Qurilish materiallari va buyumlari


KO‘PIK BETON TARKIBINI TANLASH NAMUNASI



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/51
Sana06.05.2023
Hajmi1,7 Mb.
#935739
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
KO‘PIK BETON TARKIBINI TANLASH NAMUNASI 
Vazifa

O‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
, mustahkamligi 1,5 MPa bo‘lgan aralash bog‘lovchili 
(sement+ohak) ko‘pik kullibeton tarkibini tanlash. 
Dastlabki materiallar: 
Ko‘pik hosil qiluvchi. Ko‘pik hosil qiluvchini tayyorlash. 
1.
 
Kley kanifol ko‘pik hosil qilgich quyidagicha tayyorlanadi. 
Massasi bo‘yicha 1:1 nisbatda 24 soat davomida namlangan elim (50 g) 1,5-2 soat davomida 40-
45°S haroratda butunlay eriguncha isitiladi. Kanifol sovuni tayyorlash uchun 0,15 dm
3
qaynab turgan 
natriy ishqoriga (1 dm
3
suvga 166 g natriy ishqori qo‘shiladi) to‘xtovsiz aralashtirib turib, donalari 
o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lgan 250 g maydalangan kanifol qo‘shiladi. Bu aralashma 1,5-2 soat 
davomida bir xil rangdagi bo‘tqa hosil qiluvchi kanifol eriguncha qaynatiladi. Keyin 1:0,7 nisbatda 
elimli qorishmani oz-ozdan kanifol sovuniga quyib yaxshilab aralashtiriladi. Ishlatishdan oldin to‘yingan 
ko‘pik hosil qiluvchini ishlatishdan avval hajm bo‘yicha 1:5 nisbatda suv suyultiriladi

2.
Bog‘lovchi. 
Aralash bog‘lovchidagi ohak miqdorini massa bo‘yicha 25% ga teng deb olinadi. 
Hisoblash tartibi. 
1.
 
Kul va bog‘lovchi S ning nisbati 1-jadval bo‘yicha olinadi: 0,5; 0,75; 1,0; 1,25 i 1,5. 
2.
 
Har bir S uchun Suttarda viskozimetrida S/Q nisbati aniqlanadi. Kerakli nisbatda 400 g 
kul, sementa va ohak aralashmasi tayyorlanadi. Masalan, S=1,25 bo‘lsa, aralashmada 133,5 g sement, 
44,5 g ohak, 233 g kul bo‘ladi. Aralashma 180 g (S/Q=0,45) miqdorida suv bilan qotiriladi. 
Qorishma yoyilishini 19 sm deb olsak, ya’ni 2-jadval bo‘yicha keragidan kam. U holda dastlabki 
suv miqdorini 3-5% ga oshirib borib, qorishmaning kerakli yoyiluvchanligiga erishish mumkin.
Quruq aralashmani 240 g suvda qotirganda qorishma yoyilishi 30 sm bo‘lsa, u holda S/Q 
nisbatining dastlabki qiymati 0,6 ga teng bo‘ladi. 
3.
 
Materiallar sarfi (1)-(4) formulalar yordamida 2 dm
3
(7x7x7 sm o‘lchamli uchta 
namunaga etadigan hisoblangan) qorishga hisoblanadi. 
Dastlabki S/Q nisbati uchun suv miqdori va undan ±0,002 va ±0,04 ga farq qiluvchilar uchun 
hisoblanadi. 
Masalan, S=1,25 bo‘lganda materiallar sarfi quyidagicha, kg: 
Bog‘lovchi 
 
Ohak R
o
=0,4·0,25=0,1 
Sement R
s
=0,4-0,1=0,3 
Kul R
k
=0,4·1,25=0,5 
Suv sarfi, dm
3
 s=(0,4+0,5) 0,6 (0,56; 0,58; 0,62; 0,64)=0,54 (0,5; 0,52; 0,56; 0,58). 
4.
 
Ko‘pikning kerakli miqdori (5)-(7) formulalar yordamida beshta qorish uchun hisoblanadi 
S/Q nisbati=0,56; 0,58; 0,6; 0,62; 0,64. 
Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, ko‘pik sarfi quyidagicha: 
Hajm, dm
3


Massa, g: K
m
=1,26·50=63. 
5.
 
3-qismda hisoblangan materiallar bo‘yicha har biri 2 dm
3
bo‘lgan 5 ta qorishma 
tayyorlanib ko‘pik bilan aralashtiriladi. 
6.
 
Har bir qorish uchun qorishma zichligi (ρ
q
, kg/dm
3
) va ko‘pik aralashma zichligi (ρ
s

kg/dm
3
) aniqlanadi va nazariy g‘ovakligi (9) formula yordamida hisoblanadi. 
Masalan, S=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lsa, nazariy g‘ovaklik 

Eng katta g‘ovaklik bo‘lgan va cho‘kmagan li tarkib optimal deb qabul qilinadi. 
7.
 
Optimal S ni aniqlash uchun S=0,5; 0,75; 1,0; 1,25; 0,55 ta qorishma tayyorlanadi. S/Q 
nisbati har bir qorish uchun avval optimal deb olingan S uchun qabul qilinadi. 


-
137 -
8.
 
Har bir qorishdan berilgan tartib bo‘yicha issiqlik ishlovi berilgan 3 tadan namuna 
tayyorlanadi. 
9.
 
Bug‘lash va massasi o‘zgarmaguncha quritilgandan so‘ng namunalar siqilishga sinaladi. 
Berilgan zichlikda ko‘pik bo‘tqaning cho‘kmagan va eng maksimal mustahkamlikka ega tarkib optimal 
hisoblanadi. 
Agar s=1,25 va S/Q nisbati=0,6 bo‘lgan tarkib optimal bo‘lsa. U holda materiallar sarfi 1 m
3
 ko‘pik beton uchun (1)-(4) 
formula yordamida hisoblanadi: sement – 200 kg, ohak – 50 kg, kul – 250 kg, suv – 270 dm
3

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish