9.6-rasm. Karusel mashinada pardadevor plitalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1- elevator; 2 - gips uchun bunker; 3 - aralashtirgich shnek;
4 - qipiq uchun bunker; 5- qotishni tezlatuvchi uchun bunker;
6 - gipsqorgich; 7 - suv isitkich; 8 - karusel mashina;
9 - tasmali transporter; 10 - plita solingan vagonetka:
11-tunnelli quritkich.
Gips plitalari kasseta texnologiyasida ham tayyorlanishi mumkin. Bu usulda tayyorlangan gips-qirindi (qipiq) qorishmasi 20 (24) seksiyadan iborat kasseta qoliplarga quyiladi, buyum qotgandan keyin qolipdan yechiladi va mustahkamligini oshirish maqsadida tunnelli quritgichga yuboriladi.
Pardevor uchun panellar. Bunday panellar yuqori markali gipsbetondan katta o'lchamlarda tayyorlanadi. Katta o'lchamli panellar xona uzunligida, qavat balandligida, eni esa 80-120 mm holda tayyorlanadi; xususiy hollarda xonaning bir qismi uchun tayyorlanishi mumkin.
Gipsbeton panellarni tayyorlash jarayonida eshik kesakilari va boshqa qismlar qo'yib yuboriladi. Sanitariya xonalari uchun 2510x1700 mm o'lchamdagi gipsbeton panellar ishlab chiqariladi. Ularning o'rtacha zichligi 1400-1500 kg/ m3
Gipsbeton panellarning massasini kamaytirish maqsadida tarkibiga tolasimon yengil to'ldirgichlar kiritiladi. Gips tolali panellar olishda tolasimon to'ldirgich sifatida maydalangan qog'oz makulaturasi, qamish, kanop va g'o'zapoya, bug'doy, guruch poyasi (po'chog'i), tekstil sanoati chiqindilari va boshqalar ishlatiladi. Bunday panellar 3000x1200 mm va 2500x600 mm o'lchamlarda, qalinligi 50 mm ishlab chiqariladi. Ularning o'rtacha zichligi 800- 1100 kg/m3, siqilishga tnustahkamligi 3,5 MPa.
Gipsbeton panellar, odatda, prokat usulida ishlab chiqariladi. Prokat usulida buyum doimo harakatlanayotgan tasma orasiga quyiladi, so'ngra quritish kamerasiga yuboriladi (9.7-rasm).
9.7-rasm. Prokat usulida gipsbeton panellar ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1- prokat agregati; 2 - qorishma qorgich; 3, 4, 5 - gips. qum, qipiq bunkerlari; 6 - dozator-ta'minlagich; 7 - yetkazuvchi rolgang; 8 - kantovatel (suruvchi zix).
Gipsbeton plita va panellar, pardevorlar tayyorlashda ishlatiladi. Olovbardosh bo'lgani uchun ular asosida metal! va yog'och konstruksiyalar himoyalanadi. Gipsbeton plita va panellar sanitariya xonalari qurilishida ishlatilsa, suv o'tkazmaydigan bo'yoqlar va plitkalar bilan qoplanishi kerak. Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-prisepli avtomashinalarda tashiladi, montaj qilingun-cha kassetalarda yog'in-socbiBdan himoyalangan holda saqlanadi.
Pol asosiari uchun ishlatilanJigan panellar tayyorlashda bog'lov-chist taridbida gipsdan tashqari sement va pussolan qo'shimchalar bo'ladi. Gipssementpussolanli panellar xona devori o'lchamlarida, 50-60 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Panel mustahkamligini oshirish maqsadida yog'och karkas bilan armaturalanadi. Panellar xonaning bir qismini qoplaydigan o'lchamlarda ham ishlab chiqa-rilishi mumkin. Ularning o'rtacha zichligi 1300 kg/m3 gacha, siqihshdagi mustalikamligi kamida 7 MPa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |