96
lozim. Loyiha dasturida muhandislik - geologik qidiruv ishlarida ko‘zda
tutilayotgan
asosiy maqsad geologik, geomorfologik, gidrogeologik sharoitlarni, tabiiy geologik,
muhandislik-geologik
jarayonlarni, tog‘ jinslarini xossalarini o‘rganishdan iborat.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari natijasi tahlili asosida qurilish uchun
muhandislik-geologik nuqtai - nazardan maydon, (trassa, uchastka) tanlanadi.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari majmuasiga qurilish maydonining muhandislik -
geologik sharoitiga ta‘sir etuvchi ko‘plab tabiiy omillar kiradi: fizikaviy-geografik
xususiyati, relyef shakli, ularni hosil bo‘lish omillari, Yer yuzasining mutloq balandligi,
yuzali suv havzalari ( ko‘l, suv ombori).
Geologik tuzilishlar - hosil bo‘lish sharoiti, tarkibi, tog‘ jinslari (gruntlar)
yotish
sharoiti, ularni darzbardoshligi, tektonika xususiyatlari, geodinamik hodisalar, ularni
hosil bo‘lish sabablari, omillarni inshoot turg‘unligiga ta‘siri.
Gidrogeologik sharoitlar-grunt suvlarini
joylashish chuqurligi, ularni rejimi,
minerallashganlik darajasi.
Gruntlarni fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari.
Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi va umumiy ko‘zlangan maqsadi
turli muhandislik inshootlari uchun umumiydir. Ammo inshootning turiga qarab,
muhandislik - geologik qidiruv ishlari yo‘nalishi va ko‘rinishlari ma‘lum xususiy
xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Har qanday qurilish loyihasi bir necha bosqichlarda olib boriladi:
Texnikaviy – iqtisodiy doklad.
Loyihaviy topshiriqlarni tuzish.
Texnikaviy loyihani ishlab chiqish
Oxirgi ikki bosqich odatda - texnikaviy - ishchi loyihalashga mujassamlanadi. TIL -
bosqichida - arxiv, fond va adabiyot materiallarini tabiiy sharoit haqidagi ma‘lumot
asosida qurilishni texnikaviy imkoniyati, iqtisodiy va ekologik jihatlari ko‘rib chikiladi.
Bu bosqichda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari kamdan - kam olib
boriladi. Odatda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari yirik inshootlar qurishda
yoki murakkab tabiiy sharoitlarda olib boriladi.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining
loyihaviy topshiriq qismi, TIL
bosqichida ko‘zda tutilgan «tanlovli» uchastkalarda bajariladi. Ishdan maqsad eng
maqbul muhandislik - geologik sharoitli maydonni tanlab olishdir. Muhandislik -
geologik qidiruv ishlari ma‘lumotlari asosida, loyihalashning bu bosqichida inshootning
asosiy yordamchi elementlarni joylashtirishni, poydevorning turi va konstruktsiyasini
tanlab
olishlari, Yer ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eng ratsional usullarini
tanlab olishlari mumkin. Bu bosqichda dala muhandis-geologik qidiruv ishlari
o‘tkazilib, asosiysi, muhandis - geologik s‘yomkadir. Texnikaviy va texnikaviy - ish
loyihaviy bosqichda muhandislik - geologik qidiruv ishlari
tugallangan tanlangan
uchaskada olib borilib, faqat inshoot chegarasi hududlarida olib boriladi. Asosiy e‘tibor
gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bundan
ko‘zlangan maqsad inshootning, qiya joylarni turg‘unligini hisoblashdir. Ulardan
tashqari, ishchi chizmasi bosqichida, bu davrda boshlanayotgan
qurilish jarayonida
kelib chiqadigan muhandislik-geologik masalalariga aniqliklar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: