Xulosa:
______________________________________________
______________________________________________________
13
Laboratoriya ishi
Qurilish ohakning xossalarini aniqlash
Ushbu ishlarni bajarishdan
asosiy vazifa va maqsad
– talabalar binokorlik ohakining asosiy fizik-
mexaniq xossalarini, ya‟ni, ohakning tarkibidagi faol CaO+MgO miqdorini, so„nish harorati va tezligini,
so„nmay qolgan zarralar miqdorini, ohak kukunini mayinlik darajasi va ohak xamirini normal quyuqligini
aniqlash kabi ishlarni mustaqil bajarib o„rganishdir.
OHAKDAN NAMUNA OLISH TARTIBI
Ohakning har partiyasidan 40 kg dan olinadi. Agar ohak yoyilgan holda bo„lsa, 20 eridan 2 kg dan, jami
40 kg, agar qoplarda to„p-to„p qilib joylashgan bo„lsa, har to„pidagi qopning har biridan 2 kg dan, jami 20
qopdan namuna olinadi. Olingan namunalar aralashtirib, teng ikki bo„lakka bo„linadi. Ikkiga bo„lingan
ohakning har bo„lagi esa kayta sinash uchun germetik idishga, qopqog„i muhrlanadida, saqlab qo„yiladi.
Namuna tayyorlash tartibi 10 mm va undan kichik o„lchamli qilib maydalanadi. Maydalangan ohak
o„zaro aralashtiriladi, shundan 500 g olib, 09 raqamli elakdan qoldiqsiz o„tadigan darajada maydalanadi.
Elangan ohakdan 150 g olinadi va 008 raqamli elakdan qoldiqsiz o„tadigan qilib yana maydalanadi. Shunday
qilib, kukun holiga keltirilgan ohak germetik yopiladigan idishga solinadi va sinalguncha saqlanadi. Qolgan
450 g ohak boshqa germetik idishda turadi.
So„ndirilmagan, lekin maydalangan, so„ndirilgan kukun holida va karbonatli ohaklardan olingan
namunalar o„zaro aralashtiriladi, shundan 300 g ajratib, u germetik yopiladigan idishga solinadi.
1- tajriba ishi.
OHAK KUKUNINING MAYINLIK DARAJASINI ANIQLASH
Ohak kukunining mayinlik darajasini aniqlash uchun ohak kukunidan 50 g namuna quritish shkafida 105-
110
0
C haroratda doimiy (o„zgarmas) massasigacha quritiladi. Sovutilgan ohak kukuni 02 va 008 nomerli turli
elaklarda solinib 10-15 daqiqa mobaynida elaklanadi.
Ohakni to„la elanganligini bilish uchun elakni ostki qismi, qopqog„i olinadi va toza silliq qog„ozga 1 daqiqa
alohida-alohida elanadi. SHunda keltirilgan har bir elakdan o„tgan ohak kukuni miqdorining og„irligi 0,1
grammdan oshmasa elash ishi tugagan deb hisoblanadi, keyin qoldiq tarozida tortiladi.
Natijada elakda qolgan qoldiqning haqiqiy massasi chiqadi va elash uchun dastlabki olingan ohak
kukunining massasiga (50 g) nisbatan foiz hisobida mayinlik darajasi (MD) quyida keltirilgan formula
yordamida hisoblanadi:
MD =
d
q
m
m
100%
bu erda m
q
– elakda qolgan qoldiqni massasi, g; m
d
– dastlabki olingan ohak kukunining massasi, g.
Tajriba natijalari 6-jadvalga yoziladi. Tajriba natijasiga ko„ra ohak turi va navi aniqlanadi
6-jadval
Tajriba №
Dastlabi olingan
ohakning massasi,
g
Elaklardagi qoldiqlar
massasi, g
Elaklardagi ohak kukunining
mayinlik darajasi, %
Ohak turi
va navi
№ 02
№ 008
№ 02
№ 008
14
Do'stlaringiz bilan baham: |