1-jadval
Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar
Ko‘rsatkichlar
Kalsitli ohak
navlari
Magnezialli va
dolomitli ohak
navlari
Gidratli ohak
navlari
1
2
3
1
2
3
1
2
3
Aktiv SaO MgO miqdori
90
80
70
85
75
65
67 60 50
So‘nmagan zarrachalar miqdori
7
11
14
10
15
20
-
-
-
Ohakni tashish, saqlash va ishlatish.
So‘ndirilmagan donador ohak temir Yo‘l vagonlari va
avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohak
pushonka va kukun ohak jips Yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda
va bitumlangan Yoki Yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli
avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarga joylab qisqa muddat
saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti Yopiq holda uzoq muddat saqlash va
zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi tayyorlash mumkin. Kukun ohakni bir oydan ortiq saqlash
mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi asta-sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan murakkab va oddiy
qorishmalar tayyorlashda, bo‘Yoq tarkiblari uchun bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi qorishmalar va buyumlarni
poydevorlar qurishda, Yog‘in-sochin ta’sirida bo‘ladigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiq
emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putssolanli va ohak-shlakli gidravlik
bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (2030%) birgalikda maydalab
tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi.
Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi
tezlashadi.
Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, diatomit, gliej va
boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli va ohak-putssolanli bog‘lovchilar
asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa
chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, yengil va og‘ir silikat betonlari
tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi
choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, terini, nafas olish
a’zolariga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |