Stabilizatorlar plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallarning vaqt bo'yicha eskirishining oldini oladi. Ular plastmassalarni quyosh nuri, havodagi kislorod va boshqa gazlar, issiqlik va shu kabi muhitlar ta'siriga chidamliligini oshiradi.
Bo'yoqlar plastmassalarga ma'lum rang beradi. Bo'yoqlar sifatida organik moddaiar (nigrozin, xriozoidin) va mineral pigmentlar (oxra, mo'miyo, ultramarin, belila, umbra va boshq.) ishlatiladi.
Poroforlar plastmassa tarkibida polimerlarni ko'pirtirish usulida yengil materiallar olish uchun xizmat qiladi.
Plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar tarkibi uchun komponentlarni to'g'ri tanlash va ular orasidagi mutanosiblikni saqlash, ular asosida tayyorlanadigan buyum va konstruksiyalar xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.
11.2.2. Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko'rsatkichi yuqori, ya'ni xususiy massasi kam, mustahkamligi yuqori material. Ular aluminiydan 2 marta, po'latdan 5-6 marta yengil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 g/sm3, o'rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kg/m'. Ular mustahkamligi keng oralig'ida o'zgaradi. Kukun va tolasimon to'ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120-160 MPa, yog'och shponli 200- 220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) 420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 0,1 - 10 MPa.
Tolali va qatlamli to'ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi mustahkamligi yuqori bo'ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog'och shponli plastmassalarniki 350 MPa.
O'ta yengil plastmassalarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,03 W/m°C.
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo'ladi. Yuqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar yedirilishga va zarbga bardoshlidir.
Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo'lib, ultra-binafsha nurlarni 1% dan kam, oddiy oyna esa bu kabi nurlarning 70% ni o'tkazadi
Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa texnoiogik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o'zaro va boshqa materiallar (metall, yog'och, mato va shu kabilar) bilan yelimlab qurilish buyumlari tayyorlanadi. Payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan himoyalovchi gidroizolatsiya qatlamlari hosil qiladi. Ba'zi plastmassalarning yoriqlarsiz o'ta yupqa pardalar hosil qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli, pardozlash bo'yoqlari va loklar tayyorlashga zamin yaratadi.
Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o'ziga xos kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi 70°C dan 200°C gacha bo'ladi. Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsiyentining yuqoriligi plastmassalarning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda, 25-1200C' atrofida bo'lib, po'latning ushbu ko'rsatkichidan 2,5-10 marta ko'pdir. Uning bu kamchiligi boshqa materiallarbilan kompositlar tayyorlashda hisobga olinadi, tarkibiga to'ldirgichlar kiritish usuli bilan bartaraf etiladi.
Plastmassalarning yuk ta'sirida vaqt bo'yicha deformatsiyalanishi uning kamchiligi hisoblanadi. Bu omilni plastmassalar asosida konstruksiyalar tayyorlashda hisobga olish kerak. Ba'zi plastmassalar yuqori harorat ta'sirida va yonganda zararli gazlarni ajratib chiqaradi va muhitni toksinlaydi. Polivinilxlorid xona harorati va namligi sharoitida ham inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan zararli gaz va suyuqliklar ajralishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar qo'shiladi.
Plastmassalar quyosh nuri va kislorod ta'sirida eskiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |