Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/82
Sana13.05.2023
Hajmi1,6 Mb.
#938178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
 



1-BOB. O‘ZBEKISTONDA QURILISH MATERIALLARI SANOATI 
KORXONALARI IQTISODIYOTI VA TASHKIL ETILISHI 
1.1.
 
Qurilish sanoatini O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va roli. 
1.2.
 
Qurilish industriyasi sanoati korxonalarining tasnifi. 
1.3.
 
Korxona faoliyatining omillari. 
 
1.1 Qurilish sanoatini O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va roli 
Qurilish sanoati global iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. 
Qurilishga kiritiladigan investitsiyalar qisqa muddatda yangi ish o‘rinlarini ochishga 
yordam bersa, o‘rta va uzoq muddatda esa qurib foydalanishga topshirilgan 
infratuzilmaviy ob’yektlar transport harajatlarini qisqartiradi, odamlar hayotini 
yaxshilaydi va eng muhimi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtiradi. 
Virusning keng tarqalishi natijasida joriy yil dunyo iqtisodiyotida faollik 
pasayib, qurilish sohasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi tahlillarga ko‘ra, 
2020 yilda global qurilish sohasida o‘sish yil boshida kutilgan 3,1 foizdan 0,5 foizga 
pasayishi kutilmoqda
[1]
. Uzoq muddatda esa qurilish sohasi dunyo iqtisodini 
harakatga 
keltiruvchi 
soha 
sifatida 
o‘z 
o‘rnini 
saqlab 
qoladi. 
PricewaterhouseCoopers kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2030 yilga kelib 
dunyo miqyosida qurilish sanoati umumiy miqdorda 85 foizga o‘sib, uning hajmi 
17,5 trln. AQSH dollarga yetadi. 
Shuningdek, dunyo bo‘yicha infrastruktura loyihalarini moliyalashtirishda 
davlatning roli saqlanib qoladi. O‘tgan yillarda jahon mamlakatlari davlat sektori 
investitsiyalarining 70-80% aynan qurilish sohasiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, 
qurilish normativ talablarini bajarilishini nazorat qilish orqali davlat mazkur sohani 
tartibga solishda ham muhim rol o‘ynaydi. 
Qurilish sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida milliy 
iqtisodiyot tarmoqlari orasida barqaror o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan sohalardan 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar 



strategiyasida bino-inshootlar, yangi sanoat ob’yektlarini barpo etish, temir yo‘l va 
avtomobil, turar-joylar qurishni jaddalashtirish bo‘yicha qurilish sanoatiga 
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch – lokomotivi sifatida alohida urg‘u 
berilgan
[1]

Turar joy majmualarini, ijtimoiy soha va muhandislik infratuzilma 
ob’yektlarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatning 
bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli 
ishlar natijasida qurilish ishlari hajmi 2018 yil bilan taqqoslaganda 19,0 foizga o‘sdi. 
Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishidagi ijobiy hissasi 1,0 foiz bandni tashkil qildi. 
Shuningdek, uning YaIMdagi ulushi ham 2017 yildagi 5,7%dan 2019 yilda 6,4%ga 
yetdi (1.1-rasm). Mazkur holatni ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda 
ham kuzatish mumkin (1.1-rasm). 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish