Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 


- 42 - 
6- MA’RUZA 
BETONLAR. BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI. 
BETONNING NANO, MIKRO VA MAKROSTRUKTURASI.
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Beton tayyorlash uchun materiallar.
3.
Beton qorishmasining xossalari
4.
Beton qorishmasining texnikaviy xossalari
5.
Beton qorishmasining reologik xossalari. 
6.
Beton qorishmasining texnikaviy xossalari 
7.
Betonning mustahkamligi.
8.
Beton markalari va klasslari.
9.
Betonning gidrofizik xossalari
1. Umumiy ma’lumotlar 
Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, maxsus 
qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan sun’iy kompozitsion tosh 
materialidir.
SHartli ravishda, mineral bog‘lovchi, suv, hususiy xollarda qo‘shiladigan polimer 
modifikatorlar, mineral aktiv Yoki inert dispers materiallar aralashmasini mikrokompozitlar, 
mikrokompozitlarga mayda va yirik to‘ldirgichlar aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan majmuani 
makrokompozitlar deb atash mumkin.
Betonning fizik-mexanik, deformativ xossalari, sovuqqa chidamligi va boshqa 
ekspluatatsiya hususiyatlari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish kabi 
jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh materialga 
aylanadi va uni qayta ishlash juda qiyinlashadi.
Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 1520% hajmni, mayda va 
yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, 
mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin.
Mineral bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarning turini o‘zgartirib, mustahkamligi, deformativ 
xossalari, turli ekspluatatsiya sharoitlariga mos keladigan, o‘rtacha zichligi turlicha bo‘lgan o‘ta 
og‘ir, yengil, o‘ta yengil, olovbardosh, radiatsiya nurini o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini 
yaratish mumkin.
Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,0% polimer qo‘shimchalar kiritib, 
qorishma va qotgan holdagi hossalarini o‘zgartirsa bo‘ladi. Betonga 15-40% oralig‘ida (sement 
massasiga nisbatan) yuzasi maxsus usullarda aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvars va 
tarkibida kvars bo‘lgan minerallarni kiritib betonga yangi xususiyatlar berish va portlandsementni 
tejash mumkin.
Betonni bog‘lovchi va to‘ldirgichning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatish sohasiga 
nisbatan klassifikatsiyalash mumkin.
Beton bog‘lovchining turiga nisbatan quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili, maxsus bog‘lovchili va boshqalar.
To‘ldiruvchining turiga nisbatan betonning quyidagi turlari mavjud:
Zich, g‘ovak, maxsus tayyorlangan to‘ldirgichlar. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga bardoshli, 
kimyoviy muhitlarga chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va boshqalar kiradi.
Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida maxalliy tabiiy toshlar-shag‘al, chaqiq tosh, 
qumlar va sanoat chiqindilari-donador metallurgiya shlaklari va boshqalar ishlatiladi.


- 43 - 
O‘rtacha zichligiga nisbatan beton quyidagicha klassifikatsiyalanadi: o‘ta og‘ir beton-
o‘rtacha zichligi 2500 kg/m
3
ortiq. O‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa 
og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. 
Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/m
3
bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi qum, shag‘al, 
chaqiq tosh ishlatilib olinadi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda 
ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton-o‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/m
3
bo‘lib, temirbeton 
konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yengil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kg/m
3
bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak 
tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pemza va sh.k.); b) yacheykali betonlar 
(gazbeton, ko‘pikbeton); v) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi 
betonlar. O‘ta yengil betonning o‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar 
asosida Yoki yacheyka hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyasiyasi materiali 
sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlar o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/m
3
oralig‘ida o‘zgaruvchan bo‘lib, 
ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda katta oraliqda o‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va boshq.), 
gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar qurish uchun), devorbop va yengil Yopmalar uchun mo‘ljallangan 
beton, Yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, maxsus betonlar-kimyoviy va biologik 
muhitlarga chidamli, olovga bardoshli, radiatsion muhitlardan himoyalovchi va boshqa turlarga 
bo‘linadi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiy konstruksion material bo‘lib, monolit Yoki 
yig‘ma temirbeton holida ishlatiladi. Beton tayyorlashda asosan maxalliy komponentlar ishlatilgani 
uchun tannarxi arzonga tushadi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni 
bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori 
texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Beton qorishmasi qoliplarga qulay 
joylanuvchan massa bo‘lgani tufayli istalgan murakkab shakldagi konstruksiya va qismlarni 
tayyorlash mumkin.
Sementli betonning asosiy kamchiligi, uning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasining 
pastligi bo‘lib, siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kamdir. SHuning uchun beton asosida 
konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘zilish qismi po‘lat armaturalar bilan kuchaytiriladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish