Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 


- 49 - 
7- MA’RUZA 
MAXSUS BETONLAR. TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR 
Reja: 
 
1.
1.Yengil betonlar 
2.
2.Betonning maxsus turlari 
3.
3.Yig‘ma temirbeton
 
4.
4.Jamoat binolari uchun konstruksiyalar 
 
1. Yengil betonlar 
G‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar 
Yengil beton komponentlari. Yengil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida oddiy va tez 
qotuvchan portlandsement, shlakli portlandsement va boshqalar ishlatilishi mumkin. To‘ldirgich 
sifatida tabiiy va sun’iy g‘ovak tosh materiallar, issiqlik izolyasiyasi va konstruktiv-issiqlik 
izolyasiyasi yengil betonlari olishda organik to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. Organik to‘ldirgichlar 
Yog‘och, g‘o‘zapoya, kanop poyasi kabi o‘simliklar dunYosi chiqindilari asosida va penopolistirol, 
penopoliuretan kabi polimer moddalar asosida tayyorlanishi mumkin.
Noorganik yengil to‘ldirgichlar. Tabiiy yengil to‘ldirgichlar-pemza, vulkanik tuf, 
chig‘anoqli ohaktosh va boshqa yengil tabiiy toshlarni maydalab va elab olinadi. Sun’iy yengil 
to‘ldirgichlar ikki xil usulda tayyorlanadi:
1)Mineral xomashyolarni maxsus texnologiya asosida termik ishlov berib tayyorlanadi;
2)Sanoat chiqindisi bo‘lgan Yoqilg‘i shlaklari va kuli, tashlandi metallurgiya shlaklari va 
boshqalarni qayta ishlab (granula holatida) olinadi.
Mineral xomashyolar ichida eng ko‘p tarqalgani giltuproq bo‘lib, giltuproqga termik ishlov 
berish usulida tayyorlangan keramzit va agloporit g‘ovak to‘ldiruvchilari haqidagi ma’lumotlar 4 
bobda batafsil berilgan.
Yengil betonlar tayyorlashda keramzit, agloporit bilan birgalikda ko‘pchitilgan perlit, 
vermikulit, shungizit, kamporit kabi g‘ovak to‘ldirgichlar ishlatiladi. Ko‘pchitilgan perlit tarkibida 
kimyoviy bog‘langan suv bo‘lgan shishasimon vulkanik jinslarni (perlitlar, obsidianlar) 950-
12000S haroratda pishirib olinadi. Pishirish jarayonida perlitning hajmi 10-20 marta oshib ketadi.
Vermikulit g‘ovak to‘ldirgichi tarkibida suv bo‘lgan slyudalarni kuydirib olinadi. U boshqa 
g‘ovak to‘ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi.
SHungizit slanetsli shungit jinslarini kuydirib olinadi. SHungizit yuqori mustahkamlikka ega va 
suvli muhitlarga chidamlidir.
Kamporit birinchi marta O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yengil eriydigan tabiiy 
toshlarni maydalab so‘ng kuydirib olinadi.
Donador metallurgiya shlaki maxsus granulyatorlarda dona o‘lchamlari 57 mm (10mm) 
yiriklikda olinadi. SHlakli pemza metallurgiya shlaklarini tezlikda sovitish natijasida ko‘pchitib 
olinadi. SHlakli pemza maydalanadi va elanadi, olingan g‘ovak shlak mayda va yirik to‘ldirgich 
sifatida bo‘lishi mumkin. YOqilg‘i shlaklari toshko‘mir Yoqilganda gilsimon aralashmalarning 
erishi va ko‘pchishi natijasida hosil bo‘ladi. SHlak maydalanadi, elanadi va tarkibidagi Yonmagan 
ko‘mir donalari, kul va boshqalar chiqarib yuboriladi. Yoqilg‘i chiqindilari bo‘lgan shlaklar va 
kullar antratsit, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va boshqa qattiq Yoqilg‘ilarni Yondirilganda hosil 
bo‘ladigan mahsulotlardir. Qattiq Yoqilg‘ilar Yondirilganda hosil bo‘ladigan kullar sement Yoki 
boshqa bog‘lovchilar bilan aralashtirilib shag‘al holda yengil to‘ldiruvchilar tayyorlanishi mumkin.
G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5 mm bo‘linadi. 
G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar 
asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda sement toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish 
zarur, aks holda olingan mahsulotlar og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi xususiyati pasayishi 
mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga (kg/m3) binoan quyidagi 
markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200.


- 50 - 
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat silindrda ezish usulida 
aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgs/sm2) 5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida 
bo‘lishi kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig‘imi, radiatsion 
gigiena xossalari, zararli aralashmalarning miqdori standart usullarda doimo aniqlanishi zarur. 
Yengil to‘ldirgichlar tarkibidagi kislota qoldiqlari, tuzlar, loyli va changsimon aralashmalar, ba’zi 
radioaktiv moddalar va boshqalar standartlarda ruxsat etilgan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi 
shart. 
Betonning maxsus turlari
Gidrotexnik beton
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton konstruksiyalar 
tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv 
muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi 
qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat darYo, 
dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, elektrostansiya, metallurgiya va kimYo sanoati aylanma suvlarini 
sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori 
sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, 
beton tarkibini ratsional tanlab, beton tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. 
Sement tarkibiga kiritilgan gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini 
oshiradi va issiqlik ajratishini kamaytiradi. Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, 
difil qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik xossalarini 
yaxshilaydi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton M100-M400 markalarda 
bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada aniqlanadi.
Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari murakkab iqlim sharoitida 
ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam ajratishi zarur, aks holda massiv konstruksiyalarda 
harorat farqidan ichki zo‘riqish va natijada Yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki qatlam betoni shlakli 
portlansement va putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa, issiqlik ajrab chiqishi keskin 
kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ichki qatlam uchun betonning markasi 
M100, M150 bo‘lsa kifoya, suv o‘tkazmasligi esa W2, W4 bo‘ladi.
Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari bo‘ladi. Gidrotexnik beton 
sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: /100, /150, /200, /300, /400, /500.
Betonning doimo suv muzlab-eriydigan qatlamlardagi suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5%, 
boshqa qatlamlar uchun esa 7% oshmasligi kerak.
Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 60%, harorati 180S 
bo‘lganda, 28 sut 0,3 mm/m va 180 sut 0,7 mm/m dan oshmasligi kerak. Suvli muhitda shishishi 28 
sut-0,1 mm/m, 180 sut-0,3 mm/m dan oshmasligi shart.
 
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar muayyan seriyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, 
unifikatsiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Ular og‘ir, yengil va yacheykali betonlar asosida 
tayyorlanadi. Bunda temirbeton konstruksiyalar bir-necha vazifani o‘tashi mumkin. Masalan, 
konstruktivissiqlik izolyasiyasi, akustik, gidroizolyasiya va korroziyaga bardoshli, qoplamali va 
sh.k. bo‘lishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton bino va inshootlarning hamma qismlarini tayyorlashda ishlatiladi: poydevorlar, 
tashqi va ichki devorlar, karkaslar, qavatlararo va tom Yopma plitalari, zinapoyalar, to‘sinlar, 
kolonnalar va boshqalar (16.1-rasm).


- 51 - 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish