Issiqlik yutuvchanlik (sig'imi) - haroratlar farqi 1°C bo'lganda, 1 kg materialning yutgan issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
Q =C∙m (t1-t2),
bunda:
C- issiqlik yutuvchanlik koeffitsiyenti;
Q - issiqlik miqdori, (kJ);
m - namuna massasi, kg;
(t1-t2)- haroratlar farqi, °C.
Materialiarning issiqlik yutuvchanligi bino loyihalarini tuzishda, devorbop konstruksiyalar, qavatlararo plitalarva isitish majmualarini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Ba'zi materiallarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 1.1-jadvalda keltirilgan.
Olovga bardoshlilik - materialning 1580°C va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xossasidir. Olovbardosh materiallar pishirish pechlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jihatdan materiallar eriydigan (1350°C kam), qiyin eriydigan (1350-1580°C) va erimaydigan (1580°C yuqori) turlarga bo'linadi.
1.1-jadval
Ba'zi materiallarning issiqlik o'tkazuvchanlik va yutuvchanlik koeffitsiyentlari
№
|
Materiallar
|
O'rtacha
zichlik,
kg/m3
|
λ, W/m∙°C
|
C, kJ/kg∙°C
|
1.
|
Granit
|
2600
|
2,50
|
2.5
|
2.
|
Oddiy g'isht
|
1800
|
0,70
|
0,18-0,22
|
3.
|
Og'ir beton
|
2200-2500
|
1,10-1,60
|
0,21
|
4.
|
Yengil bcton
|
1200-1800
|
0,80-0.35
|
-
|
5.
|
Qarag'ay (tolasiga
perpendikular)
|
600
|
0,15
|
-
|
6.
|
Mineral paxta
|
200-400
|
0,05-0.08
|
-
|
7.
|
Yog'och tolali presslangan plitalar
|
300
|
0,08
|
0,07
|
8.
|
G'ovakli plastmassa
|
20
|
0.035
|
-
|
9.
|
Po'lat
|
7S50
|
58
|
0,11
|
10.
|
Suv
|
1000
|
0.58
|
1,0
|
11.
|
Havo
|
0,00129
|
0.02
|
-
|
Materiallarning termik chidamliligi - ularning haroratning siklli ko'p marta o'zgarishiga buzilmasdan chidash xossasidir. Termik chidamlilik material tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsiyentiga bog'liq. Haroratdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo'ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
Yonuvchanlik – materialning olov ta'sirida ma'lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo'linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g'isht, po'lat, granit va shu kabilar, qiyin yonadiganlariga asfaltbeton, fibrolit, ba'zi penoplastlar, shimdirilgan yog'och va shu kabilar, yonadiganlariga yog'och, gulqog'oz, bitum, bo'yoqlar va shu kabilar kiradi.
Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. Ko'p yonmaydigan materiallar olov ta'sirida yonmasa-da, kuchli deformatsiyalanadi (po'lat), darz ketadi (tabiiy toshlar), sachrab sinadi (asbosement).
1.6. Radiatsiyaga chidamlilik
Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta'sirida uning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o'zgartirmaslik xususiyatidir. Turli radioaktiv nurlarning xalq xo'jaligida ishlatilishi materiallarning nurlarga chidamliligini o'rganishga, bu nurlardan muhofazalovchi materiallarni yaratishga olib keldi.
Radiatsiya nurlari, kristall tuzilishli materiallarni amorf holatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo'riqishlar hosil qiladi va buziladi. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun maxsus tarkibli о'tа og'ir betonlar, metall qotishmalari va shu kabilar ishlatiladi.
1.7. Mexanik xossalar
1.7.1. Mustahkamlik
Materialga tashqi kuch ta'sir etganda, unda ichki kuchlanish (zo'riqish) hosil bo'ladi. Kuchlanish ma'lum qiymatga yetganda, material buziladi (sinadi, parchalanadi). Materialning buzilishga qarshilik ko'rsatish xususiyati mustahkamlik deyiladi. Materiallaming mustahkamligi, odatda, ularning mustahkamlik chegarasi -R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta'sirida buzilgan vaqtida hosil bo'lgan ichki kuchlanish σ ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo'yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi:
σrux=R/Z
bunda:
R- mustahkamlik chegarasi, MPa;
Z- mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsiyenti, kamida 2-3. Ehtiyot koeffitsiyentini aniqlashda quyidagilar hisobga olihadi:
a) tuzilishi bir jinsli bo'lmagan materiallar mustahkamlik chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi; b) ko'p materiallar kuch ta'sirida tez deformatsiyalanadi va mustahkamlik chegarasi ko'rsatkichining 50-70% ida darzlar hosil bo'ladi;
d) materialga qayta-qayta o'zgaruvchan dinamik kuch qo'yilganda, u mustahkamlik chegarasiga yetmasdan buzilishi - «charchashi» tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallarning buzilish holatini hisoblashda ehtiyot koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir jinsliligi, inshootning ishlash sharoiti hisobga olinadi [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |