Nazorat savollari:
1. Keramik materiallar xomashyosi asosiy minerallari qaysi?
2. Keramik buyumlar tayyortashda plastik, yarim quruq usullar.
3. Oddly va effektiv g'isht turlarini izohlab bering.
4. Chinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering.
5. Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalari qaysilar?
6. Qanday keramik g'ovak to'ldirgkhlarni bilasiz.
IV BOB
SHISHA. SHISHA BUYUMLAR VA SITALLAR
Tayanch iboralar: kvars qumi, ohaktosh, soda, shisha, shisha buyumlar, nur o‘tkazuvchanlik, mustahkamlik, shisha paketlar, kichik emissiyali oynalar, bezak oynalar, sitallar, shlak va tosh eritmalari buyumlari.
4.1. Umumiy ma'lumotlar
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antic Misr, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40-asrlarda ma'lum bo'lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli hududlardan kirib kelgan. O'zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar ko'paymoqda. Bunga 1996-yilda ishga tushirilgan Chirchiq va Quvasoy shisha zavodlari misol bo'la oladi. Ularda bir tomonlama nur o'tkazuvchi, shishapaket, rangli va uch qatlamli shishalar ishlab chiqariladi.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslarga bo'linadi: kimyoviy tarkibiga ko'ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va shu kabilar); kislorodsiz (galogenli, nitratli va shu kabilar); ishlatilish sohasiga ko'ra; qurilish, me'morchilik, texnik va shisha tolalar.
4.2. Shisha ishlab chiqarish
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi, ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun soda va natriy sulfati qo'shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo'ladi (Na,SiO,). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishaning suvda erimasligini ta'minlaydi. Silikatli shisha 1500 °C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800–900 °C ga yetganda silikatlar hosil bo'lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-1200 °C bo'lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida havo pufakchalari bo'ladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 1500 °C da chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massaning qoliplash harorati 200–300 °C atrofida bo'lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog'liq. SiO2 Al2O3 ZrO2 massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O aksincha, suyuqlashtiradi. Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo'yicha:
SiO2-64-73; Al2O3,-0,5-7,2: K2O-0-5; Na2O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe2O3,-0-0,4; SO3-0-0,5; B2O3-0-5.
Shisha massasiga kaolin, dala shpati (A12O3) kiritilishi uning mustahkamligini, termik va kirayoviy chidamliligini oshiradi. Shisha xom ashyosi tarkibiga B2O3 qo'shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. ZnO shishaning haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyentini kamaytiradi va termik chidamliligini oshiradi. PbO optik shisha va billur tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish «qayiq» usulida bo'lib, cheksiz shisha tasmasini tortish demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko'zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |