10- LOBORATORIYA ISHI
POLIMER MATERIALLAR VA BUYUMLAR. LINOLEUMNING O’RTACHA ZICHLIGI VA
SUV SHIMUVCHANLIGINI ANIQLASH.
Vazifa.
Polimer qurilish materiali linoleumning fizik-mexanik xossalarini aniqlash va DST bilan
taqqoslash.
Umumiy tushuncha.
Linoleum - bir yoki ikki qatlamli o‘rama material. Ustki qatlam
plastmassadan, ostkisi dag‘al gazlama, mahsus qatron va boshqa materiallardan ishlangan bo‘ladi.
Sanoatimizda gliftal polixlorivinil, koloksilin va rezina linoleumlar ishlab chiqarilmoqda. Gliftal linoleum
o‘ramasining uzunligi 20 m, eni 1,8-2,0 m, qalinligi 2,5-3,0 mm. Koloksilin linoleum o‘ramining uzunligi
20 m gacha, eni 0,88 dan 1,2 m gacha. Polixlorvinil linoleum o‘ramining uzunligi 12-15 m, eni 1,6 m,
qalinligi 2-2,5 mm rangi jigarrang, sariq, yashil, to‘q qizil va boshqa ranglarda bo‘ladi. Materialning
pishiq va puxtaligi, har xil kimyoviy moddalar ta’siriga bardosh berishi, shuningdek bejirim ko‘rinishi
undan laboratoriyalar, sanoat va jamoat binolari pollarini to‘shashda, shuningdek avtomatika, samolyot,
poezd vagonlarida keng foydalaniladi. Ushbu linoleumning o‘rtacha zichligi va suv shimuvchanlik
darajasini tajriba mashg‘ulotlarida aniqlab ko‘ramiz.
Linoleumning o‘rtacha zichligini aniqlash
Asbob va uskunalar.
Tarozi, shtangensirkul, linoleum namunasi.
Ishlash tartibi:
Linoleumning o‘rtacha zichligini aniqlash uchun linoleum namunalar
paralellepiped shaklida kesib olinadi. Namunalar
shtangensirkul
yordamida
o‘lchanib,
hajmi
hisoblanadi, so‘ngra namuna texnik tarozida tortiladi.
To‘g‘ri geometrik shakldagi namunaning har tomoni
1-
rasmda ko‘rsatilganidek, uch joyidan eni va
balandligi bo‘yicha o‘lchanadi, (a
1
, a
2
, a
3
, v
1
, v
2
, v
3
,
h
1
,
h
2
, h
3
) va har yoqning o‘rtacha arifmetik qiymati eng
so‘nggi natija sifatida qabul qilinadi. Tomonlarining o‘lchami 100 mm dan oshmaydigan har xil
shakldagi namunalar 0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi, tomonlarning o‘lchamlari 100 mm va undan
katta bo‘lgan namunalar esa 1,0 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi lozim. Massasi 500 g dan engil
namunalar 0,0 1g gacha aniqlikda, massasi 500 g va undan og‘irroq namunalar esa 1,0 g gacha
aniqlikda tortilishi kerak. Namunaning hajmi va massasi ma’lum bo‘lgach, berilgan folmula yordamida
uning o‘rtacha zichligi hisoblab topiladi. Olingan natijalar 1-formulaga qo‘yib linoleumning o‘rtacha
zichligi topiladi.
№
O‘lchamlari, sm
Linoleumning
xajmi, sm
3
Linoleumning
massasi, g
Linoleumning o‘rtacha
zichligi, g/sm
3
uzunligi
eni
balandligi
Do'stlaringiz bilan baham: |