6.1.Cho‟kindi tog‟ jinslarining hosil bo‟lish sharoitlari genetik turlari
Umumiy belgilari.
Cho‘kindi tog‘ jinslari nurash tufayli hosil bo‘lgan zarra va zarrachalar
to‘plamidir. Ular suv va shamol tag‘sirida Yer yuzasida dengiz, qo‘l, daryolarda to‘planadi;
O‘simlik hamda hayvonot olamining qoldiqlaridan ham hosil bo‘ladi.
Litosfera tarkibida cho‘kindi jinslari 5% ni tashkil etsada, Yerning quruqlik yuzasini 75% ni
qoplagan. Cho‘kindi tog‘ jinslarinig ko‘p qismi o‘zinig g‘ovakliligi va qatlam- qatlam bo‘lishi,
ularda hayvon hamda o‘simliklarning qoldiqlari bo‘lishi, yopishqoqligi, ba‘zi birlari esa suv
ta‘sirida cho‘kish singari xususiyatlari bilan boshqa xil tog‘ jinslaridan farq qiladi. CHo‘kindi
tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi; Mexanikaviy (parchalangan),
ximiyaviy cho‘kindi va organogen yotqiziqlar.
Mexanikaviy cho‘kindi jinslar (bo‘shoq va tsementlashgan) metamorfik, magmatik yoki
cho‘kindi tog‘ jinslarini nurashi natijasida (suv, shamol, tempYeraturalar o‘zgarishi, muzlab -
Yerishlar va boshqa Atmosfera omillari ta‘sirida) hosil bo‘lgan turlicha kattalikdagi
zarrachalar yig‘indisidan iborat.
CHo‘kindi tog‘ jinslari zarralarining katta - kichikligiga va ularning bog‘langan -
bog‘lanmaganligiga qarab, a) zarrachalari bog‘lanmagan va b) zarrachalari bog‘langan chaqiq
cho‘kindi tog‘ jinslari gruppalariga bo‘linadi.
Zarrachalari bog‟lanmagan chaqiq cho‟kindi tog‟ jinslari.
Bu gruppaga yirik
zarrachalarining diametri 0,05 mm va undan ham katta, yag‘ni tarkibi chag‘irtosh, xarsang
tosh, chaqiq tosh, dresva (o‘tkir qirrali mayda shag‘al) va bir-biriga puxta hamda jips
yopishgan, tsementlangan har-xil o‘lchamli shag‘allardan iborat bo‘lgan konglomYeratlar,
brekchiya, qumtoshlar va boshqalar kiradi.
Zarrachalari bog‘lanmagan chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari zarrachalarning o‘lchamiga
qarab klassifikatsiyalanadi.
Zarrachalari bog‘langan chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslariga gil, mergel‘ (gil va kal‘tsiy
karbonat aralashmasi), qumoq tuproq, qumloq tuproq, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon tog‘
jinslari kiradi. Gil deb mayda (diametri 0,005 mm dan kichik) tanga shaklidagi zarralardan
iborat va ko‘p miqdorda suv (3 dan 60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega tuproq mineral
massalari to‘plamiga aytiladi. Gil quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv
o‘tkazmaydi,
boshqa
jinslarga
nisbatan
petrofografik
tarkibi
jihatidan
oddiy
alyumosilikatlardan iborat bo‘lib, unga temirning suvli oksidlari va boshqa Minerallar
aralashgan bo‘ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Gillarning kelib
chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa gillar bo‘ladi.
Eng ko‘p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo‘ladi.
Xalq xo‘jaligida gillar juda muhim rol‘ o‘ynaydi. Ular ayniqsa qurilish ishlarida ko‘p
ishlatiladi: ular g‘isht tayyorlashda, kanalizatsiya quvurlari, cherepitsa va ko‘prik yo‘llari
uchun material sifatida ishlatiladi. Gilning tarkibida oz miqdorda CaSO
3
bo‘lsa, ular ohakli
yoki mergelli gil deb ataladi. Agar CaSO
3
, MgSO
3
tuzlari tog‘ jinsi tarkibining 40-60% ni
tashkil etsa qolgan qismi esa gil zarrachalaridan iborat bo‘lsa, ular mergel‘ deb ataladi.
Shunday qilib, mergel‘ gili bilan ximiyaviy jinslar o‘rtasida hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi
hisoblanadi. Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish zarur,
chunki gil tarkibidagi ba‘zi Minerallar suv ta‘sirida shishish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Qumoq, qumloq tuproq tog‘ jinslari ularning tarkibidagi gil zarrachalarining protsent
miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli cho‘kindi tog‘ jinslarining klassifikatsiyasida
ham ko‘rish mumkin (3.3-jadval). Agar gilli tog‘ jinsida changli zarrachalar miqdoriga
nisbatan qumli zarracha ko‘p bo‘lsa, u holda tog‘ jinsining nomiga changli degan so‘z qo‘shib
yozilmaydi. Masalan, qumoq tuproq og‘ir, qumloq tuproq yengil va xokazo.
Ximiyaviy cho‘kindilar - Tog‘ jinslarini nurab, suvda erib, suv bilan birga ketib, undan
cho‘kma holida ajralib hosil bo‘ladi. Ular muhitning sharoitini o‘zgarishi, turli tarkibli
46
Eritmalarni o‘zaro ta‘siri va bug‘lanish (gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohakli tuflar)
mahsulidir.
Organik yotqiziqlar - o‘simliklar (fitogenlar) va hayvonot dunyosi (zoogenlar)
qoldiqlarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Ko‘plab dengizda yashovchi organizmlar
hayoti mobaynida o‘zlarining skeletlari, chig‘anoqlari, tosh qobiqlari uchun suvdan kalg‘tsiy
tuzlarini, erigan qumtuproqni o‘zlashtirib oladilar, halok bo‘lganlaridan so‘ng havzalar tubiga
tushib, zichlashib organik jinslarining qatlamli qoldiqlarini tashkil etadilar. Qurilish maqsadlari
uchun mel (bo‘r), ohaktoshning turli ko‘rinishlari, diatomit va trepellar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |