4.7. Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar
Shlak, bazalt, qumtosh, karbonatli tog' jinslarini eritib, qoliplarga quyib yuqori mustahkam, agressiv va atmosfera muhitiga chidamli buyum olinadi. Xom ashyoning turi olingan buyumning xossalariga va rangiga ta'sir qiladi. Xom ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF2) qo'shiladi.
Quyma tosh buyumlarning o'rtacha zichligi 2900–3000 kg/m3 g'ovakligi 1-2%. Ularning siqilishdagi mustahkamligi 200–240 MPa, egilishdagi mustahkamligi 20–30 MPa. Yedirilishi 0,7 g/sm2 bo'lib, tabiiy toshlarga (diabaz, granit) nisbatan 2–5 marta bardoshlidir. Ular yo'l qurilishida mustahkam, chidamli toshli qoplamalar bo`lib, kimyo zavodlarida ishlatiladi.
Yuqori haroratdagi suyuq shlakni ko'pirtirib va tez sovitib serg'ovak material-termozit olinadi. Suyuq shlak (1200– 1400°C), juda kichik teshiklardan bosim ostida o'tkazilib, issiqlik izolatsiyasi materiali (shlak paxtasi) olinadi. Uning o'rtacha zichligi 250–300 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,05 W/(m°C).
4.8. Sitallar va ular asosidagi buyumlar
Sitallar – shisha kristallar shishani qisman yoki to'la kristallash usulida olinadi. Sitall olish uchun shisha xom ashyosi va maxsus mineral qo'shilmalar juda toza holda ishlatiladi. Sitallga maxsus xususiyatlar berish uchun kristallanish katalizatorlari – titan, litiy, sirkoniy va shu kabilar birikmalari eritilgan holatida aralashtiriladi. Sitall olishda shixta qo'shimcha issiqlik bilan qayta ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va muayyan xususiyatlarga ega bo'ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang, krem rangida, shaffof va xiralashgan bo'ladi. Ular atmosfera va agressiv muhitlarga, yuqori haroratga bardoshli. Sitallarning siqilishidagi mustahkamligi 500MPa, issiqqa bardoshligi 200-700 °C, hatto 1000 °C bo'ladi.
Shlaksitall metallurgiya shlaki, kvars qumi va kristallizatorlarni maxsus xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar titan, fosfor oksidlari, ftor tuzlari, temir va marganets sulfatlari massaga nisbatan 4-5% qo'shiladi. Shlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali (sayqallangan, polirovkalangan) holda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik sirlovchi materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. Shlak sitallning o'rtacha zichligi 2500-2600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik 500-600 MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-130MPa, elastiklik moduli 11 -10* MPa, ishlatilish harorati 950 °C gacha. Shlaksitall kimyoviy muhitlarga chidamli, suv o'tkazmaydi, kam yediriladi. U trotuar, yo'l qoplamalarida, bardyur toshlari o'rnida, binolarni ichki va tashqi tomonlardan bezashda, devorbop buyumlar sifatida ishlatiladi.
Ko'piksitall yacheykali strukturaga ega bo'lib, suv shimuvchanligi va gigroskopligi kichik, issiqqa bardoshliligi 750°C. U issiqlik va izolatsiyalovchi material sifatida ishlatiladi.
Sitalloplastik ftoroplast va sitall asosida olinadi. Uning yedirilisliga va kimyoviy muhitlarga chidamliligi o'ta yuqori bo'lgani uchun antifriksion va konstruktiv material sifatida ishlatiladi. Bunda sitall kukuni ftoroplastga aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |