85
Materiallarni majburan aralashtiruvchi qorishtirgichlar
Rotorli qorishtirgich 330 l. hajmdagi tayyor aralashmali beton qorishmasi elementlarini qorishtiradi.
Qorishtirgich qo‘zg‘almas 3-qobiqdan, 5-rama va 1-rotorga o‘rnatilgan aralashtiruvchi mexanizmdan iborat. Materiallar aylanma ishchi kamerada qorishtiriladi. Qorishtiruvchi mexanizm 5 ta parrakadan iborat, ular 6-ushlagich yordamida rotorga mahkamlangan. Parraklar aylanish o‘qidan har xil masofada joylashgan, shuning uchun ham ular aylanma kameraning butun yuzasini berkitib turadi. Kameraga material 7-tushirish yo‘lagi orqali yuklanadi. Tayyor qorishmani ishchi kameradan tubida joylashgan sektorli teshik orqali tushiriladi. Teshik to‘siq bilan berkitiladi. U 17-richaglar va o‘qlar sistemasi orqali 18-pnevmotsilindr bilan boshqariladi. Ishchi kameraning ichki yuzasi yuqori mustahkamlikka ega po‘lat listlar bilan qoplangan.
Qorishtirgich qobig‘i bir-biriga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan uchta 2-ustunlarga mahkamlangan. Prujinali amartizatorlar, parrakalarni, ushlagichlarni va boshqa mexanizmlarni ishchi kameraga materiallarning yirik bo‘laklari tushganda sinishidan saqlovchi qurilmadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |