Tamponaj portlandsement
-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va asosan neft
va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq (22±2
0
S) va issiq (75±3
0
S) burg‘ulashda
sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va
gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm
to‘sinchalarning (S/S=0,5) egilishdagi mustahkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement
klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy
alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al
2
O
3
·SiO
2
ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat SaO·Al
2
O
3
giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida SaO·2Al
2
O
3
ham qisman bo‘lishi
mumkin. Sement muhit harorati 25
0
S gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu
sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut. erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida
erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin,
oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi
uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli
sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib
ishlatib bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda
va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar.
Kengayuvchan sement ko‘p komponentli
bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al
2
O
3
·3CaSO
4
·32H
2
O keltirish mumkin.
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy
gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va suv
muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker Yoki shlak va tabiiy gipsni
aralashtirib maydalab Yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement suvda kengayadi,
quruq sharoitda esa kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker (shlak)-5-7%, gips –
7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni birgalikda maydalab tuyib olinadi.
KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan qisqa
vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |