5.3. Qurilishni boshqarish zamonaviy tizimi va organlari
Tizim – bu bir butunlikni tashkil qiladiki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning
tartiblangan kompleksidir. Bunda tizim uning elementlarida bo‘lmagan
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ma’lumki, qurilish bu tarkibida doimiy o‘zgarishlar va
bir kanatdan boshqasiga o‘tishlar bo‘lib turadigan dinamik ishlab chiqarish tizimidir.
Qurilishning dasturiy masalalarini yechish bilan bog‘liqlikda boruvchi bu
o‘zgarishlarni hisobga olish va ularga to‘g‘ri munosabat bildirish o‘zida boshqarish
jarayonining tashkiliy mazmunini ifodalaydi.
Boshqa tarmoqlarda bo‘lganidek qurilishda ham boshqarish tizimi ishlab
chiqarishning normal borishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha vazifalarni
57
to‘lig‘icha amalga oshirgan holdagina tizim bo‘la oladi. Buning uchun u yoki bu
vazifalarni bajarish yuklatiladigan bo‘limlar va ma’sul shaxslarga ma’lum vakolat
va ma’sulyatlar berilishi kerak. Ba’zi bir vazifalarni uno‘tish yoki to‘liq amalga
oshirmaslik va, ayniqsa, ma’suliyatsizlik boshqarishning tizim sifatida
samaradorligining tushishiga olib keladi. Tizim boshqarish ob’yektiga samarali
ta’sir ko‘rsata olishi uchun yetarli boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat ko‘rsatishni
ta’minlovchi boshqaruv tizimi moslashuvchanligini ta’minlash zarur.
Boshqarish tizimi va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun u quyidagi
talablarga javob berishi kerak.
1.
Barcha vazifalarni to‘liq, qamrab olish va ularning bosqichlar, bo‘limlar va
vazifalar bo‘yicha optimal taqsimlanishi.
2.
Boshqarishning har bir bosqichida har bir bo‘lim va ma’sul shaxsga ularga
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kerakli bo‘lgan vakolatlarni ajratish.
3.
Vazifa yoki ma’suliyatli burchlarni bajarishni ta’minlash uchun qat’iy
javobgarlikni o‘rnatish;
4.
Boshqaruvchanlikni ta’minlash.
5.
Yakkaboshlik va buyruq berishning ahamiyati prinsiplariga rioya qilish.
6.
Boshqaruv harajatlaridagi mutanosiblik, moslashuvchanlik, tejamkorlik va
o‘z-o‘zini tashkil etish.
Keltirilgan talablar ichida eng asosiysi-bu boshqaruv tizimi tejamkorligi va
faoliyatchanligidir. Bu hozirgi xo‘jalikning bozor sharoitlarida ishlab chiqarishni
xodimlarning minimal miqdori va boshqaruvning minimal sarf-harajatlarida
samarali boshqarishda namoyon bo‘ladi. Bunda boshqaruv xodimlari va harajtlarini
xaddan tashqari oshirib yuborish ham, kamaytirib yuborish ham noto‘g‘ri bo‘ladi.
Boshqaruv tizimida uning tashkiliy asoslari, ya’ni bir-biriga bo‘ysunish va
aloqadorlik vertikallari va gorizontalligini yaxshi tushunib olish kerak. Oldingi
buyruq-rejali iqtisodiyot sharoitlarida boshqaruv tizimi ittifoq, ittifoq-respublika va
respublika ministrliklari va idoralari orqali amalga oshirilardi. «SSSR Davlat
qurilish»i qurilish sohasida yagona ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatni amalga
58
oshiruvchi bosh organ edi. SSSRning tarqalib ketishi va respublikalar, jumladan,
O‘zbekistonning ham o‘z davlat mustaqilligiga erishishi va markazlashtirilgan rejali
iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tishi xalq xo‘jaligidagi
iqtisodiy munosabatlar va boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu borada
«Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmonini
(06.05.2003 y., № Pf-3240), «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari
mexanizmini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (12.09.2003 y. № 395) aytib o‘tish
zarur.
Bu hujjatlarga asoslangan ravishda «O‘zbekiston respublikasi qurilish
vazirligifaoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston
respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (02.12.2003 y. № 538), va
«O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligito‘g‘risida NIZOM» (Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qaroriga 4-ilova) qabul qilindi.
Qurilishning xalq xo‘jaligi tarmog‘i sifatida rivojlanish konsepsiyasi davlatdan
arxitektura va qurilish vazirligiga («Davarxitekt-qurilish»), qurilishni boshqarishni
esa asosan bir-ikki bo‘g‘inli asosda olib borish ko‘zda tutilgan. Boshqacha qilib
aytganda, hozirgi sharoitlarda qurilishni boshqarishdaifasi.g) Boshqaralar»
mijozlarga «kalitni berish» ya’ni ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurish
shartlari asosida ob’yektlar quruvchi qurilish tashkilotlari - qurilish boshqarmalari
va trestlari bo‘lib bormoqda.
«O‘zbekiston respublikasi qurilish vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga
ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
vazirligining muhim vazifalari hisoblanadi:
- shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini o‘tkazish,
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash
punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari,
59
shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish;
- kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning
monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning
belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining
rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat
muhitini shakllantirish, qurilishning bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirishga
ko‘maklashish;
- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
- tanlov savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan shartnomalar majburiyatlari
bajarilishining monitoringini olib borish, ob’yektlarni qurish sifati va muddatlarini
nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish vazirligining tashkiliy
tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan umumiy soni 96 nafar, shu jumladan
boshqaruv xodimlarining soni 85 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi (5.1 va
5.2-rasmlar), hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining namunaviy
tuzilmasi (5.3-rasm) ushbu qarorda belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiraisiga xodimlarning cheklangan
soni doirasida raisning uch nafar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari hamda
9 kishidan iborat hay’at tuzish hamda xodimlarning cheklangan soni va mehnatga
haq to‘lash fondi doirasida qo‘mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga
o‘zgartirish kiritish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat
arxitektura va qurilish vazirligining mazkur qo‘mita tarkibida:
Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot
instituti negizida Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish
markazini tashkil etish;
60
Pudrat savdolarini (tenderlarni) tashkil etish respublika boshqarmasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Davlat idoradan tashqari ekspertiza
bosh boshqarmasining kapital qurilishda narxlarni shakllantirish mintaqaviy
markazlari negizida qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlari tashkil etish;
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining Standartlashtirish
va
sertifikatlash
boshqarmasi
negizida
xo‘jalik
hisobidagi
qurilishda
standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazini tashkil etish topshiriladi.
Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati
inspeksiyalari, qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlarining namunaviy tuzilmalari shuningdek ular to‘g‘risidagi
namunaviy nizomlar ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini joriy moliyalashtirish
davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat
ekspertizasi
hududiy
boshqarmalari,
davlat
arxitektura-qurilish
nazorati
inspeksiyalari hamda qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda
qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting
markazlarini yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan narxlarni shakllantirish
masalalari bo‘yicha kerakli materiallar va axborotlar taqdim etish uchun zarur shart-
sharoitlar bilan ta’minlab boradilar.
Ushbu Qarorda investitsiya loyihalarining hujjatlarini ishlab chiqish,
ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |