Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


 Qurilish industriyasi sanoati korxonalarining tasnifi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana13.05.2023
Hajmi1,6 Mb.
#938178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

1.2. Qurilish industriyasi sanoati korxonalarining tasnifi 
Qurilish 
korxonalari 
og‘ir 
sanoat 
tarkibiga 
kiradi. 
Korxonalar 
maxsuslashganlik, kombinatlashganlik va kooperatsiyalashganlik, ishlab chiqarish 
hajmi, ishlab chiqarish faoliyat turiga qarab saralanadilar. 


15 
Maxsuslashganlik tavsifiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish texnologiyasiga, 
chiqarayotgan mahsulot turiga, bir birlashmada turli ishlab chiqarishlarning 
kooperatsiyalashganligi va kombinatlashganligiga qarab saralanadi. 
Rivojlangan bozor iqtisodida uchta xo‘jalik yurituvchi sub’yekt: uy sharoitida 
ishlab chiqarish, korxona va davlat birga faoliyat yuritadi va ular jamoaviy 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanadilar. Jamoatchilik mablag‘i (mulki)ning asosiy 
qismini o‘zida jamlagan asosiy xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar – 
korxona
lardir. 
Korxona 
deganda jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish va daromad olish 
maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun 
mavjud qonunchilik asosida yaratilgan mustaqil xo‘jalik faoliyatini yurituvchi 
sub’yekt tushuniladi. Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayoni kechadi, 
ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasi o‘rnatiladi. Korxona 
ishchi o‘rinlarini taqdim etadi, oylik ish haqi to‘laydi va soliqlar to‘lash orqali davlat 
ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi PQ-4198-sonli 
va 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli Qarorlari qurilish materiallari sanoatini 
rivojlantirish istiqbollari va strategiyasini belgilab berdi. 
Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayni kunda yurtimizda 10 mingga yaqin 
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. O‘tgan 
yillarda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 
ularning soni 180 tadan oshadi. 
Soha bo‘yicha 2016 yilda 6 trln. 831 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, 
2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 16,8 trln so‘mga yetkazildi. 
Ta’kidlash joiz, qurilish sohasida xususan, qurilish materiallarini ishlab 
chiqarishga investitsiyalarni keng jalb etish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish va 
sifatni oshirishga, eng muhimi bugungi kundagi ustuvor vazifa aholini ish bilan 
ta’minlash kabi vazifalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016 yilda 360 mln dollar 
investitsiya sohaga jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 1 mlrd 
332 mln dollarga yetkazildi. Uning 680,4 mln dollari xorijiy investitsiya va kreditlar 
hisobiga to‘g‘ri keladi. 


16 
Olib borilayotgan ishlar va kiritilayotgan investitsiyalar mahsulot sifatini 
oshirish orqali sohaning eksport salohiyatini ham oshirmoqda. Bugunga kelib 
keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz, quruq qurilish 
aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop plitalar, ohak, 
polipropilen quvurlar, deraza oynasi, fitinglar kabi qurilish materiallarini eksport 
qilmoqda. 2016 yilda 55,3 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lsa, 2019 
yilda 2,3 barobar ko‘p qurilish materiallari jahon bozoriga chiqarildi. 
Ta’kidlash joiz, Respublikada oxirgi 3,5 yilda amalga oshirilgan loyihalar 
natijasida, bugungi kunda keramik plitka, gipsokarton, shifer, sement, ohak, bazalt 
armaturasi, temir-beton mahsulotlari, bezakli oyna, devorbop va noruda materiallar 
kabi asosiy turdagi qurilish materiallari bo‘yicha ichki talabni to‘liq qoplash va 
eksportga ushbu mahsulotlarni sotish imkoniga ega bo‘lgan ishlab chiqarish 
quvvatlari yaratilgan. Birgina 2016 yilning o‘zida umumiy qiymati 153,2 mln dollar 
bo‘lgan jami 21 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 42 taga 
yetkazildi. Hududlarda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish borasida 
ham bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, 2019 yilda jami 757 ta investitsiya 
loyihalari foydalanishga topshirildi. 
Qurilishning asosi bo‘lgan sement mahsulotini ishlab chiqarish borasida ham 
tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab 
chiqarishga ixtisoslashtirilgan 29 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati yil 
oxiriga qadar 20 mln. tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, 
“Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari 
singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. 2020-2021 yillarda yana 10 dan 
ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, 
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etiladi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish