Atmosfera ta'siriga chidamlilik deb materialni 25 va undan ko'p marta namlanib quritilganda, uning shakli va mustahkamligining o'zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda yog'ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va shu kabilar ta'sirida materiallar asta-sekin buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi namni bug'lantirib, uning kimyoviy tarkibini o'zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi. ,
Ularning tashqi omillar ta'siriga chidamliligini issiq-sovuqqa bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiq. Bu omillar ta'siri laboratoriya sharoitida «sun'iy iqlim kameralarida» aniqlanadi.
Kimyoviy chidamlilik – korroziya. Materialning kislota, ishqor, tuz eritmalari va gazlar ta'siriga qarshilik ko'rsatish xususiyati kimyoviy chidamlilik deyiladi. Kimyo, neft-gaz, metallurgiya va shu kabi sanoat tarmoqlarida, sho'rlangan yerlarda ishlatiladigan materiallar va konstruksiyalar agressiv suyuqlik va gazlar ta'sirida buziladi.
Tabiiy tosh materiallari (ohaktosh, marmar, dolomit) kislotalar ta'sirida tez buzilsa, bitum va plastmassalar esa bu muhitga chidamli, ammo ular ham to'yingan ishqor eritmalarida buziladi. Maxsus tarkibli qoplama va polbop keramik plitkalar hamda quvurlar, plastmassalar, bitum agressiv muhit ta'siriga chidamli hisoblanadi.
1.5. Issiqlik-fizik xossalar
Issiqlik o'tkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo'lsa, undan issiq oqimi o'tadi. Materialning bu xossasi issiqlik o'tkazuvchanlik koeffltsiyenti A orqali ifodalanadi.
Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti haroratlar farqi (tt~t2) 1°С bo'lgan holda, qalinligi 1 m, yuzi 1 m2 bo'lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o'tkazilgan issiqlik miqdori bilan
ifodalanadi. Binobarin, devordan τ soat vaqt ichida o'tgan issiqlik miqdori – Q quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q = λ[S∙(t1-t2)∙τ]/a,
bunda: Q - issiqlik miqdori, kJ;
S - namunaning yuzi, m2;
τ - issiqlik o'tish vaqti, soat;
(t1-t2) - material yuzasidagi haroratlar farqi, °C;
a – devorning qalinligi, m.
Bu formuladan λni aniqlaymiz:
λ=Q∙a/[S-(t1-t2)∙τ), (W/meC).
Agar a = 1 m, S = lm2, t1-t2=1°С va r = 1 soat bo'lsa, u holda λ = Q.
Issiqlik o'tkazuvchanlik materialning g'ovakligi va strukturasiga bog'liq. Organik zich materiallar (plastmassalar. bitumlar) uchun 0,25-0,35, noorganik zich materiallar uchun λ =5,0 W/(m °C) gacha bo'ladi. Havoning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti nihoyatda kichik bo'lganligi uchun (λ =0,02) material havo, gaz yoki suv bilan to'lganligiga bog'liq bo'ladi. Chunki suvning λ si 0,58, muzniki esa 2,3 W/(m °C).
Harorat ko'tarilganda ko'pchilik materiallarning λ si ortadi, ba'zi materiallarniki (metallar, magnezitlar) kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |