KO‘PIK BETON TARKIBINI TANLASH NAMUNASI
Vazifa
.
O‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
, mustahkamligi 1,5 MPa bo‘lgan aralash bog‘lovchili
(sement+ohak) ko‘pik kullibeton tarkibini tanlash.
Dastlabki materiallar:
Ko‘pik hosil qiluvchi. Ko‘pik hosil qiluvchini tayyorlash.
1.
Kley kanifol ko‘pik hosil qilgich quyidagicha tayyorlanadi.
Massasi bo‘yicha 1:1 nisbatda 24 soat davomida namlangan elim (50 g) 1,5-2 soat davomida 40-
45°S haroratda butunlay eriguncha isitiladi. Kanifol sovuni tayyorlash uchun 0,15 dm
3
qaynab turgan
natriy ishqoriga (1 dm
3
suvga 166 g natriy ishqori qo‘shiladi) to‘xtovsiz aralashtirib turib, donalari
o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lgan 250 g maydalangan kanifol qo‘shiladi. Bu aralashma 1,5-2 soat
davomida bir xil rangdagi bo‘tqa hosil qiluvchi kanifol eriguncha qaynatiladi. Keyin 1:0,7 nisbatda
elimli qorishmani oz-ozdan kanifol sovuniga quyib yaxshilab aralashtiriladi. Ishlatishdan oldin to‘yingan
ko‘pik hosil qiluvchini ishlatishdan avval hajm bo‘yicha 1:5 nisbatda suv suyultiriladi
.
2.
Bog‘lovchi.
Aralash bog‘lovchidagi ohak miqdorini massa bo‘yicha 25% ga teng deb olinadi.
Hisoblash tartibi.
1.
Kul va bog‘lovchi S ning nisbati 1-jadval bo‘yicha olinadi: 0,5; 0,75; 1,0; 1,25 i 1,5.
2.
Har bir S uchun Suttarda viskozimetrida S/Q nisbati aniqlanadi. Kerakli nisbatda 400 g
kul, sementa va ohak aralashmasi tayyorlanadi. Masalan, S=1,25 bo‘lsa, aralashmada 133,5 g sement,
44,5 g ohak, 233 g kul bo‘ladi. Aralashma 180 g (S/Q=0,45) miqdorida suv bilan qotiriladi.
Qorishma yoyilishini 19 sm deb olsak, ya’ni 2-jadval bo‘yicha keragidan kam. U holda dastlabki
suv miqdorini 3-5% ga oshirib borib, qorishmaning kerakli yoyiluvchanligiga erishish mumkin.
Quruq aralashmani 240 g suvda qotirganda qorishma yoyilishi 30 sm bo‘lsa, u holda S/Q
nisbatining dastlabki qiymati 0,6 ga teng bo‘ladi.
3.
Materiallar sarfi (1)-(4) formulalar yordamida 2 dm
3
(7x7x7 sm o‘lchamli uchta
namunaga etadigan hisoblangan) qorishga hisoblanadi.
Dastlabki S/Q nisbati uchun suv miqdori va undan ±0,002 va ±0,04 ga farq qiluvchilar uchun
hisoblanadi.
Masalan, S=1,25 bo‘lganda materiallar sarfi quyidagicha, kg:
Bog‘lovchi
Ohak R
o
=0,4·0,25=0,1
Sement R
s
=0,4-0,1=0,3
Kul R
k
=0,4·1,25=0,5
Suv sarfi, dm
3
s=(0,4+0,5) 0,6 (0,56; 0,58; 0,62; 0,64)=0,54 (0,5; 0,52; 0,56; 0,58).
4.
Ko‘pikning kerakli miqdori (5)-(7) formulalar yordamida beshta qorish uchun hisoblanadi
S/Q nisbati=0,56; 0,58; 0,6; 0,62; 0,64.
Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, ko‘pik sarfi quyidagicha:
Hajm, dm
3
:
;
Massa, g: K
m
=1,26·50=63.
5.
3-qismda hisoblangan materiallar bo‘yicha har biri 2 dm
3
bo‘lgan 5 ta qorishma
tayyorlanib ko‘pik bilan aralashtiriladi.
6.
Har bir qorish uchun qorishma zichligi (ρ
q
, kg/dm
3
) va ko‘pik aralashma zichligi (ρ
s
,
kg/dm
3
) aniqlanadi va nazariy g‘ovakligi (9) formula yordamida hisoblanadi.
Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, nazariy g‘ovaklik
.
Eng katta g‘ovaklik bo‘lgan va cho‘kmagan li tarkib optimal deb qabul qilinadi.
7.
Optimal S ni aniqlash uchun S=0,5; 0,75; 1,0; 1,25; 0,55 ta qorishma tayyorlanadi. S/Q
nisbati har bir qorish uchun avval optimal deb olingan S uchun qabul qilinadi.
-
137 -
8.
Har bir qorishdan berilgan tartib bo‘yicha issiqlik ishlovi berilgan 3 tadan namuna
tayyorlanadi.
9.
Bug‘lash va massasi o‘zgarmaguncha quritilgandan so‘ng namunalar siqilishga sinaladi.
Berilgan zichlikda ko‘pik bo‘tqaning cho‘kmagan va eng maksimal mustahkamlikka ega tarkib optimal
hisoblanadi.
Agar s=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lgan tarkib optimal bo‘lsa. U holda materiallar sarfi 1 m
3
ko‘pik beton uchun (1)-(4)
formula yordamida hisoblanadi: sement – 200 kg, ohak – 50 kg, kul – 250 kg, suv – 270 dm
3
Do'stlaringiz bilan baham: |